Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyati to‘g‘risida

Rahbarlar xalq orasida Rahbarlar mahallalarda yurib, aholi uylariga kirib, xalq ahvolini oʻrganmoqda. Bulungʻur tuman ho...
05/01/2023

Rahbarlar xalq orasida

Rahbarlar mahallalarda yurib, aholi uylariga kirib, xalq ahvolini oʻrganmoqda.

Bulungʻur tuman hokimi S.Astonov tuman prokurori S.Saidov va tegishli korxona va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda “Bulungʻur tuman tezkor kommunal” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi xizmat koʻrsatadigan Amir Temur MFY hududidagi koʻp qavatli uy-joylar atrofini obodonlashtirish va kuz-qish davrini betalofat oʻtkazish maqsadida oʻrganishlar olib bordi.

Mahalladagi 3- va 8- koʻp qavatli uy-joylarning hovlisida yomgʻirli kunlarda toʻplanadigan suvlarning chiqib ketishida muammolar yuzaga kelayotganligi sababli tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

“Bulungʻur tuman tezkor kommunal” MCHJ bu topshiriqlar ijrosini shu zahoti boshlab yubordi.

Koʻp qavatli uy-joylarda yashovchi fuqarolar tomonidan sovuq kunlarda gaz bosimi pasayganligi toʻgʻrisida ham murojaat qilindi va ushbu murojaat yuzasidan tuman gaz korxonasi tomonidan tegishli choralar koʻrildi.
Samarqand viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi axborot xizmati

Yangi yilingiz bilanAziz yurtdoshlar!Barchangizni Samarqand viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi ishchi...
31/12/2022

Yangi yilingiz bilan

Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni Samarqand viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi ishchi-xizmatchilari nomidan Yangi – 2023-yil bilan tabriklayman! Sizlarga Yangi yilda yangi omad, yangi zafarlar tilayman!
“Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb nom olgan 2022-yilda kommunal soha xodimlari chindan ham mahallalar bilan yelkama-yelka mehnat qilishdi. Har bir yurtdoshimiz qadrini ulugʻlab, biror kishining bizga murojaatini eʼtiborsiz qoldirmadik.
Prezidentimiz “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deb nom bergan 2023-yilda ham har bir yurtdoshimiz bizning eʼtiborimizda boʻladi. Biz xalqimiz rozi boʻladigan darajada ishlaymiz.
Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin! Xonadoningizga farovonlik, tinchlik, xotirjamlik tilayman!

Bahodir Negmatov, boshqarma boshligʻi.

Yoʻlingiz ravon boʻlsin!Yangi tashkil qilingan boshqaruv servis kompaniyalari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan uylar va ular...
27/12/2022

Yoʻlingiz ravon boʻlsin!

Yangi tashkil qilingan boshqaruv servis kompaniyalari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan uylar va ularga tutash hududlarni obod qilish ishlarini boshlab yuborganlar.
Pastdargʻom tumanidagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi “Pastdargʻom kommunalchi” BSK xodimlari tumandagi Balxiyn MFY hududidagi Oybek koʻchasida joylashgan № 2, 2A, 3 va Ulugʻbek koʻchasidagi 1A uylar oldidagi piyodalar yoʻlkalarini beton qoplamasi bilan qoplashdi va 240 metr irigatsiya tarmogʻini yangilashdi.
BSK ishidan koʻp qavtali uylarda istiqomat qilayotgan aholi mamnun.

Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi axborot xizmati.
✅Rasmiy sahifalar
Web sayt (https://samjko.uz/) | Telegram kanal (https://t.me/samjkouz) | Facebook (https://www.facebook.com/Samjko.uz)

21/12/2022

Bolajonlar xursand!

Kattaqoʻrgʻon tuman Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi tashabbusi bilan tumandagi Mirzo Ulugʻbek mahallasidagi 23-24 koʻp qavatli uylar oldiga bolalar maydonchalari oʻrnatildi.

Uyingizga sovuq kirmasinViloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi Bahodir Negmatov tuman boʻlimlar...
21/12/2022

Uyingizga sovuq kirmasin
Viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi Bahodir Negmatov tuman boʻlimlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazib, koʻp qavqatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi uchun barcha sharoitlarni yaratish, qishni betalofat oʻtkazish yuzasidan aniq topshiriqlar bergan, uylarda issiqlikni taʼminlash, aholini qishdan talofatsiz olib chiqish maqsadida barcha koʻp qavatli uylarning eshiklari zich yopiladigan qilib, moslamalar oʻrnatish, yoʻlak derazalarini sovuq kirmaydigan qilib, sellofan bilan yopish, elektr quvvatini tejaydigan, odam harakati bilan yonib-oʻchadigan “led” chiroqlarini oʻrnatish vazifasi qoʻyilgan edi.
Kattaqoʻrgʻon tumanidagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsutuvchi “Boshqaruv Servis Kompaniya” MCHJ tumandagi Mundiyon MFY Mundiyon koʻchasidagi 24 xonadonli 3-uyning kirish yoʻlaklariga “led” chiroqlarini oʻrnatib, eshiklariga zich yopiladigan qilib, moslamalar oʻrnatishmoqda.
Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi axborot xizmati.

Yangi tizim bilan tanishtiramiz!Koʻp qavatli uylarni boshqargan shirkatlar oʻrniga boshqaruvning yangi tizimi – Boshqaru...
21/12/2022

Yangi tizim bilan tanishtiramiz!
Koʻp qavatli uylarni boshqargan shirkatlar oʻrniga boshqaruvning yangi tizimi – Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK ) tashkil qilindi.
* Besh-oʻnta shirkat ishini oʻz zimmasiga olgan BSK lar faoliyati qanday?
* BSK larning shirkatlardan nima farqi bor?
* Shirkatlardan ularning qanday afzalliklari bor?
* Aholi BSK lar ishidan mamnunmi?
2022-yil 22-dekabr kuni Soat 10:00 da viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasida boʻladigan matbuot anjumanida ana shular haqida bilib olasiz va Samarqandda faoliyatini boshlagan “Bio tex servis” BSK faoliyati bilan bevosita tanishasiz.
Barcha OAV xodimlari, blogerlar va BSK faoliyatiga qiziqqan kishilarni matbuot anjumani va “Press-tur”ga taklif qilamiz.
Boshqarma boshligʻi Bahodir Negmatov va mutasaddilar kommunal sohaga oid barcha savollaringizga javob berishadi.
Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi Axborot xizmati.
Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun telefon: 90 224 15 66.

Uyingizga kim xizmat qilayaptiBugungi islohotlarning asosiy maqsadi aholi uchun munosib va sifatli hayot tarzi yaratish....
16/12/2022

Uyingizga kim xizmat qilayapti

Bugungi islohotlarning asosiy maqsadi aholi uchun munosib va sifatli hayot tarzi yaratish. Bunda kommunal xizmatlarning oʻrni juda yuqori. Shuning uchun soha faoliyatini toʻgʻri tashkil etish va samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor berish talab etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori asosida yangi tashkil etilgan boshqaruv servis kompaniyalari avvalgi shirkatlar oʻrnini egallamoqda. Ular shirkatlardan afzal ekanini isbotlash uchun ham aholi ehtiyojlarini muntazam oʻrganib, talab va taklifdan bir qadam oldinda yurishga intilishmoqda.
Samarqand shahrida tashkil etilgan “Biotexservis” boshqaruv servis kompaniyasi mutasaddilari ham oʻzlari xizmat koʻrsatadigan koʻp qavatli uylarning ahvolini oʻrganib, lozim boʻlgan taʼmirlash, yangilash ishlarini amalga oshirmoqdalar.
BSK vakillari Kimyogarlar qoʻrgʻoni Umid koʻchasidagi 2-“B” uyni koʻzdan kechirishganda uyning elektr tokini taqsimlash taxtasi ehtiyot qismlari eskirib, yaroqsiz holga kelib qolganiga guvoh boʻlishdi. Shu kuniyoq kerakli jihozlar olib kelinib, bu ehtiyot qislar yangisi bilan almashtirildi.
Koʻp qavatli uyda turuvchilar BSK ustalarining bu ishidan mamnun boʻlib, ularga minnatdorchilik bildirishdi.
Agar siz yashayotgan koʻp qavatli uyda kommunal xizmat borasida muammolar boʻlsa, paysalga solmasdan, zudlik bilan Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasining yoki siz yashayotgan uyga xizmat koʻrsatuvchi BSK ning kunu-tun ishlaydigan navbatchilik xizmatiga qoʻngʻiroq qiling.
Boshqarma despetcherlik xizmati telefonlari raqamlari:
+ 99866 235 35 80;
1055 qisqa raqam.
Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi Axborot xizmati

Tomingizdan chakka oʻtmaydimi? Yaxshigina yoqqan qor va uning achchiqqina ayozi koʻpchilikni shoshirib qoʻydi. Ustiga ma...
16/12/2022

Tomingizdan chakka oʻtmaydimi?

Yaxshigina yoqqan qor va uning achchiqqina ayozi koʻpchilikni shoshirib qoʻydi. Ustiga mamlakatimiz boʻylab gaz bosimi pasayib, elektr energiyasi taʼminotida ham uzilishlar kuzatilmoqda. Hammasi bir boʻlib, yoqqan qor erisa-yu, erigan qor suvlari tomdan oʻtib, xonangizga sizib kirsa, dunyo koʻzingizga tor koʻrinib qoladi.

Yangi tashkil qilingan boshqaruv servis kompaniyalari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan koʻp qavatli uylarning tom qismini oʻrganib, lozim boʻlgan tomlarni taʼmirlash, suv oʻtkazmaydigan qoplama bilan qoplash ishlarini amalga oshirishmoqda.

Samarqand shahridagi “Samarqand Oltin Asr” boshqaruv servis kompaniyasi ustalari ayni damda shahardagi Forobiy kuchasi 49-uy tomida jami 530 m² tom qismini tamirlashmoqda. Tom suv oʻtkazmaydigan qoplama bilan toʻliq yopildi.

Agar uyingiz tomidan chakka oʻtayotgan boʻlsa, paysalga solmasdan, zudlik bilan Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasining yoki siz yashayotgan uyga xizmat koʻrsatuvchi BSK ning kunu-tun ishlaydigan navbatchilik xizmatiga qoʻngʻiroq qiling.

“Samarqand Oltin Asr” BSK despetcherlik xizmati telefon raqami:

+998 66 229 36 68

Boshqarma despetcherlik xizmati telefonlari raqamlari:

+ 99866 235 35 80;

1055 qisqa raqam.

Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi Axborot xizmati

EʼLON!Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!!!Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻri...
16/12/2022

EʼLON!

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!!!

Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-581-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori talablari asosida Samarqand shahrining Qorasuv maskani hududida joylashgan 7 qavatgacha boʻlgan koʻp qavatli UJMSHga aʼzo 69 ta va 5-7 qavatli yangi qurilib foydalanishga topshirilgan koʻp qavatli uy-joylarni boshqarish hamda xizmat koʻrsatish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazadi.
Boshqaruv servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha oʻz takliflaringizni joriy yilning 22-dekabriga qadar Samarqand viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi umumiy boʻlimiga taqdim qilishingizni soʻraymiz!
Maʼlumot uchun tel: (66) 233-93-56, (66) 235-35-80,
(93) 331-19-89
Qisqa raqamlar: 1055
Manzil: Samarqand shahar Koʻksaroy maydoni 1A uy 11-qavat, 140100

15/12/2022

Hurmatli Samarqand viloyati fuqarolari!

Viloyat hududida qish mavsumida aholi va ijtimoiy obyektlarni ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, koʻmir bilan taʼminlash va shu kabi yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida viloyat hokimligi, ijtimoiy soha, kommunal soha va quyidagi korxona va tashkilotlarda 24 soat davomida uzluksiz ishlovchi SHTABlar tashkil etilgan.
Agar joylarda bu borada muammolar kuzatilsa, fuqarolar viloyat hokimligi va boshqarmalarning shtabida oʻrnatilgan quyidagi telefon raqamlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishlari mumkin:

🏢 Viloyat hokimligi markaziy Shtabi:
☎️ (+99866) 233-26-15, 233-51-49, 233-53-19, 233-52-19

t.me/Sam_SHTAB_kuz_qish
(https://t.me/Sam_SHTAB_kuz_qish)🔥

“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali Shtabi
📱 Tel: (+998) 66-239-78-02,
66-239-78-09; 66-239-78-11

⚡️ “Samarqand HETK” AJ Shtabi–
📱 Tel: (+998) 95-500-97-52; 95-410-01-68.

Samarqand viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi Shtabi
📱 Tel: +99866-235-35-80, 1055.

🚰 “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ Shtabi
📱 Tel: +99866-233-18-21,+9989 95-411-18-21

Viloyat “Issiqlik manbai” DUK
📱 Tel: – 998 66 221-42-60

🛣 Viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi Shtabi
📱 Tel: +99866-234-61-69

🏫 Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi Shtabi
📱 Tel: +99866-238-88-00

🏫 Viloyat Maktabgacha taʼlimi boshqarmasi Shtabi
📱 Tel: (+998) 66-233-93-77, 66-233-93-96

🚑 Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi Shtabi
📱 Tel: +99866-234-99-64

🚒 Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shtabi
📱 Tel: (+998) 66-240-06-67, 66-234-71-00

🚓 Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB Shtabi
📱 Tel: +99866-221-81-81
Samarqand viloyat Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi axborot xizmati.
✅Rasmiy sahifalar
Web sayt (https://samjko.uz/) | Telegram kanal (https://t.me/samjkouz) | Facebook (https://www.facebook.com/Samjko.uz)

Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyati to‘g‘risida

Gaz yoʻq, deb oʻtirmaymiz!Ijtimoiy tarmoqlarda gaz pasaygani yo butunlay oʻchgani, elektr toki taqsimotida uzilishlar bo...
14/12/2022

Gaz yoʻq, deb oʻtirmaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlarda gaz pasaygani yo butunlay oʻchgani, elektr toki taqsimotida uzilishlar boʻlayotgani juda keng muhokama qilinmoqda. Albatta, bu kamchiliklardan hech kim koʻz yuma olmaydi. Bor narsani bor deganimizdek, yoʻgʻini yoʻq ham deymiz. Uzilishlar boʻlayotgani hech kimga sir emas. Ammo ana shu uzilishlar koʻp qavatli uylarga issiqlikni yetkazib berish va saqlash masalalarida ham muammolarni koʻpaytirmoqda. Koʻp qavatli uylarni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan, yangi tashkil etilgan boshqaruv servis kompaniyalari oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, aholini qishdan betalofat olib chiqish yoʻllarini qidirmoqda.
“Samarqand Oltin Asr” boshqaruv servis kompaniyasi ham ana shunday choralarni qoʻllamoqdalar. Ular koʻp qaqatli uylarning eshiklari doim zich yopiq turishini taʼminlash uchun eshiklarga maxsus moslamalar oʻrnatishdi. Ayni damda BSK xodimlari tomonidan Samarqand shahri Forobiy koʻchasida joylashgan 49, 55 va 55 “a” uylar kirish yoʻlaklarining derazalari romga yelimqogʻoz yopishtirilmoqda.
Agar siz yashayotgan koʻp qavatli uyda kommunal xizmat borasida muammolar boʻlsa, paysalga solmasdan, zudlik bilan Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasining yoki siz yashayotgan uyga xizmat koʻrsatuvchi BSK ning kunu-tun ishlaydigan navbatchilik xizmatiga qoʻngʻiroq qiling.
“Samarqand Oltin Asr” BSK despetcherlik xizmati telefon raqami:
+998 66 229 36 68
Boshqarma despetcherlik xizmati telefonlari raqamlari:
+ 99866 235 35 80;
1055 qisqa raqam.

Boshqarma despetcherlik xizmati telefonlari raqamlari:
+ 99866 235 35 80;
1055 qisqa raqam.
Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi Axborot xizmati

Address

Плошад Кук Сарой дом 1А
Samarkand
140100

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

998662353580

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi:

Share

Самарқанд вилоят Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси

Ўзбекистон Республикаси Президентининг

2017 йил 18 апрелдаги ПҚ-2900 Қарори

Ўзбекистон Республикаси Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида