Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi

Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan

"Haj" va "Umra"ga  borish uchun endi my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashki...
27/01/2026

"Haj" va "Umra"ga borish uchun endi my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi

"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026-yil 24-yanvar. 27-son) qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan respublikamizda "Haj va Umra yagona portali" ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:

➖2026-yil 1-fevraldan boshlab — "Haj" tadbiriga;

➖2026-yil 1-maydan boshlab — "Umra" tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.

Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Samarqandda Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichi start oldi20-yanvar kuni Samarqandda Umummilliy “AI Hackat...
21/01/2026

Samarqandda Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichi start oldi
20-yanvar kuni Samarqandda Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Samarqand bosqichida ishtirok etish uchun 400 ortiq yosh mutaxassis ro‘yxatdan o‘tdi. Uch kun davomida ular mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari malakali mutaxassislari boshchiligidagi jamoalarda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning asosiy tarmoqlarida sun’iy intellekt loyihalarini ishlab chiqadilar.
Tadbirning ochilishida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov va Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy shu'basi boshlig‘i Dilmurod Xo‘jamberdiyev so‘zga chiqishib, yoshlarga omad tiladilar.

Samarqandda ikkinchi Milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tadi20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlani...
16/01/2026

Samarqandda ikkinchi Milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tadi

20-23 yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalardan biri —National AI Xakatonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli yosh mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT-yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi.

Xakaton ishtirokchilari mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari ekspertlaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanishini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydilar.

Ishtirok etish uchun ai-hackathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ushbu bosqichda faqat Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin.

Toshkent shahridagi INHA universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari  "Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt t...
26/12/2025

Toshkent shahridagi INHA universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari "Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish" davom etmoqda.

Raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari boshlandi. Kurslarning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, raqamlashtirish va sun’iy intellekt maslahatchilariga dastlabki yo‘nalish va tavsiyalarni berdi.

Mashg‘ulotlar INHA universiteti professorlari tomonidan olib borilib, ular sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashishmoqda.

Boshqaruv kadrlarini davlat sektorida sun’iy intellektdan samarali foydalanishga tayyorlashga qaratilgan.

“School 21” икки йилда профессионал жамоалар учун қулай муҳит яратувчи майдонга айландиСамарқанд шаҳридаги “School 21” р...
24/12/2025

“School 21” икки йилда профессионал жамоалар учун қулай муҳит яратувчи майдонга айланди

Самарқанд шаҳридаги “School 21” рақамли технологиялар мактаби ташкил этилганига икки йил тўлди.

Samarqand shahrida zamonaviy IT-park qurilishi boshlandiSamarqand shahrida IT sanoati inkubator binolarini qurish loyiha...
24/12/2025

Samarqand shahrida zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi

Samarqand shahrida IT sanoati inkubator binolarini qurish loyihasiga start berildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Adiz Boboyev, Raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi Jamshid Egamberdiyev, IT-park kuzatuv kengashi raisi Farhod Ibrohimov, loyihaning bosh pudratchi vakili, Xitoyning O‘zbekistondagi “Shanghai Construction Group” kompaniyasi bosh direktori Pang Shengjian hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida ”O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi rahbarining sayyor qabuli bo'lib o'tdi.18-dekabr kuni S...
19/12/2025

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida ”O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi rahbarining sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
18-dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining Kumushkent mahallasida joylashgan 32-maktab binosida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi ”O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi boshlig‘i Farrux Rustamovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda “JOB & EDUFAIR” Mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.Yarmarkada 30 dan ortiq yirik IT kompaniyalar, univ...
19/12/2025

Samarqandda “JOB & EDUFAIR” Mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada 30 dan ortiq yirik IT kompaniyalar, universitetlar va o‘quv markazlari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.
Tadbirda soha rivojiga mas’ul bo‘lgan rahbarlar — D. Xo‘jamberdiyev (Raqamli texnologiyalar vazirligi viloyat bo‘linmasi boshlig‘i), A. Anvarov (Viloyat hokimining maslahatchisi), I. Jo‘rayev (Raqamli ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i) va Z. Karshiyev (TATU Samarqand filiali direktori) ishtirok etdilar.

Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyat hududiy shu'basi boshlig‘i Dilmurod Xo‘jamberdiyev ishtirokida matbuo...
19/12/2025

Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyat hududiy shu'basi boshlig‘i Dilmurod Xo‘jamberdiyev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda viloyatda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

🔺 “BEK EXPRESS PLUS” faoliyati bo‘yicha vazirga taqdimot qilindi⚜️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samar...
27/11/2025

🔺 “BEK EXPRESS PLUS” faoliyati bo‘yicha vazirga taqdimot qilindi

⚜️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahriga tashrifi doirasida AT xizmatlari eksporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan “BEK EXPRESS PLUS” korxonasida bo‘ldi. Tashrif davomida vazir korxonaning kundalik faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, ichki jarayonlar va kelgusidagi strategik rejalari bilan yaqindan tanishdi.

➡️
Vazirga kompaniyaning ish jarayonlari, mijozlar bilan ishlash tizimi, xalqaro bozorga yo‘naltirilgan xizmatlar paketi hamda xodimlar uchun yaratilgan qulay mehnat sharoitlari haqida ma’lumot berildi. Xususan, yosh mutaxassislar uchun tashkil etilgan zamonaviy ish xonalari, o‘quv va malaka oshirish dasturlari, motivatsion tizimlar ham alohida ta’kidlandi.

✅ Vazir Samarqandda “EasyBooking” platformasi jamoasi faoliyati bilan tanishdi➡️Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Sh...
27/11/2025

✅ Vazir Samarqandda “EasyBooking” platformasi jamoasi faoliyati bilan tanishdi

➡️Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahriga tashrifi doirasida aviachiptalarni bron qilish, xarid qilish va to‘lov jarayonlarini raqamlashtirishga ixtisoslashgan “EasyBooking” platformasi faoliyati bilan tanishdi.

🟪
Mazkur platforma (easybooking.travel) turli aviakompaniyalar aviareyslarini ko‘rsatish, narxlarni solishtirish hamda onlayn tarzda qulay shartlarda chipta xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, tizim xorijiy foydalanuvchilar uchun ham to‘liq moslashtirilgan bo‘lib, turli valyutalarda to‘lov qilish, o‘z mamlakatidagi aviakompaniyalar bilan integratsiyalashgan holda xizmatdan foydalanish imkonini beradi.

#️⃣ Platforma yaratuvchilari — “EASY TECHNOLOGIES” MCHJ jamoasi Vazirga amalga oshirilayotgan ishlar, texnologik yechimlar, xizmatlar ko‘lami hamda platformani xorijiy bozorlarida joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

✅ Vazir AT eksportchisi “SH BROTHERS CAR HAULING”da uchrashuv o‘tkazdiRaqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Sa...
27/11/2025

✅ Vazir AT eksportchisi “SH BROTHERS CAR HAULING”da uchrashuv o‘tkazdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahriga tashrifi doirasida IT Park rezidenti — “SH BROTHERS CAR HAULING” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

❕Mazkur korxona AQSHdagi avtologistika va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga masofadan turib dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatadi. Xususan, haydovchilar harakatini muvofiqlashtirish, yuklarning o‘z vaqtida yetkazilishini nazorat qilish, mijozlar bilan uzluksiz axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi jarayonlarni to‘liq masofaviy tarzda boshqarib boradi.

Address

Gagarin Ko`chasi 62 Uy
Samarkand

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998662344212

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi:

Share