Samarqand viloyati soliq boshqarmasi

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Samarqand viloyati soliq boshqarmasi, Public & Government Service, Гагарин 85 А, Samarkand.

  🗓  Eslatma ❗️2025-yil 23-oktabroktabr oyi uchun: - jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiriti...
23/10/2025



🗓 Eslatma ❗️2025-yil 23-oktabr

oktabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 20 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi
👉 PF-138-son, 19.08.2025-yil
_____________


🗓 Напоминаем ❗️23 октября 2025 года - последний день

за октябрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 20 млрд сумов.
👉ч.2 ст.340 Налогового кодекса
👉№ УП-138 от 19.08.2025 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Boshqarma Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari tomonidan “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili a...
22/10/2025

Boshqarma Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari tomonidan “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga yaratib berilayotgan qulayliklar va imtiyozlar bo‘yicha batafsil tushuntirish berishmoqda.

joriy yil oktabr oyining o‘tgan davri mobaynida soliqchilar 60 dan ortiq chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari huzuriga borib targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishdi.

Natijada qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun 435 million so‘m undirilib, 18 nafar norasmiy xodimlar legallashtirildi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromod solig‘i uchun 12 million so‘m aniqlashtirilgan qayta soliq hisobotlari taqdim etilib, to‘lovlar amalga oshirildi.

22/10/2025



2026-yil 1-yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik baholashning yangi tizimi joriy etiladi.

Mazkur tizim EHF rasmiylashtirish jarayonida qonunbuzilish ehtimolini baholash imkonini beruvchi kompleks mezonlar tahliliga asoslanadi. Shuningdek, soliq oqibatlarini baholash va hamkor tanlashda ehtiyotkorlikni taʼminlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Samarqand viloyati  Soliq inspektorlari va “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi samaradorligi ko‘rsatkichlari eng yuqor...
22/10/2025

Samarqand viloyati Soliq inspektorlari va “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi samaradorligi ko‘rsatkichlari eng yuqori ko‘rsatkich qayd etdi

2025-yilning 1-oktabr holatiga jismoniy shaxslarning turar joy obyektlariga yanvar-sentabr oylarida 3,3 trln so‘m undirilgan. Shundan, mahalla budjetiga 335,1 mlrd so‘m qolgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich hududlar kesimida:

📍Samarqand viloyati – 440 mlrd so‘m;
📍Qashqadaryo viloyati – 345,3 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri – 330,1 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati – 329 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati – 318 mlrd so‘m.

Qo‘shimcha aniqlangan obyektlar soni 474 018.

174 265 nafar norasmiy ishchining faoliyati legallashtirildi.

   “Korxonabay” ishlash tizimi asosiy o'sish ko'rsatkichlariHar bir QQS to‘lovchi tashkilotga muayyan soliq inspektori b...
22/10/2025



“Korxonabay” ishlash tizimi asosiy o'sish ko'rsatkichlari

Har bir QQS to‘lovchi tashkilotga muayyan soliq inspektori biriktirilgan.

Soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni monitoring qilish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratildi. Ushbu tizim 2024-yil mart oyida ishga tushirilgan.

2025-yil sentabr oyidagi ko'rsatkichlar o'tgan yilning mos davriga nisbatan qanday o'sdi?

94,1 mingta soliq to‘lovchi oyiga 10 mln soʻmdan koʻp tovar aylanmasi koʻrsatgan – 📈18,9%;

111,1 mingta soliq to‘lovchilarning tovar aylanmasiga nisbatan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining ulushi 5%dan koʻp boʻlgan – 📈18,8%;

84,8 mingta soliq to‘lovchilarning rentabellik darajasi 1%dan ortiq boʻlgan –📈 26,6%;

748,9 trln so‘m tovar aylanmasi amalga oshirilgan – 📈34,9%;

279,6 ming nafarga xodimlar soni oshgan – 📈17,1%;

44,9 trln so‘m budjetga soliq tushumlari ta'minlangan* – 📈30,6%.

*Soliqsiz va budjet tashkilotlarining tushumlari bundan mustasno.
__________
#цифровизация #корхонабай

Основные показатели роста в системе работы по принципу "корхонабай"

За каждой организацией - плательщиком НДС закреплен определенный налоговый инспектор.

Для мониторинга и анализа всех доступных в базе данных налоговых органов сведений о налогоплательщиках создана автоматизированная система. Она запущена в марте 2024 года.

Как выросли показатели за сентябрь 2025 года в сравнении с аналогичным периодом прошлого года?

94,1 тысяч налогоплательщиков отразили товарооборот более 10 млн сумов в месяц – 📈18,9%;

у 111,1 тысяч налогоплательщиков доля Фонда оплаты труда по отношению к товарообороту составила более 5% – 📈18,8%;

у 84,8 тысяч налогоплательщиков уровень рентабельности превысил 1% – 📈26,6%;

на 748,9 трлн сумов осуществлен товарооборот – 📈34,9%;

на 279,6 тысяч увеличилось количество сотрудников –📈17,1%;

обеспечено 44,9 трлн сумов налоговых поступлений* в бюджет – 📈30,6%.

* за исключением неналоговых поступлений и поступлений бюджетных организаций.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

  Yashirin iqtisodiyot nima? Yashirin iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyati odatda rasmiy roʻyxatga ol...
22/10/2025



Yashirin iqtisodiyot nima?

Yashirin iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyati odatda rasmiy roʻyxatga olinmagan, soliqqa tortilmaydigan va rasmiy statistika va nazorat doirasidan tashqarida qoladigan turli norasmiy iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi iqtisodiyot tarmogʻidir.

▪️norasmiy bandlik
▪️qonuniy boʻlmagan ish haqi
▪️norasmiy tadbirkorlik
▪️noqonuniy tovarlar va xizmatlar savdosi
▪️soliq toʻlashdan boʻyin tovlash

Bunday harakatlar rasmiy qoidalar va tartiblarni chetlab oʻtadi. Darhaqiqat, davlat idoralaridan daromadlarni yashirish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga olib keladigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini yashirin iqtisodiy faoliyat deb hisoblash mumkin.

  Foyda solig‘i hisoboti va bo‘nak to‘lovlari haqidaJoriy yil 20-oktabr soliq toʻlovchilar uchun 2025-yil III chorak yak...
20/10/2025



Foyda solig‘i hisoboti va bo‘nak to‘lovlari haqida

Joriy yil 20-oktabr soliq toʻlovchilar uchun 2025-yil III chorak yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.

Soliq hisobotini hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etish belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 339-modda

Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini (keyingi o‘rinlarda – bo‘nak to‘lovi) har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari belgilab qo‘yilgan.
👉 Soliq kodeksining 340-modda

Ma’lumot uchun: foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd soʻmdan 20 mlrd soʻmga oshirilgan. Shunga asosan, 2025-yil IV chorak (oktabr)dan boshlab umumiy daromadi 20 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.
👉 PF-138-son, 19.08.2025-yil.

‼️Shu bois, soliq to‘lovchilardan soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari so‘raladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

20/10/2025



20-oktabr – tovarlar (xizmatlar) importida QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni

📱 Videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

     Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 831,5 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud2025-yil 15-okt...
20/10/2025




Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 831,5 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

2025-yil 15-oktabr holatiga 173 391 ta tashkilotning 747 940 xodimida 882 939 soliq obyekti bo‘yicha 831,5 mlrd so‘m (yer solig‘i - 501,2 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 330,3 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan:
▫️150,8 mlrd so‘m – budjet tashkilotlari xodimlari;
▫️35,8 mlrd so‘m – nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️644,9 mlrd so‘m – tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

▪️sanoat sohasidagi 20,8 mingta tashkilotda ishlovchi 130,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 140,7 mlrd soʻm;

▪️qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 50,9 mingta tashkilotda ishlovchi 88,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 138,6 mlrd soʻm;

▪️savdo sohasidagi 41,3 mingta tashkilotda ishlovchi 71,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 116 mlrd soʻm;

▪️qurilish sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 58,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 90,3 mlrd soʻm;

▪️tashish va saqlash sohasidagi 5,4 mingta tashkilotda ishlovchi 33,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 30,6 mlrd soʻm;

▪️yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 9,2 mingta tashkilotda ishlovchi 16,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 mlrd soʻm;

▪️sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,3 mingta tashkilotda ishlovchi 10,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 11,7 mlrd soʻm;

▪️axborot va aloqa sohasidagi 2,2 mingta tashkilotda ishlovchi 9,6 ming nafar xodimning soliq qarzi – 8,7 mlrd soʻm;

▪️boshqa faoliyat turlari sohasidagi 16,8 mingta tashkilotda ishlovchi 65,4 ming nafar xodimning soliq qarzi – 79,8 mlrd soʻm.

Xodimlari eng ko‘p soliq to‘lashi lozim bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:
🔻"Temiryo‘llarinfratuzilma" AJ - 4 mlrd so‘m;
🔻"Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati" AJ - 3,3 mlrd so‘m;
🔻 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ - 3,3 mlrd soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

Subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditlariga daromad solig‘i imtiyozi qo‘llaniladi✅Soliq kodeksiga muvofiq, olingan i...
20/10/2025

Subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditlariga daromad solig‘i imtiyozi qo‘llaniladi

✅Soliq kodeksiga muvofiq, olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan MHTEKM*ning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan.

❗️Ushbu imtiyoz subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, ushbu imtiyozdan yosh oilalar ham subsidiyani inobatga olmagan holda foydalanishi mumkin.

❗️Soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar qo‘llaniladi.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.

❓Savol: Men yashayotgan uyim uchun kamroq miqdordagi mol-mulk va yer soliqlarimni to'lamaganligim uchun Soliq organlari ...
20/10/2025

❓Savol: Men yashayotgan uyim uchun kamroq miqdordagi mol-mulk va yer soliqlarimni to'lamaganligim uchun Soliq organlari sudga beribdi. Jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish bo‘yicha ariza soliq organi tomonidan qanday holatda sudga beriladi?

🖊 Akbar Sultonov

📅 Agar yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs soliq to‘lash majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasa, soliq organi soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.

💵 Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1.000.000 so‘mdan oshgan taqdirda, soliq organi undirish haqida sudga ariza taqdim etadi.

⚖️ Soliq qarzi quyidagi ketma-ketlikda jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undiriladi:
1️⃣ Bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga;
2️⃣ Naqd pul mablag‘lariga;
3️⃣ Boshqa shaxslarga shartnoma asosida berilgan mol-mulkka;
4️⃣ Boshqa barcha mol-mulklarga.

📂 Agar qarz pul mablag‘i ko‘rinishida bo‘lmagan mol-mulk orqali undirilsa, soliq qarzi mol-mulk realizatsiya qilinib, undan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan to‘langan paytdan boshlab yopilgan deb hisoblanadi.

📘 Soliq kodeksining 125-moddasi.

📢 Samarqand viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Bekzod Saliyev javob berdi.

20/10/2025



Har bir to‘langan soliq — xalq farovonligi va kelajagimiz uchun xizmat qiladi

Bugun to‘lagan solig‘imiz ertangi farzandlarimiz ta’limi, yo‘llarimiz, shifoxonalarimiz va obodonligimiz uchun sarflanadi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdan – Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

📌 Soliq majburiyatini o‘z vaqtida bajarish — qonuniylik va mas’uliyat belgisi.

Address

Гагарин 85 А
Samarkand

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998662340616

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Samarqand viloyati soliq boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Samarqand viloyati soliq boshqarmasi:

Share