Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to'qqizinchi sessiyasi 23-aprel kuni o‘tkaziladi   Bu haqda xal...
20/04/2026

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to'qqizinchi sessiyasi 23-aprel kuni o‘tkaziladi

Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 20-aprelda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma to'qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-111-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Prokurori M.Eshnazarovning 2026-yilning I chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti haqida;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-111-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Aripovning 2026-yilning I chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
4) viloyatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti haqida;
5) “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining viloyatdagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Egamovning hisoboti haqida;
6) Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Narpay, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Nurobod, Urgut, Toyloq tumanlaridagi shahar, shaharcha va qishloqlar (ma’muriy-hududiy birliklar) chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
7) Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida amalga oshiriladigan “Respublika bo‘ylab umumta’lim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish” loyiha doirasida qamrov koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan maktablarda yangi o‘quv binolar qurish va aholi zich joylashgan hududlarda yangi umumta’lim maktablari barpo etish loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;
8) Samarqand viloyatida 2026-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
9) Samarqand shahridagi jamoat transporti tizimida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy etish to‘g‘risida;
10) o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
11) Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi “Viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida” VII-27-27-7-0-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida;
12) viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
13) viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
14) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
15) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyiha konsepsiyalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
16) Kattaqo‘rg‘on shahridagi birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
17) Bulung‘ur tumanidagi birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
18) viloyat hududida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladigan infratuzilma loyihalarini manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;
19) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” KQ-325-son qarori haqida;
20) Samarqand shahri Nurli yo‘l mahallasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
21) viloyatda 2026-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida ijobiy xabarnoma berilgan fuqarolarning ro‘yxatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
22) Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil I chorakda yuborilgan deputatlik so‘rovlarining samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risida.

Samarqand viloyatining tumanlaridagi shahar, shaharcha va qishloqlar (ma’muriy-hududiy birliklar) chegaralari belgilanmo...
17/04/2026

Samarqand viloyatining tumanlaridagi shahar, shaharcha va qishloqlar (ma’muriy-hududiy birliklar) chegaralari belgilanmoqda.

Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Narpay, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Nurobod, Urgut, Toyloq tumanlaridagi shahar, shaharcha va qishloqlar (ma’muriy-hududiy birliklar) chegaralarini belgilash to‘g‘risida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo'yicha takliflar ko'rib chqilmoqda.

Qaror loyihasi (regulation.gov.uz) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali joylashtirilgan.

Samarqand viloyatida 2026-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgi...
17/04/2026

Samarqand viloyatida 2026-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsyepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan "Samarqand viloyatida 2026-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash bo‘yicha berilgan takliflari" Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo'yicha takliflar ko'rib chqilmoqda.

Qaror loyihasi (regulation.gov.uz) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali joylashtirilgan.

Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi➡️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 46-saylov okrugi ...
17/04/2026

Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi

➡️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 46-saylov okrugi deputati Z. Ishmuratova tomonidan Pastdarg'om tuman "Do'stlik" mahallasida hudud saylovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

➡️Uchrashuv davomida deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqot olib borilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi. Xususan, bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar sifati, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga oid masalalar muhokama qilindi.

➡️Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

💠Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inining faoliyatini o‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

“Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan”✨Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi ...
17/04/2026

“Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan”

✨Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi nomidan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan barcha fidoyi xodimlarni samimiy muborakbod etamiz!

👍Aholi farovonligi, shahar va qishloqlarimizning obodligi, kundalik hayotimizdagi qulaylik va barqarorlikni ta’minlashda mazkur sohaning o‘rni beqiyosdir. Sizlarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatingiz tufayli yurtimizda infratuzilma rivojlanmoqda, kommunal xizmatlar sifati oshib, aholining turmush darajasi yaxshilanmoqda.

👍Ayniqsa, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, ichimlik suvi ta’minoti, chiqindilarni boshqarish va uy-joy fondini saqlash borasidagi ishlaringiz hudud rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

➡️Sizlarning fidokorona mehnatingiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz va yuksak mas’uliyatingiz alohida e’tirofga loyiq.

💠Shu munosabat bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-baraka va mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi

Payariq tumanidagi 92-umumta’lim maktabida qurilish ishlari monitoring qilindi🏛Payariq tumanida ta’lim sohasini rivojlan...
17/04/2026

Payariq tumanidagi 92-umumta’lim maktabida qurilish ishlari monitoring qilindi

🏛Payariq tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o'rganish maqsadida tumanning "O'zbekiston" mahallasi hududidagi 92-sonli umumiy o'rta ta’lim maktabida "Tashabbusli byudjet" loyihasida g'olib deb topilgan 120 o'rinli yangi binoning qurilish ishlari o'rganildi.

📈Mazkur monitoring jarayonida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Nurmatovaga biriktirilgan Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Tolliboyev, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F. Shakarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinovlar ishtirok etdilar.

✅O'rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yangi binoni tez fursatlarda foydalanishga topshirish hamda maktab hududida sport zal qurish masalalarini hal etish bo‘yicha tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan deputatlik so'rovlari yuborish belgilab olindi.

Urgutdagi “Torinjak” mahallasida tizimli ishlar-deputat o‘rganish olib bordi.✍️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Keng...
17/04/2026

Urgutdagi “Torinjak” mahallasida tizimli ishlar-deputat o‘rganish olib bordi.

✍️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nilufar Ja’farova Urgut tumani “Torinjak” mahallasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mahalla tizimidagi yangilanishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

✍️Mazkur tashrif hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratildi.

🛡 Tashrif davomida deputat mahalladagi “yettilik” tarkibiga kiruvchi mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, ularning faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bilan tanishdi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🌀Shuningdek, mahallada infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari uchun navbatdagi  muhokama o'tkazildi. Jor...
17/04/2026

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari uchun navbatdagi muhokama o'tkazildi.

Joriy yilning 16-aprel kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotbiyati mudiri S.Usmonov tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali topshiriqlar ijrosi yuzasidan muhokama yig'ilishi o‘tkazildi.

✅ Yig'ilishda Kengashlar tomonidan I chorak yakuni bo'yicha davlat dasturlari ijrosi yuzasidan mas'ullar hisobotlarini esh*tish, kotibiyat mudirlarining ish rejalari tuzilishi va bajarilishi holatlari muhokama etildi.

👍 Shuningdek, Ish reja bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

17/04/2026

Bulung‘ur tumani Nurli yo‘l mahallasi, Karimovul qishlog‘ida ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi.

Ilgari aholi qariyb 2 kilometr uzoqlikdan suv tashib foydalanishga majbur edi. Aholi murojaatlari asosida tuman deputati U.To‘rayev tashabbusi bilan, tuman Kengashi qaroriga muvofiq, mahalliy budjet mablag‘lari va aholi hashar yo‘li bilan ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

💧 Endilikda har bir xonadonga toza ichimlik suvi yetib bormoqda.
🙌 Aholi bu yangilikni katta mamnuniyat bilan qarshi olmoqda.

📌 Hududlarda aholi muammolarini hal etish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Senat qo‘mitalari va mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari hamkorligi kuchaytirilmoqda⚡️Joriy yilning 13-15-aprel kun...
17/04/2026

Senat qo‘mitalari va mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari hamkorligi kuchaytirilmoqda

⚡️Joriy yilning 13-15-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyalari rahbarlari Senat qo‘mitalarida amaliyot o‘tashmoqda.

⚡️Mazkur amaliyot davomida tadbir ishtirokchilari Senat qo‘mitalari hamda Markaz faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, mahalliy Kengashlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga oid dolzarb masalalarda mahalliy vakillik organlarining ishtirokini oshirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkaziladi.

⚡️Bundan tashqari, amaliyotchilar qonunchilik jarayoniga mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olish hamda qabul qilinayotgan qonunlarda hududiy xususiyat va imkoniyatlarni aks ettirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

✨Ushbu tadbirlar doirasida Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiya raisi Tuychiyev Anvar boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengashlar va doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish, Senat qo‘mitalari hamda mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mahalliy ijro hokimiyati ustidan nazorat samaradorligini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

⚡️Mazkur amaliy jarayonda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Raximova Feruza Shavkatovna ham faol ishtirok etib o‘z fikr va mulohazalari Samarqand viloyatida amalga oshirilgan ishlar va takliflari bilan ishtirok etdi.

Mahalladan xalq dardiga yechim: Urgutda ochiq muloqot va amaliy natijalarSamarqand viloyatida aholining dolzarb muammola...
17/04/2026

Mahalladan xalq dardiga yechim: Urgutda ochiq muloqot va amaliy natijalar

Samarqand viloyatida aholining dolzarb muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda hududiy rivojlanishga turtki berish maqsadida deputatlar tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔴Xalq deputatlari Samarqand viloyati deputati Himmat Okbutayev Urgut tumanidagi bir qator mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, “G‘o‘s”, “Yetti uylik”, “Quyi guzar”, “Xo‘ja guzar” hamda “Soy” mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, aholi turmush darajasi, infratuzilma holati, ijtimoiy muammolar va mavjud ehtiyojlar atroflicha tahlil qilindi.

🛡 Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob shaklida tashkil etilib, unda mahalla raislari, faollar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy xizmatlar sifati, bandlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.

💬 E’tiborlisi, ko‘tarilgan muammolarning bir qismi uchrashuv jarayonida ijobiy hal etildi.

Address

Samarqand Viloyati, Samarqand Shahri, Koʻksaroy Maydoni 2A Uy
Samarkand
140110

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category