07/05/2026
Yo‘lsoz faxriylar-umr yo‘llarimizni yoritgan nurli insonlar
9-may-Xotira va qadrlash kuni nafaqat o‘tmishni yod etish, balki bugun oramizda bo‘lgan, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan faxriylarimizni e’zozlash, ularning o‘gitlariga quloq tutish bayramidir.
Yo‘l sohasi-mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri, hayot arteriyasi hisoblanadi. Bugungi tekis va ravon yo‘llar, ko‘priklar, bunyod etilayotgan transport yechimlari ortida bir umrlik mehnat, mashaqqat va fidoyilik yotibdi. Umrining asosiy qismini jazirama issiq va qahraton sovuqda yo‘l qurilishiga, ularni ta’mirlashga bag‘ishlagan soha faxriylari-haqiqiy mehnat qahramonlaridir.
Xotira va qadrlash kuni arafasida yo‘l sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, bugungi k***a esa ezgu niyatlar bilan farzandlar va nabiralar ardog‘ida bo‘lgan ustozlarimiz holidan xabar olish, ularning ko‘rsatgan jasoratlarini yodga olish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Sizlar qurgan har bir kilometr yo‘l xalqimizni xalqqa, shaharni shaharga bog‘lab, tinchlik va farovonlikka xizmat qilmoqda. Sizlarning tajribangiz, mehnatga bo‘lgan sadoqatingiz yosh avlod uchun haqiqiy maktabdir.
Aziz yo‘lsoz faxriylar! Sizlarning oldingizda ta’zimdamiz. Matonatingiz, o‘tmishda ko‘rsatgan fidoyiligingiz va bugungi pand-nasihatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin! Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Ko‘rsatgan nurli yo‘llaringiz hamisha ravon bo‘lsin!
Ushbu bayram munosabati bilan, Samarqand viloyatida yo‘l sohasida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan faxriylarimiz Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining “Faxriy yorliqlari” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hurmat bilan,
Yo‘l sohasi jamoasi
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul