Sardoba tumani MMTB

Sardoba tumani MMTB Xalq ta`limiga oid yangiliklar. Bo'lim tasarrufidagi muassasalar yangiliklari.

💐 "Ayol baxtli bo‘lsa jamiyat baxtli bo‘ladi" shiori ostida seminar trening bo‘lib o‘tdi🟢2024-yil 17-dekabr kuni  Sardob...
17/12/2024

💐 "Ayol baxtli bo‘lsa jamiyat baxtli bo‘ladi" shiori ostida seminar trening bo‘lib o‘tdi

🟢2024-yil 17-dekabr kuni Sardoba tuman Maktabgacha maktab ta'lim bo'lim psixologlari tomonidan "Psixologik maslaxatga muxtoj ayol"lar bilan seminar trening o‘tkazildi.

🟢Seminarda Sardoba tuman Maktabgacha maktab ta'lim bo'lim boshlig'i, Tuman prokurori,Tuman Hokimligining Oila va xotin qizlar bo'lim boshlig'i hamda 100 ga yaqin xotin-qizlar ishtirok etishdi. 🟢Seminarda ayollar Oilaviy ichki stersli vaziyatlarni yengishni, o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirishni, o‘z hissiyotlarini boshqara olish orqali farzandlariga chiroyli tarbiya berish, ko'nikmalariga ega bo'ldilar.

🎗  Sardoba tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi  umumiy o'rta ta'lim maktablarining oliy ta'lim mu...
15/12/2024

🎗 Sardoba tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining oliy ta'lim muassasalariga kirish bo'yicha ko'rsatgichlari:
Jami bitiruvchilar soni: 642 nafar,
📚 Oliy ta'lim muassasalariga kirganlar soni: 300 nafar 46,7 foizni tashkil qildi.
Reyting bo'yicha ko'rsatgichlar qiyidagicha:
1-o'rin 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi,
2-o'rin 16-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi,
3-o'rin 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari.

⚡️ Umumta’lim maktablari o'quvchilari o'rtasida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida  sport musobaqalarining Sirdary...
07/11/2024

⚡️ Umumta’lim maktablari o'quvchilari o'rtasida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport musobaqalarining Sirdaryo viloyati bosqichi davom etmoqda

🖐 Joriy yilning 7-noyabr kuni maktab o'quvchilari o'rtasida tashkil etilgan 5 tashabbus olimpiadasi doirasidagi shashka musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

О'g'il bоlаlаr о'rtasida musobaqa g'olib vа sovrindorlari:

🥇-o'rin -Alibekov Samandar (Oqoltin tuman)
🥈-о'rin - Alishev Nazarbek (Sardoba tuman)
🥉-o'rin - Raxmatov Jaxongir (Boyovut tuman)

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 👯‍♂️🤸‍♂️“Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to...
01/11/2024

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 👯‍♂️🤸‍♂️“Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil
23-dekabrdagi PQ-449-son qarori hamda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiining 2024-yil 15-oktabrdagi 6/197-son buyrug‘iga asosan tumandagi 1-3-sonli DMTTlarining gimnastikachi qizlari bugungi "Gimnastikaga ilk qadam" festivalining viloyat bosqichida ishtiropk etishib, faxrli 🥉- o'rinni egalladilar.

🎗 Sardoba tumanidagi 14-sonli umumta’lim maktabida 2024-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini...
21/10/2024

🎗 Sardoba tumanidagi 14-sonli umumta’lim maktabida 2024-yil
21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb- hunar maktablari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari o‘rtasida 2024-2025-o‘quv yilida umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning ikkinchi – tuman bosqichi boshllandi. Bugun Tarix va Geografiya fanlaridan 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinab ko‘radilar. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar olimpiadaning III viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

“Men ham harbiy bo’laman”  kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.      Bugun Sardoba tumanida Respublika Maʼnaviyat va maʼ...
26/09/2024

“Men ham harbiy bo’laman” kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Bugun Sardoba tumanida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sardoba tuman bo'linmasi rahbari A.Jo'martov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sardoba tumani bo'yicha katta inspektor-psixolog S.Mardiyev, Sardoba tumani IIB boshlig'i o'rinbosari Sh.Abilov, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi TTTIM bosh mutaxassisi S.Muhammedova hamda Yosh gvardiyachilar sinfi o'quvchilari ishtirokida “Men ham harbiy bo’laman” kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

📘📙Kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida Markaziy Osiyo va O‘zbekiston tarixida harbiy ish, qurollanish sohasi va mudofaa tizimi haqida qisqacha bayon etilgan. Ikkinchi qismida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil topish va rivojlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘zi aksini topgan.

⚡️ Bugun Sardoba tumani MMTB tasarrufidagi 14-sonli maktabda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori os...
23/08/2024

⚡️ Bugun Sardoba tumani MMTB tasarrufidagi 14-sonli maktabda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida "Ustozlar milliy forumi" ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirni kirish so’zi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i G.Usmanova ochib berdi. Forum doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi tizimda ishlayotgan o‘qituvchilarni muntazam tarzda yangiliklardan xabardor qilish, ilg‘or metodikalar bilan tanishtirish va tajriba almashish maqsadida trener ustozlar tomonidan treninglar tashkil etildi.

📢  MAKTABLARGA ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR JAMLANMASI TOPSHIRILMOQDA🎗 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Respu...
30/07/2024

📢 MAKTABLARGA ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR JAMLANMASI TOPSHIRILMOQDA

🎗 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Respublika bo‘yicha umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ma’nan eskirgan hamda kompyuter sinflari mavjud bo‘lmagan ta’lim dargohlariga kompyuter jamlanmalari yetkazib berish ko‘zda tutilgan edi.
Sardoba tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tassarrufidagi 9 ta maktabga jami 135 dona kompyuter jamlanmasi yetkazilib, o'rnatib berish jarayonlari boshlandi.

⚡️ Hindiston granti asosida Sardoba tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tassarrufidagi 9 ta maktabga 15 donadan...
30/07/2024

⚡️ Hindiston granti asosida Sardoba tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tassarrufidagi 9 ta maktabga 15 donadan zamonaviy monoblok kompyuter texnikalari berildi.
🎗 Ushbu kompyuterlar o'quvchi yoshlar uchun yaratilayotgan yana bir keng imkoniyatlardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. O'quvchilar ushbu zamonaviy kompyuterlardan unumli foydalanib, yuksak marralarni zabt etishlariga shubxa yo'q.

📢 “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.⚡️ Joriy yilning 12-iyul sa...
15/07/2024

📢 “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
⚡️ Joriy yilning 12-iyul sanasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarini aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining viloyati bosqichi yakunlandi.
Ushbu tanlovda Sardoba tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachi hamda metodistlari tumanimiz nomidan munosib ishtirok etib:
“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida Beknazarova Mohira Ergashevna;
“Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida Alibayeva Saboxat Abdukarimovnalar g'olib bo'lib, boshqarmo boshlig'i N.Xolboyeva tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

🎗 Sardoba tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi barcha umumta'lim maktablarda 2023-2024 o'quv yili ...
27/05/2024

🎗 Sardoba tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi barcha umumta'lim maktablarda 2023-2024 o'quv yili uchun "Ona tili adabiyot" fanidan davlat imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

🏵 Sardobada "Yosh gvardiyachilar" ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etildi.O‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhid...
13/05/2024

🏵 Sardobada "Yosh gvardiyachilar" ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etildi.

O‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarida ham “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Jumladan, Sardoba tumanidagi 6-sonli umumtaʼlim maktabida ham ushbu sinfning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya va “Qo‘riqlash” boshqarmasi, Sardoba tuman hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo’limi masʼullari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida o‘quvchilarda harbiylarga havas, Vatanga sadoqat, milliy anʼana va qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘ularini oshirish maqsadida, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan turli ko‘rgazmali chiqishlar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, sheʼr, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Address

O'zbekiston Respublikasi Sirdaryo Viloyati Sardoba Tumani Xalq At`limi Bo'limi
Sardoba

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Sardoba tumani MMTB posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share