sirdaryo_tuman_hokimligi

sirdaryo_tuman_hokimligi Sahifa Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan yuritiladi.

Sirdaryo tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.Ma...
16/04/2026

Sirdaryo tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Malayziyaning “Spora Global Sdn Bhd” kompaniyasi tomonidan tumanda “SYRDARYA GOLF RESORT” MCHJ XK tashkil etildi. Kompaniya tomonidan hududda zamonaviy golf maydoni hamda yuqori toifadagi mehmonxona majmuasini barpo etish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov hamda investorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu tashabbus hududda turizm salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

12/04/2026

Sirdaryo tumanida umumiy qiymati 60 milliard so‘mlik loyihalar jamoatchilik nazoratidan o‘tkazildi

Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov hududdagi mahallalarda bo‘lib, mahalla nuroniylari hamda faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida mahallalarda qulay yashash muhitini yaratish, aholi farovonligini oshirish hamda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan reja va loyihalar atroflicha tushuntirib berildi.
Mazkur jarayonlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.

В Сырдарьинском районе проекты общей стоимостью 60 миллиардов сумов были вынесены на общественный контроль

Хоким Сырдарьинского района Азизбек Турдимуродов посетил махалли региона и провёл встречи с уважаемыми старейшинами и активистами. В ходе встреч были подробно разъяснены планы и проекты, направленные на создание комфортной среды проживания, повышение благосостояния населения, а также развитие инфраструктуры в махаллях.

Данные процессы были организованы на основе принципов открытости и прозрачности.

Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining 2026-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlari muhokama qilindiSirdaryo ...
09/04/2026

Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining 2026-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlari muhokama qilindi

Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov boshchiligida mahallalarda 2026-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqilib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Unda tegishli tashkilot va idoralar vakillari, mahalla yettiligi hamda kengash a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda o‘tgan uch oy mobaynida mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Ayrim mahallalarda ishlarni tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov “Markaziy Osiyo sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini yana...
08/04/2026

Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov “Markaziy Osiyo sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini yanada rivojlantirish maqsadida, Turkiya hamda Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish texnologiyalarini rivojlantirish, zamonaviy muzlatgichlar ishlab chiqarish, shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylar qurish sohalarida istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Rasmiy munosabatIjtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro murojaati yuzasidan Sirdaryo tumani hokimligi tomonidan tezkor tar...
01/04/2026

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro murojaati yuzasidan Sirdaryo tumani hokimligi tomonidan tezkor tartibda o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi fuqaro I.A. bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazib, murojaatda ko‘tarilgan masalalarni batafsil ko‘rib chiqdi. Uchrashuv yakunida masalani ijobiy hal etish, fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda zarur amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Hozirda mazkur murojaat ijrosi tuman hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olingan bo‘lib, muammoni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati

Kuni kecha Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Oʻzbekiston Respublika...
28/03/2026

Kuni kecha Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida “Oʻzbekistonda davlat binolari va jamoat transportining dekarbonizatsiya salohiyatini namoyish etish” qoʻshma loyihasining yakuniy tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov ishtirok etib, loyiha doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Shuningdek, Sirdaryo tumani hokimligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hashar – elga yarashar!Sirdaryo tumanidagi barcha mahallalarda hashar ishlari tashkil etilmoqda. Ushbu hashar ishlarida ...
08/03/2026

Hashar – elga yarashar!

Sirdaryo tumanidagi barcha mahallalarda hashar ishlari tashkil etilmoqda. Ushbu hashar ishlarida sizning ham faolligingizni kutib qolamiz.

Aziz mahalladoshlar! Xonadonimiz, mahallamiz hamda yurtimiz obodligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

———————

Хашар — дело чести каждого!

Во всех махаллях Сырдарьинского района проводятся работы по благоустройству в рамках хашара. Приглашаем всех жителей принять активное участие в этих благих делах.

Дорогие жители махалли! Давайте вместе внесём свой вклад в чистоту и процветание нашего дома, нашей махалли и нашей страны!

Sirdaryo tumani hokimining 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
08/03/2026

Sirdaryo tumani hokimining 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Address

Sirdaryo
120600

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when sirdaryo_tuman_hokimligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to sirdaryo_tuman_hokimligi:

Share