Uchtepa tumani adliya bo‘limi

Uchtepa tumani adliya bo‘limi Ҳуқуқий ахборот

26/12/2023



⚡️Дилора Сулейманова: Ишимдан қадр топдим, эъзоз кўрдим

"Давлат хизматчиси" рукнимизнинг бу галги қаҳрамони Адлия вазирлиги Тошкент шаҳар адлия бошқармаси Учтепа тумани ФҲДЁ бўлими мудираси Дилора Сулейманова.

— Ҳар кун янги куч билан ишхонамга кираман. Мен бу кучни янги ислоҳотлардан оламан, одамлар юзидаги розиликдан оламан, оилам, фарзандларимдан оламан, — дейди у.

Ислоҳотлар ўз сўзини айтмоқда. Бугун хотин-қизларимиз давлат фуқаролик хизматида ўзи хоҳлагандек шароитларда, эркин, самарали фаолият юритмоқда.

Роликни томоша қилишни тавсия қиламиз.

🔰Joriy yilning 1-6-dekabr kunlari Uchtepa tuman adliya bo`limi tomonidan "Yashil makon" doirasida Uchtepa tumani Tinchli...
07/12/2023

🔰Joriy yilning 1-6-dekabr kunlari Uchtepa tuman adliya bo`limi tomonidan "Yashil makon" doirasida Uchtepa tumani Tinchlikobod MFYda adliya bog`i tashkil etilib, 200ga yaqin manzarali ko`chatlar ekildi.

🔰Joriy yilning 5-dekabr kuni Adliya vazirligi ma'sul xodimi I.Axrorov va Uchtepa tuuman Yuridik xizmat ko`rsatish markaz...
06/12/2023

🔰Joriy yilning 5-dekabr kuni Adliya vazirligi ma'sul xodimi I.Axrorov va Uchtepa tuuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`i I.Sharipov ishtirokida Uchtepa tumanidagi 229-236-sonli umumta'lim maktablarida "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" mavzusida targ`ibot tadbiri o`tkazildi

🔰Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar "Nogironligi bo`lgan shaxslarni huquqlarinihimoya qi...
17/11/2023

🔰Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar "Nogironligi bo`lgan shaxslarni huquqlarinihimoya qilish" huquqiy aksiyasi o`tkazilmoqda.
Mazkur "Huquqiy aksiya" doirasida Uchtepa tuman adliya bo`limi tomonidan tumandagi "Inson"ijtimoiy xizmatlari bilan hamkorlikda joriy yilning 16-noyabr kuni nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish doirasida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 20 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari ko`rib chiqilib, murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi joyida hal qilindi.

2023-yilning 4-noyabr kuni Uchtepa tuman adliya bo`limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat ko`rsatish mark...
04/11/2023

2023-yilning 4-noyabr kuni Uchtepa tuman adliya bo`limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida atrof-muhitni tozalash ishlari amalga oshirildi. Tozalash ishlarida 40 ga yaqin xodimlar ishtirok etdi.

🔰 Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish BHMining 3 baravaridan 5 ...
26/10/2023

🔰 Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish BHMining 3 baravaridan 5 baravarigacha (990 ming soʻmdan 1 mln 650 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📝 Dastlabki sinovdan o'tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo'lishi kerak. Bunday shartlashuv mavjud bo'lmagan taqd...
25/10/2023

📝 Dastlabki sinovdan o'tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo'lishi kerak. Bunday shartlashuv mavjud bo'lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

(https://lex.uz/ru/docs/-6257288 #-6260620)📌 Dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chog'ida belgilanishi mumkin. Xodim boshqa ishga o'tkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yo'l qo'yilmaydi.

🗓 Dastlabki sinov muddati 3 oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o'rinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida bo'linmalarining rahbarlari uchun esa 6 oydan oshmasligi kerak.

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalarig...
24/10/2023

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga (https://lex.uz/docs/-3505789) muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy (https://lex.uz/docs/-97664 #-1519024) va jinoiy (https://lex.uz/docs/-111453 #-3262040) javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik (https://lex.uz/docs/-111453 #-263768) yoki oz miqdorda talon-toroj (https://lex.uz/docs/-97664 #-198117) qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

🚫 Qoida tariqasida, nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukal...
18/10/2023

🚫 Qoida tariqasida, nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o'rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o'rtasida nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydi.

❇️ Ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshig...
16/10/2023

❇️ Ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to'lanishi belgilangan.

(https://lex.uz/ru/docs/-5621189)☑️ Bunda:

➖ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o'tkaziladigan fanlar bo'yicha aynan g'oliblikni qo'lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g'olibiga beriladi;

➖ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari tomonidan g'oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.

Address

Toshkent Shahar, Uchtepa Tumani, 26-mavze, 1B-uy
Tashkend
100131

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uchtepa tumani adliya bo‘limi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share