Миллатлараро муносабатлар қўмитаси

Миллатлараро муносабатлар қўмитаси Саҳифамиз орқали қўмита фаолиятига оид сўнгги хабарлар

Keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik, hurmat va ehtirom ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga ayl...
02/05/2025

Keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik, hurmat va ehtirom ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotir. Xonadonlarimiz fayzi bo‘lgan keksalar holidan xabar olish, og‘irini yengil qilish nafaqat farzandlik burchimiz, balki jamiyat ishiga aylanib ulgurdi.

9-may — Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanishining boisi ham shunda. Ushbu sanada о‘tganlar nomi yodga olinib, keksa avlod vakillariga mehr-muruvvat, alohida e’zoz-ehtirom kо‘rsatiladi. Ana shu ezgu an’analar davomi sifatida bugun Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda bir qator keksalar holidan xabar olindi.

Joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda keksalarimizning bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat ekanligi, xalqimiz hech bir ishni keksalar duolarisiz boshlamasligi bejizga emasligi hayotiy misollar orqali ochib berilmoqda.

Abay olami-do‘stlikning oltin ko‘prigiJoriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi, Nizomiy nomi...
02/05/2025

Abay olami-do‘stlikning oltin ko‘prigi

Joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi, Nizomiy nomidagi TDPU, "Nurlы jol" gazetasi hamkorligida “Abay olami-do‘stlikning oltin ko‘prigi” adabiy kechasi o‘tkazildi.

Qozoq ma’rifatparvar shoiri va mutafakkiri, ezgulik va do‘stlik kuychisi Abay Qo‘nonboyevning sharafli nomi va boy ijodiy merosi nafaqat qozoq xalqi, ayni paytda, butun turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining ham qalbida bezavol yashab kelmoqda.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodi bilan bog‘liq shartlar bo‘yicha bellashdilar. Ishtirokchilar tomonidan Abay Qo‘nonboyevning umuminsoniy qadriyatlar va mehr-oqibat tuyg‘ulari yuksak pardalarda tarannum etilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi keng tarannum etildi.

Tadbir ishtirokchilari kayfiyatiga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jajji o‘quvchi qizaloqlari tomonidan tayyorlangan raqslar namoyish etildi. Tadbir so‘ngida g‘oliblar va faol ishtirokchilar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Toshkent Fotosuratlar uyida Vyetnamning Gʻalaba kuni va qayta birlashganiga 50 yil to‘lishiga bag‘ishlangan arxiv fotosu...
02/05/2025

Toshkent Fotosuratlar uyida Vyetnamning Gʻalaba kuni va qayta birlashganiga 50 yil to‘lishiga bag‘ishlangan arxiv fotosuratlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazma “O‘zbekiston va Vyetnam do‘stona munosabatlari abadiydir” deb nomlandi.

Ma’lumki, 1975-yil 30-aprel kuni Vyetnam Xalq armiyasi mamlakatning eng yirik shahri Saygonni ozod qildi. Bu voqea Vyetnamning yagona davlat sifatida birlashishini anglatgan va shundan beri ushbu sana Vyetnamda eng muhim davlat bayramlaridan biri sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Ko‘rgazma "O‘zbekiston–Vyetnam do‘stlik jamiyati" tashabbusi va Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo`yicha qo‘mitasi ko‘magida, shuningdek “O‘zarxiv” agentligi, Badiiy akademiya va Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Vyetnamlik talabalarning O‘zbekistonda ta’lim olishi, delegatsiyalar va rasmiy shaxslarning tashriflari, shuningdek mashhur shaxslarning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Xalqaro kinofestivalida ishtirok etganlariga oid tarixiy fotosuratlar namoyish etildi.

Batafsil – https://gov.uz/oz/icc/news/view/50318

Vetnam Sotsialistik Respublikasining Milliy Assambleya raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan  uchrashuv ...
07/04/2025

Vetnam Sotsialistik Respublikasining Milliy Assambleya raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi

Joriy yilning 6 aprel kuni О‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qо‘mitasi (Qо‘mita) hamda Vetnam Sotsialistik Respublikasining Milliy Assambleya raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiyasi о‘rtasida uchrashuv bо‘lib о‘tdi.
Uchrashuvda Qо‘mita vakillari va “О‘zbekiston – Vetnam” Dо‘stlik jamiyati vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvning о‘tkazilishidan maqsad – mamlakatlarimiz о‘rtasidagi munosabatlarda dо‘stlik, о‘zaro hurmat va uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash hamda gumanitar va madaniy aloqalarni rivojlantirishdan iborat.
Uchrashuvni Qо‘mita raisi – K.Sariyev ochib, ikki mamlakat о‘rtasida har tomonlama aloqalar, shuningdek bugungi k***a О‘zbekistonning millatlararo munosabatlar va xorijdagi hamkor tashkilotlar bilan aloqalarini mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlari, xususan, О‘zbekiston va Vetnam о‘rtasidagi madaniy – gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga alohida tо‘xtalib о‘tdi.
Xususan, 1999 yilda “О‘zbekiston–Vetnam” Dо‘stlik jamiyati tashkil etilganidan buyon uning faoliyati gumanitar va madaniy aloqalarni rivojlantirishda "xalq diplomatiyasi"ning muhim vositasiga aylanganligi ta’kidladi.
Ushbu hamkorlik doirasida sо‘nggi yillarda bir qator muhim tashabbuslar amalga oshirildi:
- 2018-yilda Qо‘mita delegatsiyasi Vetnam xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik Assotsiatsiyaning 5-Kongressida ishtirok etib, “О‘zbekiston-Vetnam” dо‘stlik jamiyatining faoliyati yuqori baholandi va “Dо‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi;
- 2021-yilda Assotsiatsiya va Qо‘mita о‘rtasida о‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi;
- 2022-yil fevral oyida Qо‘mitada Vetnamning birinchi Prezidenti Xoshiminning о‘zbek tilidagi “Mahbusning k***aligi” kitobi taqdimoti bо‘lib о‘tdi.
“Ma’lumki, Vetnam ta’sirchan iqtisodiy о‘sishni kо‘rsatmoqda, “Osiyo yо‘lbarslari” dan biri va xalqaro maydonda muhim о‘rin tutadi. Biz Vetnam xalqining yutuqlarini hurmat qilamiz va о‘zaro tajribamiz barqaror rivojlanish yо‘lida foydali bо‘lishi mumkinligiga ishonch bildiramiz” – K.Sariyev.
Shundan sо‘ng, Chan Txan Man qabul uchun о‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki mamlakat о‘rtasida keng qamrovli dо‘stona aloqalar rivojlanib borayotgani, shuningdek О‘zbekiston dunyoning turli davlatlari bilan о‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borayotganligini ta’kidladi.
Qо‘mitaning Vetnam Sotsialistik Respublikasi Dо‘stlik tashkilotlari Ittifoqi hamda “Vetnam-О‘zbekiston” dо‘stlik assotsiatsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv konstruktiv ruxda о‘tdi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilib olishdi.

GERMANIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUVO‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari...
02/04/2025

GERMANIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manfred Xuterer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita raisi K.Sariyev ikki mamlakat o‘rtasida har tomonlama aloqalar, shuningdek bugungi k***a O‘zbekistonning millatlararo munosabatlar va xorijdagi hamkor tashkilotlar bilan aloqalarini mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlari, xususan, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy – gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga alohida to‘xtalib o‘tdi. Elchi M.Xuterer qabul uchun o‘z minnatdorligini bildirib, ikki mamlakat o‘rtasida keng qamrovli do‘stona aloqalar rivojlanib borayotgani, shuningdek O‘zbekiston dunyoning turli davlatlari bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borayotganligini ta’kidladi.
Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengayishga misol tariqasida 2024 yilning sentyabr oyida Germaniya Federativ Respublikasining federal kansleri Olaf Sholsning Samarqand shahriga bo‘lgan rasmiy tashrifida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuqori saviyada kutib olinganligi hamda tashrif doirasida aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishilganligi qayd etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro birgalikda ishlar olib borish masalalarida ko‘maklashish va hamkorlik qilishga kelishishdi.

“O‘zbekiston-Koreya: o‘zaro hamkorlikning bugungi kuni va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman о‘tkazi...
01/04/2025

“O‘zbekiston-Koreya: o‘zaro hamkorlikning bugungi kuni va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman о‘tkazildi
2025-yil 29-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston-Koreya: o‘zaro hamkorlikning bugungi kuni va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman hamda anjuman doirasida talaba, magistrant va yosh tadqiqotchilarning an’anaviy “Yosh koreysshunoslar: ilm va ijod ostonasida” ilmiy-amaliy forumi o‘tkazildi.
Anjumanda respublika mahalliy oliy o‘quv yurtlari, Koreya Respublikasining Toshkentdagi oliy ta’lim muassalari filiallari, О‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qо‘mitasi xodimlari va xorijda faoliyat yuritayotgan olimlar, tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Anjumanda sharqshunos olimlarning koreyashunoslik sohasidagi tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratilgani holda O‘zbekistonda Koreyashunoslikni rivojlantirishning istiqbol rejalari muhokama qilindi.
Anjumanda О‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qо‘mitasi bo’lim boshlig’i S. Davlatova “O‘zbekiston va Koreya: millatlararo munosabatlarda yangi strategik qadam” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi. Saodat Davlatova o’z ma’ruzasida О‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari garchi bir-birlaridan uzoqda joylashgan bо‘lsa-da, ularni uzoq yillik dо‘stlik va manfaatli hamkorlik rishtalari о‘zaro bog‘lab turishi, о‘zbek va koreys xalqining san’ati, madaniyati, milliy mentaliteti va mehnatkashligidagi о‘ziga xos о‘xshashlik, bir-biriga yaqinlik mavjud. Butunjahon koreyslarni qо‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Koreya Respublikasi elchixonasi bilan hamkorlikda О‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi ta’lim ishlarini va delegatsiyalar almashinuvini tashkillashtiradi. О‘zbekistonning faol koreys millati vakillari har yili Koreyada bо‘lib о‘tadigan turli xalq san’ati festivallari, bayramlari va forumlarida ishtirok etib keladilar.
Bugungi k***a О‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi «Sollal» koreys milliy oy taqvimiga kо‘ra yangi yil bayrami, «Tano» yoz uchrashuvi bayrami, «Chusok» hosil bayrami kabi davlat va koreys milliy bayramlarini keng nishonlab keladi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq xalqlari tillari va adabiyoti institutida Koreyashunoslik oliy maktabi faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston-Koreya: madaniy, gumanitar hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichiga bag‘ishlangan “Koreya haftaligi” joriy yilning 29-mart 9-aprel sanalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Xalqaro anjuman haftalikni boshlab berdi.
Mazkur haftalik davomida “Koreys she’riyati kechasi”, “Koreys tili bilan tanishuv”, “Koreya haqida nima bilaman?” viktorinasi, “Eng yaxshi oshpaz” koreys milliy taomlarini tayyorlash tanlovi, “Notiqlik san’ati” kabi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Buyuk kelajakni birga quramizAyni damda Asaka tumani "Farovon" MFY hududida ana shunday ezgu g‘oya asosida bayram tadbir...
29/03/2025

Buyuk kelajakni birga quramiz
Ayni damda Asaka tumani "Farovon" MFY hududida ana shunday ezgu g‘oya asosida bayram tadbirlari qizg‘in va uyushqoqlik bilan о‘tkazilmoqda.
Chinakam ma’nodagi bayramona shukuh bilan qamrab olingan ushbu mahallada ahillik va hamjihatlik eng oliy qadriyatlardan biridir.

Millatlararo munosabatlar qo'mitasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentin...
28/03/2025

Millatlararo munosabatlar qo'mitasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi tizimida 2025-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora tadbirlar dasturida "Rahbar va yoshlar uchrashuvlari"ni tashkil etish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasida Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlab Qo'mita raisi K.Sariyevning milliy madaniy markazlar yoshlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Qo'mita yoshlari yetakchisi Z.Mahmudova tashabbusi bilan tashkil etolgan uchrashuvda Qo'mita rahbariyati, 20 dan ortiq milliy madaniy markazlar raislari va faol yoshlari (jami 100 kishi) ishtirok etdi.
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" davomida Qo'mita raisi K.Sariyev mamlakatimizda so‘nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim egallashlari uchun shart-sharoit yaratish, bandligini ta'minlashga ko‘maklashish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Uchrashuv yoshlar va ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan samimiy ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.
Tadbir so'ngida Qo'mita raisi K.Sariyev tomonidan yoshlar yetakchisi Z.Mahmudovaga hamda milliy madaniy markazlar faol yoshlariga esdalik sovg'alar topshirildi.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BО‘YICHA MILLIY KENGASH YIG‘ILISHI BО‘LIB О‘TDI                             Shu yilning   ...
27/03/2025

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BО‘YICHA MILLIY KENGASH YIG‘ILISHI BО‘LIB О‘TDI
Shu yilning 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Unda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Tadbirda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bо‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilandi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, sо‘nggi yillarda bu illatga qarshi kurashish bо‘yicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratildi. Parlament palatalarida mas’ul qо‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilindi. Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim yaratildi. Korrupsiyaning omillariga qarshi kurashilayotgani, xususan, yerni ajratishda xalqchil auksion tizimga о‘tilgani, “Shaffof qurilish” dasturi bо‘yicha ijobiy о‘zgarishlar sezilayotgani, Davlat xaridlari bо‘yicha qonun qabul qilingani, tanlov va tender raqamlashgani, bank xizmati kо‘rsatishda mahallabay ishlanayotgani, maktabgacha va maktab ta’limi, oliy ta’lim, yо‘l harakati xavfsizligi sohalari, aholi va tadbirkorlarga xizmat kо‘rsatish yо‘nalishlarida elektron tizimga о‘tilayotgani о‘z samarasini bermoqda. Natijada 200 mingga yaqin yangi tadbirkorlar bozorga kirib keldi. Elektron davlat xizmatlari soni 15 karra ortib, 721 taga yetdi, ulardan foydalanuvchilar esa, 11 milliondan oshdi. Sо‘nggi yetti yilda 120 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritilib, iqtisodiyotimiz 2 karra о‘sdi, ya’ni о‘tgan yili ushbu kо‘rsatkich 115 milliard dollarga yetdi.
Prezident korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi dolzarb vazifalarni kо‘rsatib о‘tdi. Huquq-tartibot idoralari, asosan, korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan ishlab, korrupsiyaviy omillarni tag-tomiri bilan yо‘qotadigan preventiv choralar e’tiborsiz qolayotgani qayd etildi. Shu bois Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ish uslubi о‘zgartirilishi belgilandi. Buning uchun, tajriba tariqasida 5 ta – Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xо‘jaligi vazirliklari, Neftegaz va Suvta’minot jamiyatlarining komplayens nazorati agentlikka о‘tkaziladi. Shuningdek, tumanlar darajasiga tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillari chuqur о‘rganiladi, aniq choralar ishlab chiqilib, Milliy kengashga taqdim etiladi. Korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallada sodir etilayotgani bois Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibi tо‘liq yangilanadi. Ularga viloyat xalq deputatlari kengashi raislari bosh bо‘ladi. Hududiy kengashlar korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularga barham berish uchun qonunchilikni о‘zgartirish, jazo muqarrarligini ta’minlash bо‘yicha Milliy kengashga taklif kiritadi. Endi prokuror, ichki ishlar va soliq idoralari rahbarlari sektorlar faoliyati bilan shug‘ullanmasligi belgilandi. Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish bо‘yicha qо‘shimcha vazifalar qо‘yildi. Davlat xaridlarida korrupsiyaning oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda Ekspert komissiyasi tuziladi. Davlat xaridlari bо‘yicha elektron platforma yaratiladi.
Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bо‘yicha talablar ham kuchaytiriladi. Davlat idoralarining xaridlarida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan transport va mebelga ustuvorlik berish zarurligi qayd etildi. Yirik loyihalarni yuqori darajadagi korrupsiyaga qarshi standartlardan kelib chiqib baholash talabi qо‘yildi. Davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlashdagi tartib va yondashuvlarni takomillashtirish bо‘yicha topshiriqlar berildi. Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun zarurati qayd etilib, uning loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qо‘yiladi. Ta’lim maskanlarida halollik g‘oyalarini singdirish, yoshlarning tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash muhimligi kо‘rsatib о‘tildi. Davlatimiz rahbari 55 ta aniq maqsadga yо‘naltirilgan tashabbuslarni ilgari surdi. Ular doirasida 5 ta qonun, 12 ta farmon va qarorlar ishlab chiqiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament, Milliy va hududiy kengashlar, fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshiriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kuchayadi. Deklaratsiyalash, noqonuniy boylik orttirishga oid yangi tartiblar kiritilishi natijasida korrupsiya omillari cheklanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tashkilotlardagi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati kuchaytiriladi. Maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha vazirlik, idoralar rahbarlari mas’uliyati oshiriladi. Davlat xizmatlari darajasini aholi baholaydigan tizim qilinadi, eng yomon kо‘rsatkichga ega soha rahbarlari bо‘yicha chora kо‘riladi. Nazorat inspeksiyalari mustaqilligi oshiriladi. Yirik investitsiya loyihalarida, auksionlarda korrupsiyaning oldini oluvchi mexanizmlar joriy etiladi.

27/03/2025

3. О‘zbekiston kanali ijodkorlari bilan hamkorlikda “О‘zbekiston umumiy uyimiz” kо‘rsatuvi tayyorlandi.

Address

Улица Бабура 45
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Миллатлараро муносабатлар қўмитаси posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Миллатлараро муносабатлар қўмитаси:

Share