13/05/2023
Yoshlar doimo Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi diqqat eʼtiborida!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi yoshlarning yashash sharoiti, oilaviy holati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Mirobod tumani “Oltinkoʻl” mahallasida istiqomat qiluvchi Belousova Diana va Akromov Mirazizjon, shuningdek, tumanning “Oq uy”, “Farovon” mahallalarida yashovchi Akromov Sardor hamda Isroilov Miraziz bilan yaqindan suhbatlashib, yoshlarning muammolari oʻrganildi.
Suhbat davomida yoshlarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Yoshlar muammolarini bartaraf etish boʻyicha vazirlikning tegishli boshqarmalariga koʻrsatmalar berildi. Jumladan, Akromov Sardorga tadbirkorlik faoliyatini yuritishi uchun vazirlik tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib beriladigan boʻldi.
➖➖➖
Молодежь - в центре внимания Министерства высшего образования, науки и инноваций!
Министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов ознакомился с жилищными условиями и семейным положением молодых людей, проживающих в Мирабадском районе. В частности, он встретился с Белоусовой Дианой и Акромовым Миразизжон, проживающих в махалле "Олтынкуль", а также Акромовым Сардором, проживающий в махале "Ок уй" и Исраиловым Миразизом, проживающий в махалле "Фаровон"Мирабадского района, обсуждены проблемы молодежи.
В ходе встречи министр вручил молодым людям ценные подарки. Даны поручения соответствующим управлениям министерства по устранению проблем, отмеченных молодежью. В частности, министерство создаст необходимые условия для предпринимательской деятельности Сардору Акромову.
https://t.me/Oltinkol_MFY_Yoshlar