02/06/2026
Markaziy bank korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimini joriy etishga qaratilgan xalqaro standart — ISO 37001:2025 sertifikatiga ega bo‘ldi.
Aytish joiz, Bank ushbu sertifikatni moliyaviy sektor tashkilotlari orasida birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritdi.
Mazkur standart talablari asosida Markaziy bankda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks tizim joriy etildi.
Xususan, ichki siyosat, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish va boshqa yo‘nalishlarda 10 dan ortiq ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida Markaziy bank Agentlik tavsiyasiga ko‘ra, komplayens-nazorat tizimini samarali joriy etgan tashkilotlardan biri sifatida e'tirof etildi.
Agentlik tomonidan Bank tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy hamda uslubiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari izchil davom ettiriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.