Raqamli texnologiyalar vazirligi – Ministry of Digital Technologies – Минцифры

  • Home
  • Uzbekistan
  • Tashkent
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi – Ministry of Digital Technologies – Минцифры

Raqamli texnologiyalar vazirligi – Ministry of Digital Technologies – Минцифры Официальная страница Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан

Kontent yaratishga qiziqasizmi? Video montaj qilishni, vizual kontent tayyorlashni yoki ijtimoiy tarmoqlarda kreativ kon...
03/06/2026

Kontent yaratishga qiziqasizmi? Video montaj qilishni, vizual kontent tayyorlashni yoki ijtimoiy tarmoqlarda kreativ kontent yaratishni xohlaysizmi?

GAP Women IT Union tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligida “Kontent yaratuvchilar uchun amaliyot” dasturiga qabul e’lon qilinadi.

Ushbu amaliyot davomida ishtirokchilar haqiqiy loyihalarda qatnashish, professional jamoa bilan ishlash, video, vizual va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastur kimlar uchun?

– video-montajga qiziqadiganlar;
– dizayn va vizual kontent yaratishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar;
– ijtimoiy tarmoqlarda kreativ g‘oyalar bilan ishlashni xohlovchilar;
– o‘z portfoliosini shakllantirishni istagan yoshlar uchun.

Amaliyot davomida siz kelajakdagi faoliyatingiz uchun foydali bo‘ladigan tajriba, real ish jarayoni va portfolio yaratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Qabul davom etmoqda. Arizangizni to‘ldiring va kontent yaratish yo‘lingizni bugunoq boshlang.

Ariza topshirish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd3qlABIJvR6CMDrLyPn_IeIj6MwUImrCo7GRbtr7zloVPTkw/viewform

my.gov.uz'da gaz ta’minoti bo‘yicha yangi davlat xizmatlari ishga tushirildiEndi yagona interaktiv davlat xizmatlari por...
03/06/2026

my.gov.uz'da gaz ta’minoti bo‘yicha yangi davlat xizmatlari ishga tushirildi

Endi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ayrim gaz xizmatlari bo‘yicha murojaatlarni masofadan turib, onlayn tarzda yuborishlari mumkin.

Portalda quyidagi xizmatlar ishga tushirildi:
- Gaz tarmoqlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun murojaat yuborish;
- Aholi, sanoat va kommunal-maishiy korxonalarning gaz jihozlariga profilaktik hamda texnik xizmat ko‘rsatish uchun ariza topshirish.

Mazkur xizmatlar orqali gaz plitalari, isitish pechlari, gaz qozonlari, hisoblagichlar va boshqa gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, gaz tarmoqlarida qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murojaatlarni rasmiylashtirish mumkin.

Yangi xizmatlar fuqarolar uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarfini kamaytirish, davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada qulay va shaffof qilishga xizmat qiladi.

Xizmatlardan foydalanish: my.gov.uz
_____

На портале my.gov.uz запущены новые государственные услуги в сфере газоснабжения

Теперь через Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz граждане и субъекты предпринимательства могут дистанционно подавать обращения по отдельным услугам в сфере газоснабжения.

На портале запущены следующие услуги:
- Подача заявки на выполнение строительно-монтажных работ на газовых сетях;
- Подача заявления на проведение профилактического и технического обслуживания газового оборудования населения, промышленных и коммунально-бытовых предприятий.

С помощью данных услуг можно оформить обращения на проведение технического осмотра газовых плит, отопительных печей, газовых котлов, счётчиков и другого газового оборудования, а также на выполнение строительно-монтажных работ на газовых сетях.

Новые сервисы позволяют сократить затраты времени и средств для граждан, а также делают получение государственных услуг более удобным и прозрачным.

Воспользоваться услугами можно на портале: my.gov.uz.

Toshkentda “Technovation Girls Uzbekistan” dasturining final bosqichi bo‘lib o‘tdiPoytaxtimizda qizlar uchun mo‘ljallang...
03/06/2026

Toshkentda “Technovation Girls Uzbekistan” dasturining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda qizlar uchun mo‘ljallangan eng yirik xalqaro STEM tashabbuslardan biri - “Technovation Girls Uzbekistan” dasturining final bosqichi hamda loyihaning O‘zbekistondagi 10 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, Tech4Impact va Yandex Uzbekistan hamkorligida tashkil etildi.

Joriy yilgi mavsum dastur tarixidagi eng yuqori natijalardan birini qayd etdi. Mamlakatning turli hududlaridan 143 ta jamoa o‘zining innovatsion va texnologik loyihalarini xalqaro tanlovga taqdim etdi.

Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/172708

“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi deputatl...
02/06/2026

“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi

Bugun, 2-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Markaz hududida maxsus huquqiy rejimni yaratish, xususan, ro‘yxatga olish, litsenziyalash va tadbirkorlik tartib-taomillarini soddalashtirish, tijorat operatsiyalarini tartibga solishda xalqaro standartlarni qo‘llash nazarda tutilmoqda.

Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi Markaz ishtirokchilari sonining ko‘payishi hisobiga IT sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirishga, raqamli sektorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini ko‘paytirishga, IT xizmatlari eksporti hajmining oshishi hamda O‘zbekistonni raqamli texnologiyalar sohasida mintaqaviy yetakchi sifatidagi mavqeini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/172293

O‘zbekiston startapi Startup World Cup mintaqaviy bosqichida g‘olib bo‘ldiO‘zbekistonlik asoschi — Kamola Mirjalilova to...
02/06/2026

O‘zbekiston startapi Startup World Cup mintaqaviy bosqichida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik asoschi — Kamola Mirjalilova tomonidan yaratilgan Lidavex startapi Startup World Cup’ning mintaqaviy bosqichida g‘olib chiqdi.

Lidavex — ona va bola salomatligi yo‘nalishidagi MedTech startap, u “dunyodagi birinchi servikal ma’lumotlar infratuzilmasi”ni yaratishni maqsad qilgan. Uning CerviLite qurilmasi LiDAR texnologiyasi orqali tug‘uruq jarayonida real vaqt ma’lumotlarini yig‘adi va AI asosida tahlil qiladi.

Startap allaqachon JPMorgan, Stanford Biodesign, Google va ULP kabi global tashkilotlar bilan ishlamoqda hamda InterSystems bilan hamkorlik qilmoqda.

Endi Lidavex 2026-yil 6-noyabr kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Startup World Cup Grand Finalida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi va $1 mln mukofot uchun kurashadi.

Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/171967



Uzbekistan startup wins Startup World Cup regional stage

Founder Kamola Mirjalilova’s startup Lidavex has won the regional stage of the Startup World Cup, earning a place among global innovators.

Lidavex is a MedTech startup focused on maternal and child health, aiming to build the world’s first cervical data infrastructure. Its CerviLite device uses LiDAR technology to collect real-time data during childbirth and analyze it with AI.

The startup is already working with global organizations such as JPMorgan, Stanford Biodesign, Google, and ULP, and is also collaborating with InterSystems.

Lidavex will now represent Uzbekistan at the Startup World Cup Grand Finale on November 6, 2026, in San Francisco, competing for the $1 million grand prize.

In detail: https://digital.uz/en/news/view/171967

O‘zbekiston va Finlyandiya raqamli transport hamda logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqdaRaqamli texnologiyalar...
01/06/2026

O‘zbekiston va Finlyandiya raqamli transport hamda logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Finlyandiyaning transport harakatini boshqarish bo‘yicha milliy kompaniyasi Fintraffic’ning Transport ma’lumotlari xizmatlari klasteri rahbari Kimmo Yulisyuryunen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab uchrashuv davomida transport boshqaruvi, raqamli mobilitet, logistika va transport ma’lumotlari ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Finlyandiyaning avtomobil, temir yo‘l, havo va dengiz transportini yagona raqamli infratuzilma asosida boshqarish tajribasi yuzasidan fikr almashdilar.

Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/171590
____

Uzbekistan and Finland Expand Cooperation in Digital Transport and Logistics

Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with Kimmo Ylisjurjunen, Head of the Transport Data Services Cluster at Fintraffic.

During the meeting, the parties discussed issues related to transport management, digital mobility, logistics and the development of transport data ecosystems. Particular attention was given to Finland’s experience in managing road, rail, air and maritime transport through a unified digital infrastructure.

In detail: https://digital.uz/en/news/view/171590

Gaz ta’minoti yo‘nalishidagi yangi xizmatlar my.gov.uz'da! Endilikda gaz ta’minoti bilan bog‘liq ayrim xizmatlar bo‘yich...
01/06/2026

Gaz ta’minoti yo‘nalishidagi yangi xizmatlar my.gov.uz'da!

Endilikda gaz ta’minoti bilan bog‘liq ayrim xizmatlar bo‘yicha murojaatlarni my.gov.uz orqali onlayn yuborish mumkin.

Portalda quyidagi xizmatlar ishga tushirildi:

Gaz tarmoqlarida qurilish-montaj xizmatiga murojaat qilish.
Ushbu xizmatdan asosan loyiha hujjatlari asosida gaz tarmoqlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, qurilish bo'layotgan uy-joylarda gaz quvurlari joyini o'zgartirish istagi bo'lgan talabgorlar foydalanishlari mumkin.

Aholi, sanoat va kommunal-maishiy korxonalarning gaz jihozlariga profilaktik va texnik xizmat ko‘rsatish.
Mazkur xizmat orqali talabgorlar gaz plitasi (ovqat pishirish uchun), gaz pechi (isitish uchun), gaz qozoni (kotel), gaz hisoblagichi,
gaz balloni va unga ulangan moslamalarni profilkatikadan o'tkazishlari mumkin.

Profilaktik xizmat ko‘rsatishga nimalar kiradi?

- Gaz sizib chiqishini tekshirish;
- Shlang va birikmalarni ko‘rikdan o‘tkazish;
- Gorelkalarni tozalash;
- Ventilyatsiya va tutun yo‘llarini tekshirish;
- Gaz hisoblagichi va kranlarning holatini nazorat qilish.

Xizmat ko‘rsatish muddati: 9 ish kuni
Arizani to‘ldirish vaqti: 4–20 daqiqa
Xizmat narxi: shartnoma asosida

Endi murojaatlarni idoraga bormasdan, qulay va tezkor tarzda my.gov.uz orqali yuborish mumkin.

Bir vaqtlar ular ham kichkina bola bo‘lishgan…Orzulari katta, nigohlari samimiy, qalblari esa umidga to‘la edi. Bugun es...
01/06/2026

Bir vaqtlar ular ham kichkina bola bo‘lishgan…

Orzulari katta, nigohlari samimiy, qalblari esa umidga to‘la edi. Bugun esa ular Raqamli texnologiyalar vazirligida mas’uliyatli vazifalarni bajarib, mamlakatimizning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.

Bolalik – har bir inson hayotidagi eng beg‘ubor, eng yorqin davr. Aynan shu davrda shakllangan qiziqish, intilish, ijodkorlik va jasorat keyinchalik katta maqsadlar, mas’uliyatli faoliyat va jamiyatga xizmat qilishga turtki boʻladi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan har bir bolaning orzulari, quvonchi va kelajagi biz uchun nihoyatda qadrli ekanini yana bir bor ta’kidlaymiz.

Raqamli texnologiyalar vazirligi bolalarning zamonaviy bilim olishi, raqamli dunyoda xavfsiz rivojlanishi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratishga intiladi.

Chunki bugungi bolalar – ertangi raqamli kelajakning yetakchilari. Ularning tabassumi esa kelajagimizga bo‘lgan ishonchdir.

Bayram muborak, aziz bolajonlar!

Finlandiyaning Omnitele kompaniyasi bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi...
01/06/2026

Finlandiyaning Omnitele kompaniyasi bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Finlyandiyaning telekommunikatsiya sohasidagi yetakchi konsalting va muhandislik kompaniyasi — Omnitele vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, keng polosali internet tarmoqlarini kengaytirish, 5G texnologiyalarini joriy etish hamda raqamli bog‘lanishni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/171210
__

Uzbekistan and Omnitele Discuss Development of Telecommunications Infrastructure

Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with representatives of Omnitele to discuss prospects for further development of telecommunications infrastructure and digital connectivity in Uzbekistan.

During the meeting, the parties reviewed issues related to the expansion of broadband internet networks, the introduction of 5G technologies and the modernization of telecommunications infrastructure across the country.

In detail: https://digital.uz/oz/news/view/171210

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniRaqamli texnologiyalar vazirligi barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolal...
01/06/2026

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy tabriklaydi.

Farzandlarimiz hayotimiz mazmuni, kelajagimiz bunyodkorlari va eng katta boyligimizdir. Ularning baxtli bolaligi, sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab ulg‘ayishi yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Bugungi raqamli davrda bolalarning xavfsiz, bilimli va ijodkor bo‘lib voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularni zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir bolaning quvonchi, orzulari va porloq kelajagi uchun birgalikda mas’ulmiz. Zero, bolalar kulgisi va tabassumi eng katta baxt va ertangi kunimizning ishonchidir.

Aziz-u mo‘jaz qalb egalari, bayramingiz muborak bo‘lsin!

Address

Mo'minov, 7/1
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Raqamli texnologiyalar vazirligi – Ministry of Digital Technologies – Минцифры posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Raqamli texnologiyalar vazirligi – Ministry of Digital Technologies – Минцифры:

Share