27/05/2026
🌙 “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi barcha yurtdoshlarimizni insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik bayrami — Qurbon hayiti bilan samimiy qutlaydi.
Mazkur ayyomda xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va ahillik mujassam. Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
✨Xalqimizning shu kunlarda qilayotgan barcha ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin! Xonadonlarimizni fayz-u baraka va osoyishtalik tark etmasin!
Muqaddas ayyom — Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!