21/05/2026
Toshkent uy-joy bozori: narxlar umumiy bozorda keskin o‘zgarmagan, biroq segmentlar kesimida farqlar kuchaymoqda.
🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2026-yilning aprel oyida Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy-joy narxlari va bozor faolligi tahlil qilindi.
📊 Aprel oyida uy-joy bozorida faollik pasaydi. Mazkur davrda umumiy e'lonlar soni 44,5 mingtani tashkil qilib, mart oyiga nisbatan 13,4%ga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,7%ga qisqardi.
E'lonlar sonida birlamchi bozor ulushi ortib bormoqda.
Uy-joy e’lonlari tarkibida birlamchi bozor ulushi 2024-yil yanvar oyidagi 33,8% dan 47,6% gacha oshdi, ikkilamchi bozor ulushi esa 66,2% dan 52,4% gacha kamaydi.
📌 Uy-joy bozorida 2–3 xonali segmentlarda narx nisbatan barqaror saqlanmoqda. Birlamchi bozorda 4+ xonali yuqori narx segmentida pasayish saqlanmoqda, ikkilamchi bozorda esa ushbu segmentda mo‘tadil o‘sish qayd etildi.
📈 Birlamchi bozorda narxlarning o'zgarishi:
🔹 3 xonali — +1,8%
🔹 2 xonali — +0,7%
🔻 1 xonali — −1,6%
🔻 4+ xonali — −2,1%
Ikkilamchi bozorda narxlarning o'zgarishi
🔹 1 xonali — +3,5%
🔹 2 xonali — +0,4%
🔹 3 xonali — +1,2%
🔹 4+ xonali — +0,6%
🏙 Markazga yaqin hududlarda to'liq ta’mirlangan uylar narxi yuqoriligicha qolmoqda.
🏠 To'liq ta'mirlangan uy-joylar bo'yicha 1 m² uchun o'rtacha taklif narxlari tumanlar kesimida farqlanmoqda:
Mirobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulug'bek: $1413 -$2121,
Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yashnabod: $1195-$1797,
Uchtepa, Olmozor, Sirg'ali: $900-$1367.
💰 To'liq ta'mirlangan xonadonlarning hududlar o‘rtasidagi narx tafovuti birlamchi bozorda 2 barobardan oshdi.
4 xonali to‘liq ta’mirlangan xonadonlarda:
Birlamchi bozor:
Mirobod — $2 117/m²
Sirg‘ali — $922/m²
➡️ 2,3 baravar tafovut
Ikkilamchi bozor:
Mirobod — $1 677/m²
Sirg‘ali — $900/m²
➡️ 1,9 baravar tafovut
🌆 Yashnoboddagi o‘sish va “Yangi Toshkent” omili.
Yashnobod tumanida kuzatilayotgan narx o‘sishiga qurilish faolligi, infratuzilma rivoji hamda “Yangi Toshkent” loyihasi bilan bog‘liq kutilmalar ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.
🏦 Naqdsiz oldi-sotdi tartibining joriy etilishi dastlabki oyda narxlarda keskin o‘zgarish keltirib chiqarmadi. Yakuniy ta’sirni baholash uchun 2026-yilning 2–3-choraklaridagi dinamika muhim bo‘ladi.
📍 Xulosa: Markazga yaqin hududlarda narx darajasi yuqoriligicha qolmoqda, Yashnobodda esa infratuzilma va “Yangi Toshkent” omili o‘sish kutilmalarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, 4+ xonali yuqori narx segmentidagi pasayish riskini alohida baholash zarur.
📎 Tahlillar OLX.UZ ochiq e’lonlari asosida tayyorlangan bo‘lib, undagi narxlar taklif narxlarini aks ettiradi; yakuniy bitim narxlari bundan farq qilishi mumkin.
👉 Batafsil:https://imrs.uz/public/files/pdf/uy_joy.pdf