Hududiy Elektr Tarmoqlari

Hududiy Elektr Tarmoqlari "Hududiy Elektr Tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati facebook'dagi rasmiy sahifasi

SIRDARYO VILOYATIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari tomonidan Sirda...
20/05/2026

SIRDARYO VILOYATIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari tomonidan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda tadbirkorlarga loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari hamda elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy xizmatlar ko’rsatilishi, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish va hamkorlikni mustahkamlash borasida fikr almashildi.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2026-yil 1-iyun kunidan aholi iste...
20/05/2026

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2026-yil 1-iyun kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar hisobini oson hisoblash maqsadida Jamiyat veb-saytida elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori (https://het.uz/oz/pages/calculator)yangilandi.

Kalkulyator orqali elektr hisobini turli tariflarda hisoblash imkoni mavjud.

Bugungi kun holatiga 35 ta podstansiyada transformatorlar quvvati oshirilib, qo‘shimcha 325 MVA quvvat yaratildiJoriy yi...
20/05/2026

Bugungi kun holatiga 35 ta podstansiyada transformatorlar quvvati oshirilib, qo‘shimcha 325 MVA quvvat yaratildi

Joriy yilda respublika hududlarida elektr uzatish va taqsimlash tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

— 35–500 kV kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida:
— 2 290 km elektr uzatish tarmoqlari yangilanadi
— 92 ta podstansiya modernizatsiya qilinadi
— Qo‘shimcha 2 123 MVA quvvat o‘tkazuvchanligi yaratiladi

— 0,4–10 kV kuchlanishli taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida:
— 9 168 km elektr uzatish tarmoqlari yangilanadi
— 33 ta podstansiya modernizatsiya qilinadi
— 2 304 ta transformator punktlari yangilanadi

Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Bugungi k***a respublika hududlaridagi 92 ta podstansiyada qurilish va modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 35 ta podstansiyada transformatorlar quvvati oshirilib, qo‘shimcha 325 MVA quvvat yaratildi.

Shuningdek:
— 315 km 35–110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari yangilandi;
— 1 226 km elektr tarmoqlari modernizatsiya qilindi;
— 307 ta transformator punktlari yangilanib, foydalanishga topshirildi.

Qolgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

20/05/2026

Elektr energiyasi — zamonaviy hayot asosi!

Uni tejash esa har birimizning mas’uliyatimiz.

Bugunni o‘ylab emas, kelajakni asrab energiyadan oqilona foydalanaylik!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2025-yil mobaynida...
20/05/2026

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2025-yil mobaynida hududlarda 12 712,4 km elektr uzatish tarmoqlari, 3254 dona transformator punktlari hamda 30 ta podstansiya yangidan qurildi va modernizatsiya qilindi.

Shu bilan bir qatorda mavsumga tayyorgarlik ishlari yuzasidan 29511,1 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 10270 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.

Natijada, 1 267 MVA qо‘shimcha quvvat hamda 241 ta dan ortiq mahallalarda 390 mingdan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta’minoti yaxshilandi.

HALOLLIK VA MAS’ULIYAT — TIZIM BARQARORLIGINING MUHIM OMILI“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida korr...
20/05/2026

HALOLLIK VA MAS’ULIYAT — TIZIM BARQARORLIGINING MUHIM OMILI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xizmat intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i, Prokuratura vakillari, hududiy filial rahbariyati, xizmat bo‘limlari, shuningdek, shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bu boradagi qonunchilik talablari hamda xodimlarning xizmat faoliyatida halollik, mas’uliyat va vijdonlilik tamoyillariga qat’iy amal qilishi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki har bir fuqaro, har bir xodim va butun jamiyatning umumiy vazifasi ekani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, korrupsion xatti-harakatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat vakolatlaridan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, ularni qonunchilikda belgilangan muddatlarda sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, murojaatlar bilan ishlashda xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish, xizmat intizomini mustahkamlash, kasbiy odob-axloq me’yorlariga amal qilish hamda jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish yuzasidan muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.

ELEKTR TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA ERISHILGAN ASOSIY NATIJALAR2017–2025-yillar davo...
20/05/2026

ELEKTR TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA ERISHILGAN ASOSIY NATIJALAR

2017–2025-yillar davomida elektr energetikasi sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar natijasida mamlakatimiz elektr tarmoqlari tizimida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi. Magistral hamda taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi infratuzilmalarni barpo etish va mavjud quvvatlarni oshirish orqali tizimning ishonchliligi va barqarorligi yanada mustahkamlandi.

Xususan, magistral elektr tarmoqlarida 2 123 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli liniyalar qurildi va rekonstruksiya qilindi, 68 ta yirik podstansiya ishga tushirildi hamda 12 608 MVA qoʻshimcha quvvat yaratildi. Bu esa elektr energiyasini uzatishda yoʻqotishlarni bosqichma-bosqich kamaytirish imkonini berdi.

Taqsimlash tarmoqlarida esa 77 242 km elektr uzatish liniyalari yangilandi, 286 ta podstansiya hamda 24 149 ta transformator punkti modernizatsiya qilindi. Natijada elektr taʼminoti sifati yaxshilanib, isteʼmolchilarga yetkazib berishdagi uzilishlar va texnik yoʻqotishlar qisqardi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
– elektr energiyasidagi yoʻqotishlar kamaydi;
– avariya holatlari va uzilishlar soni qisqartirildi;
– tizim samaradorligi oshirilib, katta hajmdagi energiya resurslari tejab qolindi.

Yoʻqotishlarni kamaytirish hisobiga 128,6 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi, atmosferaga chiqariladigan 353,6 ming tonna CO₂ zararli gazlar chiqishi oldi olindi hamda 263,1 mlrd soʻm iqtisod qilindi.

Bu koʻrsatkichlar elektr energetikasi sohasida olib borilayotgan islohotlarning nafaqat iqtisodiy, balki ekologik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.

Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish, tizimning ishonchliligi, samaradorligi va barqarorligini taʼminlashda ustuvor ahamiyatga ega hisoblanadi.

2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi tariflari qanday o'zgaradi?Keling bu о‘zgarishni  oyiga 500 kVt/soat elektr energiy...
20/05/2026

2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi tariflari qanday o'zgaradi?

Keling bu о‘zgarishni oyiga 500 kVt/soat elektr energiyasi ishlatadigan xonadon misolida tahlil qilsak;

2026-yil 1-iyungacha:

200 kVt/soatgacha — 600 so‘mdan
201–500 kVt/soat — 800 so‘mdan

Jami: 360 ming so‘m

2026-yil 1-iyundan:

200 kVt/soatgacha — 650 so‘mdan
201–500 kVt/soat — 900 so‘mdan

Jami: 400 ming so‘m

Shuningdek, mamlakatimizdagi elektr energiyasi iste’molchilarining deyarli 63.2 foizi (200 kVt/soatgacha) aynan ijtimoiy norma doirasida elektr energiyasidan foydalananishini inobatga olsak, tо‘lov harajatlari yuqori darajada bo‘lmasligini anglash mumkin.

18/05/2026

“O‘zbekiston energetika haftaligi — 2026” yakunlari: investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va strategik hamkorlik maydoni bo‘ldi

“O‘zbekiston energetika haftaligi – 2026” tadbirida 34 ta davlatdan 1877 nafar delegat hamda qariyb 18 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy ishtirokchilar qatnashdi. Ko‘rgazma doirasida 580 dan ortiq kompaniya energetika, neft-gaz va elektrotexnika sohalaridagi zamonaviy texnologiya va yechimlarini namoyish etdi.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirokida raqamlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi va ekologik xavfsizlik mavzularida muloqotlar tashkil etildi.

Haftalik doirasida xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari va yetakchi energetika kompaniyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, “AMEA Power”, “SOCAR”, “bp”, “Huawei”, “CNNC”, “Voltalia”, “CEEC”, MOL Group va boshqa yirik kompaniyalar bilan energetika, neft-gaz, qayta tiklanuvchi energiya hamda energiya saqlash tizimlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Shuningdek, qator anglashuv memorandumlari va investitsiya bitimlari imzolanib, yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Mazkur haftalik O‘zbekiston energetika sohasining xalqaro hamkorlik va investitsiyalar uchun ochiq platformaga aylanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi. Tadbir doirasida erishilgan kelishuvlar energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, “yashil” energetikani rivojlantirish hamda sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali tomonidan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanid...
18/05/2026

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali tomonidan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tashkil etilgan "Yangi Oʻzbekiston" massiviga 110 kVli tarmoq qurish ishlari surʻatlarda amalga oshirilmoqda.

Loyihani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish maqsadida “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filialining ishchi-xodimlari hamda maxsus texnikalari tunu-kun faoliyat yuritishmoqda.

Address

Республика Узбекистан г. Ташкент, Улица Осиё, 8
Tashkent
100000

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998781507564

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Hududiy Elektr Tarmoqlari posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Hududiy Elektr Tarmoqlari:

Share