Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar ishlari agentligi

⚡️“Tashabbuslar marafoni”dan fotolavhalarXiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida yangi g‘oyalar, qiziqarli startap...
03/06/2026

⚡️“Tashabbuslar marafoni”dan fotolavhalar

Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida yangi g‘oyalar, qiziqarli startap loyihalar va minglab shijoatli yigit-qizlarni bitta maydonga jamlagan marafon qizg‘in davom etmoqda.

Bizda jarayonlar tugamadi. Barchani kutamiz!

Tashabbuslar Marafoni

“Ipak yoʻli yoshlar nigohida” xalqaro fotosuratlar tanloviYUNESKO tomonidan “Ipak yo‘llari” dasturi doirasida 14–25 yosh...
03/06/2026

“Ipak yoʻli yoshlar nigohida” xalqaro fotosuratlar tanlovi

YUNESKO tomonidan “Ipak yo‘llari” dasturi doirasida 14–25 yoshdagi yigit-qizlar uchun “Youth Eyes on the Silk Roads” (“Ipak yo‘li yoshlar nigohida”) 8-xalqaro foto tanlovi e’lon qilindi. Tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, Ipak yo‘li xalqlarining boy madaniy merosini keng targ‘ib qilish hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.

2026-yilgi tanlovning asosiy mavzusi — “Living Heritage along the Silk Roads” (“Ipak yo‘li bo‘ylab jonli meros”). Ishtirokchilar urf-odatlar, an’analar, hunarmandchilik, milliy taomlar, xalq musiqasi va raqslari, bayramlar hamda Ipak yo‘li xalqlarining kundalik hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar bilan qatnashishlari mumkin.

Tanlov yakunlariga ko‘ra har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar professional va yarim professional fotoapparatlar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish bepul.

Arizalar 2026-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://unescosilkroadphotocontest.org/en/participate

🔗 Tanlov nizomi:
https://unescosilkroadphotocontest.org/en/about-rules

O‘z nigohingiz orqali Ipak yo‘lining betakror merosini dunyoga namoyish eting!

⚡️ Xorazm yoshlari, yilning eng qaynoq oqshomiga tayyormisiz?!⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi loyihalarimiz o‘zining eng ...
03/06/2026

⚡️ Xorazm yoshlari, yilning eng qaynoq oqshomiga tayyormisiz?!

⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi loyihalarimiz o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirdi! Bugun Xiva shahrida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Sizni respublikamizning eng taniqli estradasi yulduzlari ishtirokidagi unutilmas shou, jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va haqiqiy yoshlar bayrami kutmoqda!

📍Manzil: Xiva shahri, “Arda Xiva” majmuasi

Vaqti: Bugun, soat 19:30 da

Kirish: Mutlaqo bepul!

Kechani biz bilan birga o‘tkazing, bugun Xivada uchrashamiz!

03/06/2026

⚡️“Tadbirkorlik va bandlik” pavilyonida qaynoq jarayonlar!

Marafondagi eng gavjum nuqtalardan birida ayni damda qizg‘in muloqot va tajriba almashinuvi davom etmoqda. Xorazmlik shijoatli yoshlar tadbirkorlik sir-sinoatlarini o‘rganib, o‘z biznesini qanday boshlash hamda muvaffaqiyatli yuritish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lishmoqda.

03/06/2026

⚡️Eʼtiboringizga “Qizlar tashabbuslari paviloni”dagi qaynoq jarayonlardan tayyorlangan lavhalarni taqdim etamiz!

Ayni damda bu yerda qizg‘in savol-javoblar va o‘zaro tajriba almashinuvi davom etmoqda. Qizlarimiz o‘zlarining innovatsion g‘oyalari hamda kelajakdagi ulkan maqsadlari atrofida birlashmoqdalar.

03/06/2026

⚡️ “Tashabbuslari marafoni”da yoshlar yetakchilari pavilyoni

Ayni damda pavilyonda qizg‘in jarayon ketmoqda! Bu yerda yoshlar yetakchilari uchun ko‘tarinki ruhda va o‘zaro tajriba almashish formatida qiziqarli seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Tashabbuslar Marafoni

⚡️ Xorazmda “Tashabbuslar marafoni” boshlandi!Ayni damda Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida haqiqiy yoshlar s...
03/06/2026

⚡️ Xorazmda “Tashabbuslar marafoni” boshlandi!

Ayni damda Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida haqiqiy yoshlar shukuhi hukm surmoqda. Yangi g‘oyalar, qiziqarli startap loyihalar va minglab shijoatli yigit-qizlar aynan bitta maydonda jam bo‘ldi!

Siz ham biz bilanmisiz? Qaynoq jarayonlarni kuzatishda davom eting!

03/06/2026

📚 Kitob karvoni Toshkent viloyatiga yetib bordi!

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Tashabbuslar marafoni” hamda “Kitob hashar" tadbiri doirasida tayyorlangan kitoblar karvoni Toshkent viloyatiga yetib bordi.

“1000 kitob” loyihasi doirasida nashr etilgan jahon adabiyotining sara durdonalari, ilmiy-ommabop va motivatsion asarlar endilikda viloyat kutubxonalar hamda yosh kitobxonlar uchun xizmat qiladi.

⚡️ Kutish onlari yakunlanmoqda: Ertaga Xorazmda “Tashabbuslar marafoni”ga start beriladi!⚡️Katta harakat boshlanishiga s...
02/06/2026

⚡️ Kutish onlari yakunlanmoqda: Ertaga Xorazmda “Tashabbuslar marafoni”ga start beriladi!

⚡️Katta harakat boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, 3-iyun kuni qadimiy va navqiron Xorazmda barchamiz orziqib kutgan “Tashabbuslar marafoni” o‘z ishini boshlaydi.

📍Manzil: Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i.

Aynan shu yerda yoshlarni birlashtiradigan eng yirik va kreativ loyihalar sizni kutib oladi. Tadbirkorlik, sun’iy intellekt, startap, kitobxonlik, xorijiy tillar, volontyorlik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda o‘z g‘oyangizni namoyish etish, kuchli jamoa shakllantirish hamda tajribali mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish uchun bundan qulay fursat bo‘lmaydi!

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ertaga Xivada uchrashamiz! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

👉yoshlar.gov.uz

Jahon durdonalari: navbatdagi 20 kitob yo‘lda⚡️ “Yoshlar oyligi” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Tashabbuslar marafoni...
02/06/2026

Jahon durdonalari: navbatdagi 20 kitob yo‘lda

⚡️ “Yoshlar oyligi” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Tashabbuslar marafoni (https://t.me/yoshlaragentligi/16992)” doirasida “Kitob hashar” tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov, “1000 kitob” loyihasi tarjimonlari, ekspertlari, hamkor nashriyotlar vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar loyiha tarjimonlari va ekspertlari bilan muloqot qilib, kitoblar yaratilishi ortidagi mehnat va tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

Hashar davomida “1000 kitob” loyihasi doirasida chop etilgan navbatdagi 20 nomdagi kitob (https://telegra.ph/1000KITOB-loyihasi-doirasida-chop-etilgan-navbatdagi-20-kitob-06-02) hududlarga jo‘natishga tayyorlandi. 59 ming nusxada nashr etilgan ushbu asarlar yaqin kunlarda yurtimiz kutubxonalariga yetib boradi.

Shuningdek, tadbir doirasida kitobxonlikka oid viktorina tashkil etildi. Faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Kitob hashar” kitob atrofidagi samimiy muloqot maydoniga aylandi.

Address

Alisher Navoiy 11
Tashkent
100011

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712090104

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yoshlar ishlari agentligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Yoshlar ishlari agentligi:

Share