24/10/2025
Jizzax politexnika instituti talabalariga dual taʼlim asosida “UzTest” Jizzax filialida dars jarayonlari o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutining “Metrologiya, standartllashtirish va mahsulot sifat menejmenti” (tarmoqlar bo‘yicha) kafedrasi talabalari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DM Jizzax filialiga tashrif buyurishdi.
Talabalar zamonaviy sinov laboratoriyalari, ularning texnik jihozlari va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar talabalarga laboratoriya jihozlarining ishlash prinsiplari, turli sohalarda sinovlar qanday o‘tkazilishi hamda sifat nazoratining amaliy ahamiyati haqida tushunchalar berishdi.
Ushbu tashrif ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida qo‘l keladigan tajriba bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, va laboratoriya mutaxassislari bilan fikr almashdi.