O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti

O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti Ўзбекистон Экологик партияси Тошкент шаҳар партия ташкилоти

  Bugun O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi deputati Farruh Tursunovning...
30/05/2026



Bugun O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi deputati Farruh Tursunovning tavallud ayyomi.

Hurmatli Farruh G'ulomovich, Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Sharafli va mas'uliyatli kasbingizda hamisha muvaffaqiyatlar Sizga hamroh bo'lsin.
Tavallud kuningiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Ekopartiya Toshkent shahar
Kengashi jamoasi!

  Bugun O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Shaxnoza Umarxodjay...
30/05/2026



Bugun O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Shaxnoza Umarxodjayevaning tavallud ayyomi.

Hurmatli Shaxnoza Maxsudovna, Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Sharafli va mas'uliyatli kasbingizda hamisha muvaffaqiyatlar Sizga hamroh bo'lsin.
Tavallud kuningiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Ekopartiya Toshkent shahar
Kengashi jamoasi!

  Fuqarolar murojaati nazoratga olindiO'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengash...
26/05/2026




Fuqarolar murojaati nazoratga olindi

O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi deputati Nazokat Ibragimova fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.

Unda tumanning "Qo'shqo'rg'on" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaati ko'rib chiqildi. Mazku muammoni deputat mahalla raisi bilan birgalikda muhokama qilib, fuqaro murojaati asosida mas'ul tashkilot raxbariga deputat so'rovi yuborish orqali ushbu masala to'liq nazoratga olinishi ta'kidlandi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

26/05/2026




Sog'lom ayol - Yangi O'zbekiston tayanchi.

Vasila Alimova,
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati,
"Ekologiya va salomatlik" ayollar klubi raisi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

  Dolzarb masala yuzasidan deputat so'rovi yuborildiO'zbekiston Ekologik partiyasi Bektemir tuman partiya tashkiloti rai...
25/05/2026




Dolzarb masala yuzasidan deputat so'rovi yuborildi

O'zbekiston Ekologik partiyasi Bektemir tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Jahongirmirzo Mirzaqobulov muammo yuzasidan tuman hokimiga deputat so'rovi yubordi.

So'rovda tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, ko'p bolali va yolg'iz ota-onalar, voyaga yetmagan o'smirlar, jazoni o'tab chiqqan shaxslar, mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ish bilan ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar rejasi to'g'risida to'liq ma'lumot taqdim etilishi talab etilgan.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

  “Yoshlar va ekologik siyosat — kelajak uchun mas’uliyat”Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkilot...
25/05/2026




“Yoshlar va ekologik siyosat — kelajak uchun mas’uliyat”

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti raisi Zoir Sodiqov tomonidan PDP University talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Unda talabalarga partiyaning maqsad va vazifalari, ekologik siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning ekologik madaniyatni oshirishdagi o‘rni, ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishi va jamiyatda “yashil fikrlash”ni shakllantirish masalalariga alohida urg‘u qaratildi.

Suhbat davomida talabalar partiya faoliyati, ekologik loyihalar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarning ekologik tashabbuslarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

  “Ekologiya va salomatlik — sog‘lom jamiyat poydevori”Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti r...
25/05/2026




“Ekologiya va salomatlik — sog‘lom jamiyat poydevori”

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti raisi Zoir Sodiqov tumandagi 10-Oilaviy poliklinikada davra suhbati o'tkazdi.

Tadbir davomida partiyaning “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Suhbatda shifokorlar bilan hamkorlikda mahallalarda ekologik madaniyatni oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa ayollar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Ekologik muammolarning inson salomatligiga ta’siri, havoning tozaligi, to‘g‘ri ovqatlanish, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

25/05/2026




O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylanganXalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi deputati Shuhrat Fayziyev “Yashil sanoat siyosati va chiqindilar boshqaruvi — huquqiy asoslar va biznes imkoniyatlari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida o‘tkazilgan halqaro konferensiyada ma’ruza bilan qatnashib, O‘zbekistonda chiqindilarni hosil bo‘lishi, to‘plash, qayta ishlash va saqlash jarayonlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan “O‘zbekiston” telekanalida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

  Ekologik madaniyatni bolalikdan shakllantirish lozimOʻzbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti ra...
25/05/2026




Ekologik madaniyatni bolalikdan shakllantirish lozim

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti raisi Zoir Sodiqov "GGS School" hususiy maktabida yosh o‘quvchilar bilan ekologik madaniyatni shakllantirish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda bolajonlarga tabiatni asrash, atrof-muhitni toza saqlash va ekologik odatlarni kundalik hayotda qo‘llash haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, may oyida nishonlanadigan muhim xalqaro ekologik sanalar — 15-may “Xalqaro iqlim kuni”, 22-may “Xalqaro biologik xilma-xillik kuni” haqida ham sodda va bolalarga mos tarzda tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar ekologiyaga oid savollarga faol javob berib, tabiatni asrash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Samimiy va quvnoq ruhda o‘tgan tadbir yosh avlod qalbida ekologik madaniyat va tabiatga mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

    Ekopartiya vakillari tomonidan ekologik aksiyalar davomiy bo'lmoqdaO'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq ...
25/05/2026




Ekopartiya vakillari tomonidan ekologik aksiyalar davomiy bo'lmoqda

O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi deputati Nazokat Ibragimova tashabbusi bilan tumandagi Xonabod qabristonida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Bu kabi tashabbuslar ezgu qadriyatlarimizni ulug‘lash, jamiyatda hamjihatlik, mehr-oqibat hamda tabiatga mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

  Nazorat tadbirlari davom etmoqdaO'zbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti raisi Zoir Sodiqov tum...
25/05/2026




Nazorat tadbirlari davom etmoqda

O'zbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti raisi Zoir Sodiqov tuman bo'ylab ekologik huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha o'rganish ishlari olib bordi.

Nazorat tadbiri davomida "Ezgulik" mahallasi hududida ko'p qavatli turar joy binosi oldida chiqindilar to'plab qo'yilgani aniqlandi.

Fuqaro bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu chiqindilar bugun kun yakunigacha to'liq bartaraf etilishi yuzasidan kafolat olindi.

Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati

Address

Улица Абдулла Каххар, дом 2 Г
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712098564

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti:

Share