Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi

Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi

📌 Navoiyda ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari qurilishi davom etmoqda◽ Navoiy viloyatining Karmana tumani “Doʻstli...
15/04/2026

📌 Navoiyda ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari qurilishi davom etmoqda

◽ Navoiy viloyatining Karmana tumani “Doʻstlik” mahallasi hududida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 28-umumtaʼlim maktabida qurilish ishlari davom etmoqda. 800 nafardan ortiq oʻquvchilar taʼlim oluvchi mazkur oʻquv muassasasining oʻquv binolarini mukammal taʼmirlash hamda sport maydonchasi barpo etish pudratchi tashkilot “Element qurilish” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

🔴 Shuningdek, tumandagi “Ayronchi” mahallasiga qarashli 2 km hududda piyodalar oʻtish yoʻlagi va tungi koʻcha yoritish tizimi qurib foydalanishga topshirildi. Mazkur hududda yoʻllarni asfaltlash ishlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
__________________________________
📌 Construction of social and infrastructure facilities continues in Navoi

◽ Construction works are ongoing at Secondary school No. 28 located in the “Dustlik” mahalla of Karmana district, Navoi region, within the framework of the Ministry of Economy and Finance’s Sustainable Rural Development project.
At this educational institution, which serves more than 800 students, the contractor LLC “Element qurilish” is carrying out major renovation of the school buildings as well as the construction of a sports ground.

🔴 In addition, pedestrian walkways and a street lighting system have been constructed and commissioned along a 2 km section in the “Ayronchi” mahalla of the district. Preparatory works for road asphalting in this area are currently underway.

🌐 Find More: https://t.me/uzb_ridp

💬 Islom taraqqiyot banki vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi🔹  Iqtisodiyot va moliya vazirligining Bir...
13/04/2026

💬 Islom taraqqiyot banki vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🔹 Iqtisodiyot va moliya vazirligining Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida Islom taraqqiyot bankining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” hamda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalari boʻyicha amaliyotlar jamoasi rahbari Farid Ahmad Xon boshchiligidagi missiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda hamkorlikdagi har ikkala loyihaning joriy holati, mavjud vazifalar va qoʻyilgan rejalar haqida fikr almashildi.

🤝 Tomonlar loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy masalalar, obyektlardagi tender jarayonlari va kelgusida hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha kelib oldilar.
________________________________
💬 Cooperation issues were discussed with representatives of the Islamic Development Bank

🔹 A meeting was held at the office of the Joint Projects Implementation Unit under the Ministry of Economy and Finance with a mission of the Islamic Development Bank led by Mr. Farid Ahmad Khan, Regional Operations Manager, regarding the “Sustainable Rural Development” and “Integrated Rural Development” (Phase II) projects. During the meeting, the parties exchanged views on the current status of the ongoing projects, existing tasks, and planned activities.

🤝 The parties also reached agreements on financial matters, tender processes at project sites, and further strengthening of cooperation in project implementation.

🌐 Find More: https://t.me/uzb_ridp/4308

⚙️Shofirkon tumanida ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalari oʻrganildi🔹 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq j...
10/04/2026

⚙️Shofirkon tumanida ijtimoiy soha va infratuzilma loyihalari oʻrganildi

🔹 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari oʻrganildi.
▶ Xususan, tumanning “Xorkash” mahallasida joylashgan 42 umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish yaʼni mavjud 180 oʻrinli binoni mukammal taʼmirlash, 120 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi, maktab oshxonasi va yopiq sport zal qurish ishlari olib borilmoqda. Obyektning sifatli hamda belgilangan muddatlarda topshirilishini taʼminlash maqsadida pudratchi tashkilot vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.
◽ Bundan tashqari, tumanning “Mirzoqul” MFYda 5,2 km uzunlikdagi piyodalar yoʻlagi qurib bitkazilgan boʻlib aynan shu qismdagi yoʻlni asfaltlashga tayyorlash ishlari bajarilgan.
____________________________
⚙️ Social and Infrastructure projects reviewed in Shofirkon District

🔹 Within the framework of the Sustainable Rural Development Project implemented by the Ministry of Economy and Finance, reconstruction and capital repair works underway in Shofirkon district of Bukhara region were reviewed.
▶ In particular, reconstruction works are ongoing at Secondary School No. 42 located in the “Khorkash” mahalla, including the capital rehabilitation of the existing 180-seat building, construction of an additional 120-seat academic building, a school canteen, and an indoor sports hall. Discussions were held with representatives of the contracting organization to ensure the quality and timely completion of the works.
◽ In addition, a 5.2 km pedestrian walkway has been completed in the “Mirzokul” mahalla, and preparatory works for asphalt paving of the respective road section have been carried out.

🌐 Find More: https://t.me/uzb_ridp/4287

🔹 Loyihalarda xaridlar yoʻnalishini oʻrganuvchi ITB missiyasi oʻz ishini boshladi ⚙ “Qishloq joylarni kompleks rivojlant...
06/04/2026

🔹 Loyihalarda xaridlar yoʻnalishini oʻrganuvchi ITB missiyasi oʻz ishini boshladi

⚙ “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida xarid jarayonlarini o‘rganish va baholash masalalari bo‘yicha Islom taraqqiyot bankining navbatdagi missiyasi boshlandi.

◽ Missiyaning birinchi kunida Islom taraqqiyot bankining xarid jarayonlariga masʼul mutaxassislari ishtirokida BLAOGda uchrashuv oʻtkazildi. Unda loyiha doirasida bugungi kungacha boʻlib oʻtgan xarid jarayonlari haqida maʼlumot berildi, shuningdek missiya kun tartibidagi boshqa masalalar kelishib olindi.

📌ITB missiyasining “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasida amalga oshirilayotgan qurilish, rekonstruksiya ishlarini oʻrganish maqsadida Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi obyektlarga tashrifi ham rejalashtirilgan.
___________________________________
🔹 IsDB Mission to Review Procurement Arrangements Commences

⚙ Within the framework of the Integrated Rural Development Project (Phase II), implemented with the support of the Islamic Development Bank (IsDB), a new mission focused on the review and assessment of procurement processes has commenced.

◽ On the first day of the mission, a meeting was held at the Joint Projects Implementation Unit (JPIU) with the participation of IsDB procurement specialists. During the meeting, information was presented on procurement activities carried out under the project to date, and other items on the mission agenda were discussed and agreed upon.

📌As part of the mission, site visits to project locations in the Samarkand, Kashkadarya, and Surkhandarya regions are also planned to review ongoing construction and reconstruction works under the Integrated Rural Development Project.

🌐 Find More: https://t.me/uzb_ridp

📌 Jahon banki vakillari bilan hamkorlik muhokamasiga bagʻishlangan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi🔹 Iqtisodiyot va mol...
02/04/2026

📌 Jahon banki vakillari bilan hamkorlik muhokamasiga bagʻishlangan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi

🔹 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi bilan Jahon banki vakillari oʻrtasida muloqot oʻtkazildi.
Unda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining yangi bosqichini (QIRL-2) amalga oshirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. Respublikamizning eng chekka va olis hududlarida yashayotgan aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratishni maqsadida tomonlar oldidagi ustuvor vazifalar kelishib olindi.
_________________________________________

📌 Follow-up meeting held to discuss cooperation with World Bank representatives

🔹 A meeting was held between the Joint Projects Implementation Unit under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan and representatives of the World Bank.
During the meeting, key issues related to the implementation of the next phase of the “Rural Infrastructure Development Project” (RIDP-2) were discussed. The parties agreed on priority tasks aimed at improving living conditions for populations residing in the most remote and underserved areas of the country.

🌐 Find More: https://t.me/uzb_ridp/4253

📌 Shofirkonda yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi davom etmoqda🏗  Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moli...
01/04/2026

📌 Shofirkonda yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi davom etmoqda

🏗 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida ayni kunlarda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi bir qator mahallalarda qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

🔹 Mazkur qaror doirasida hududda taʼlim, sogʻliqni saqlash, ichimlik suvi, yoʻl va boshqa infratuzilma yoʻnalishlarida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Mirzoqul”, “Xorkash”, “Tezguzar”, “Doʻrmon” hamda boshqa mahallalarda taʼlim muassasalari yangilanmoqda. Bunda asosiy eʼtibor taʼlim sohasini rivojlantirish, maktabgacha va umumtaʼlim muassasalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan.
___________________________________________________
📌 Construction of a new preschool facility continues in Shofirkon District

🏗 Within the framework of the Sustainable Rural Development project implemented by the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan with the participation of the Islamic Development Bank and the OPEC Fund for International Development, construction, renovation, and landscaping works are currently ongoing in several mahallas of Shofirkon district in Bukhara region.

🔹 As part of this initiative, projects are being implemented in the fields of education, healthcare, drinking water supply, roads, and other infrastructure sectors. In particular, educational institutions are being upgraded in the mahallas of Mirzoqul, Khorkash, Tezguzar, Durmon and others. Special emphasis is placed on the development of the education sector and the modernization of preschool and general education institutions.

🌐 Find more: https://t.me/uzb_ridp/4248

📈 Andijon viloyatida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishla...
01/04/2026

📈 Andijon viloyatida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda

📌 Andijon viloyati Paxtaobod tumanida joylashgan “Toshqo‘rg‘on” MFYda aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi davom etmoqda.

🏗 Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jahon Banki va CEED/Rhythm Plus hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida mahallaning 3,8 kilometr ichki yoʻllarini asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
___________________________________________________

📈 Asphalt paving of internal roads continues in Andijan region under Rural Infrastructure Development Project

📌 In the Mahalla Citizens Assembly “Toshqo’rg’on” located in Pakhtaobod district, Andijon region, large-scale work is underway to create convenient and modern infrastructure for the rural population.

🏗 In particular, within the framework of the Rural Infrastructure Development Project being implemented in cooperation with the Ministry of Economy and Finance, the World Bank, and CEED/Rhythm Plus, the asphalt paving of 3.8 kilometers of internal roads in the mahalla is being carried out step by step.

🌐 Find more: https://t.me/uzb_ridp/4246

📈 Yangibozor tumanidagi mahallalarning infratuzilmasi yangilanmoqda📌 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylar...
30/03/2026

📈 Yangibozor tumanidagi mahallalarning infratuzilmasi yangilanmoqda

📌 Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarda rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari qizgʻin davom etmoqda. Xorazm viloyatining Yangibozor tumanining “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yigʻini hududi ham loyihaga kiritilgan boʻlib, bugungi kungacha mahallada aholiga maishiy xizmatlar koʻrsatishga moʻljallangan mahalla markazi qurib foydalanishga topshirilgan.

🏗 Bugunga kelib esa “Hamid Olimjon” mahallasida 7,5 km ichki yoʻllarni taʼmirlash, 4 km piyodalar yoʻlakchasini qurish ishlari yakunlanish arafasida.

🖥 Shuningdek, mahallada loyiha doirasida mavjud bolalar bogʻchasini rekonstruksiya qilish, 100 qatnovli oilaviy shifokorlik punktini qaytadan qurish qabi ishlar amalga oshiriladi.
___________________________________________________
📈 Infrastructure in mahallas of Yangibazar district is being upgraded

📌 Reconstruction and capital repair works are actively ongoing in the regions under the “Sustainable Rural Development project” implemented by the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan.

🏗 In particular, the territory of the “Hamid Olimjon” mahalla in Yangibazar district of Khorezm region has been included in the project. To date, a community center providing household services to residents has been constructed and commissioned. Currently, works are nearing completion on the rehabilitation of 7.5 km of internal roads and the construction of 4 km of pedestrian walkways in the mahalla.

🖥 In the future, the project also envisages the reconstruction of the existing kindergarten, as well as the construction of a new family doctor point with a capacity of up to 100 visits per shift.

🌐 Find more: https://t.me/uzb_ridp/4229

📈 Farg‘ona viloyatida qishloqlar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha subloyihalar taqdimoti o‘tkazildi🔄 О‘zbekiston...
24/03/2026

📈 Farg‘ona viloyatida qishloqlar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha subloyihalar taqdimoti o‘tkazildi

🔄 О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha subloyihalar taqdimotlari va mahalliy aholi bilan kelishuv jarayonlari davom ettirilmoqda.

🖥 Xususan, Farg‘ona viloyati Furqat tumani “Qo‘qonboy” mahallasida 1,3 km piyodalar yo‘lagi qurilishi va 13,5 km ichki ko‘chalarni asfaltlash loyihalari, shuningdek, “Eski” mahallasidagi 16-sonli umumta’lim maktabini mukammal ta’mirlash loyihasi taqdimotlari o‘tkazildi.
___________________________________________________
📈 В Ферганской области представлены и одобрены новые субпроекты по развитию сельской инфраструктуры

🔄 В рамках проекта, реализуемого Министерством экономики и финансов Республики Узбекистан, — «Развитие сельской инфраструктуры» — продолжаются презентации и согласование с местными жителями разработанных новых субпроектов по улучшению социальной инфраструктуры.

🖥 В частности, состоялись презентации проектов по строительству 1,3 км пешеходных дорожек и асфальтированию 13,5 км внутренних улиц в махалле «Куконбой» (проектная организация — ООО «Silk Road Projekt»), а также по капитальному ремонту общеобразовательной школы № 16 в махалле «Эски» (проектная организация — ООО «Quruvchi-Memor Servis») Фуркатского района Ферганской области.

🌐 Find more: https://t.me/uzb_ridp

🟦 G‘ijduvon tumani: Gajdumak, Jovgari, Chag‘dari va boshqa mahallalarda qurilish, bunyodkorlik ishlari avjida🔴 Buxoro vi...
16/03/2026

🟦 G‘ijduvon tumani: Gajdumak, Jovgari, Chag‘dari va boshqa mahallalarda qurilish, bunyodkorlik ishlari avjida

🔴 Buxoro viloyatining eng koʻp aholisiga ega tumanlardan biri G‘ijduvon tumanida qurilish-bunyodkorlik ishlari yil bo‘yi keng ko‘lamda olib boriladi.
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida tumanning “Gajdumak”, “Jovgari”, “Chagʻdari” va boshqa mahallalarda umumtaʼlim maktablarini mukammal taʼmirlash, qo‘shimcha o‘quv binolari va yordamchi inshootlar, sport majmualarini qurish, hududni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
___________________________________________________

🟦 New schools and infrastructure projects advance in Gijduvan District

🔴 One of the most populous districts of the Bukhara Region, Gijduvan District, has been witnessing large-scale construction and development activities throughout the year.
Within the framework of the “Sustainable Rural Development project”, renovation and construction works are being actively carried out in the district’s Gajdumak, Jovgari, Chagdari and other mahallas.

🌐 Find more: https://t.me/uzb_ridp

🟦 Xonqa tumanidagi mahallalarning infratuzilmasi yangilanmoqda➡ “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doir...
11/03/2026

🟦 Xonqa tumanidagi mahallalarning infratuzilmasi yangilanmoqda

➡ “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarda rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari qizgʻin davom etmoqda. Xorazm viloyatining Xonqa tumanining “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini hududi ham loyihaga kiritilgan boʻlib, bugungi kungacha mahallada 7,8 km ichimlik suvi tarmogʻini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, bugungi k***a “Guliston” mahallasida 16,62 km ichki yoʻllarni taʼmirlash, 10,7 km elektr tizimini rekonstruksiya qilish, 2 km piyodalar yoʻlakchasini qurish va 4,5 km irrigatsiya ariqlarini betonlash ishlari davom etmoqda.
___________________________________________________
🟦 Infrastructure of Mahallas in Khonqa District is being upgraded

➡ Reconstruction and major repair works are actively ongoing in the regions within the framework of the Sustainable Rural Development Project.
The territory of the “Guliston” mahalla citizens’ assembly in Khonqa district of Khorezm region has also been included in the project. To date, reconstruction works of 7.8 km of the drinking water supply network have been completed in the mahalla.
In addition, work is currently underway in Guliston mahalla to repair 16.62 km of internal roads, reconstruct 10.7 km of the electricity network, construct 2 km of pedestrian walkways, and concrete 4.5 km of irrigation canals.

🌐Find more: https://t.me/uzb_ridp/4131

🟦 Andijon viloyatida foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechirildi🔅 Jahon bankining Yevropa va ...
04/03/2026

🟦 Andijon viloyatida foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechirildi

🔅 Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha ekologik va ijtimoiy standartlar amaliyoti rahbari Sanjay Srivastava boshchiligidagi ishchi guruh Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

📌 Mutaxassislar Paxtaobod tumanining “Teraktagi” va “Boyto‘pi” MFYlarida loyiha doirasida amalga oshirilgan subloyihalar, xususan hududdagi 15-sonli umumta’lim maktabi hamda 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarining rekonstruksiya va kapital ta’mirlash hamda ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishishdi.
___________________________________________________

🟦 Newly commissioned social facilities in Andijan Region reviewed

🔅 A working group led by Sanjay Srivastava, Practice Manager for Environmental and Social Standards for the Europe and Central Asia Region at the World Bank, visited Andijan region to review the progress of activities implemented under the Rural Infrastructure Development project of the Ministry of Economy and Finance.

📌 During the visit, the experts familiarized themselves with subprojects implemented within the framework of the project in the “Teraktagi” and “Boytupi” mahallas of Pakhtaabad District. In particular, they reviewed the reconstruction and major renovation of Secondary School No. 15 and Preschool educational organization No. 2, as well as the asphalting of internal roads in the area.

🌐Find more: https://t.me/uzb_ridp/4119

Address

4, Улица Чиланзар, Ташкент
Tashkent
100115

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712326332

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi:

Share