Suni’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi

Suni’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Suni’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi, Government Organization, Tashkent.

O‘zbekistonda AI ekotizimini rivojlantirish
🚀 AI 2030 strategiyasi ijrosi
📊 Ustuvor loyihalar | Tadqiqot | Infratuzilma
🌍 Davlat va biznes uchun AI yechimlari

Rasmiy sahifa.

Qurbon Hayiti munosabati bilan markaz xodimlari bilan team building oʻtkazildiQurbon Hayit bayrami munosabati bilan Sunʼ...
02/06/2026

Qurbon Hayiti munosabati bilan markaz xodimlari bilan team building oʻtkazildi

Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi davlat muassasasi xodimlari togʻ yonbagʻrida joylashgan dam olish maskanida birgalikda vaqt oʻtkazdi.

🤝 Team building va jamoa birligi
Markazda ijobiy muhitni yaratish, xodimlarning motivatsiyasini oshirish va dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida team building oʻtkazildi. Tadbirda ishtirok etgan har bir xodimga esdalik sovgʻalari topshirildi.

✨ Bunday tadbirlar jamoamizda hamjihatlik va ijodiy ruhni yanada mustahkamlaydi.

Aziz yurtdoshlar! Qadrli hamkasblar!Barchangizni Qubon Hayit ayyomi bilan tabriklaymiz! Ushbu yorqin va bayramona kunlar...
27/05/2026

Aziz yurtdoshlar! Qadrli hamkasblar!

Barchangizni Qubon Hayit ayyomi bilan tabriklaymiz!

Ushbu yorqin va bayramona kunlarda barchangizga sog’liq, baxt va fayz baraka tilab qolamiz. Oilaviy xotirjamlik va osoyishtalik sizlarni aslo tark etmasin.

⚡️ Hafta davomida AI va texnologiya yangiliklari⚡️ AI-Digest №51
19/05/2026

⚡️ Hafta davomida AI va texnologiya yangiliklari
⚡️ AI-Digest №51

🎓 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Markaz ishtiroki2026-yil 13-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “I...
14/05/2026

🎓 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Markaz ishtiroki

2026-yil 13-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Anjumanda Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi xodimlari faol ishtirok etishdi.

🎤 Markaz direktori oʻrinbosarining maʼruzasi
Markaz direktori oʻrinbosari Zuhriddin Shadmanov “Mehnat bozorida sunʼiy intellekt taʼsirini baholash: imkoniyatlar va xatarlar” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruzada sunʼiy intellektning mehnat bozori tuzilmasiga taʼsiri, yangi kasblarning shakllanishi hamda xavf omillarini boshqarish yoʻllari ilmiy-amaliy nuqtai nazardan tahlil qilindi.

🌐 Keng xalqaro ishtirok
Anjumanga mahalliy va xorijiy olimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar faol ishtirok etdi. Belarus, Hindiston va Janubiy Koreyadan mutaxassislar raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellekt va zamonaviy taʼlim mavzularida maʼruzalar qilishdi.

✨ Mazkur anjuman raqamlashtirish va sunʼiy intellekt sohasidagi ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy platforma boʻldi.

🎓 Xalqaro konferensiyada Markaz hamtashkilotchi sifatida2026-yil 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti...
14/05/2026

🎓 Xalqaro konferensiyada Markaz hamtashkilotchi sifatida

2026-yil 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida “Generativ sunʼiy intellekt sharoitida taʼlim tizimlari va kiberxavfsizlikni transformatsiya qilish, tahdidlar, ishonchlilik muammolari va xavfsiz AI arxitekturalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi mazkur anjumanning asosiy hamtashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etdi.

Konferensiyada 6 ta yoʻnalish boʻyicha seksiyalar tashkil etilib, Germaniya, Latviya, Malayziya, Janubiy Koreya, Turkiya va AQShdan mutaxassislar ishtirok etdi.

Markaz direktori oʻrinbosari Zuhriddin Shadmanov “Mehnat bozorida sunʼiy intellekt taʼsirini baholash: imkoniyatlar va xatarlar” mavzusida maʼruza qildi. Sunʼiy intellektning mehnat bozori tuzilmasiga taʼsiri, yangi kasblarning shakllanishi va xavf omillarini boshqarish yoʻllari ilmiy asosda tahlil qilindi.

✨ Anjuman taʼlim va kiberxavfsizlik sohalarida generativ sunʼiy intellektdan xavfsiz foydalanish hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini boshqarish masalalarida muhim xulosalar ishlab chiqishga zamin yaratdi.

🎉 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni muborak boʻsin!🔝 Raqamli infratuzilmani quruvchi, davlat ...
07/05/2026

🎉 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni muborak boʻsin!

🔝 Raqamli infratuzilmani quruvchi, davlat axborot tizimlarini uzluksiz ishga tayyorlovchi va innovatsion texnologik yechimlar yaratuvchi barcha soha mutaxassislarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz.

💻 Kundalik mehnat, raqamli taraqqiyot
Elektron xizmatlar, axborot xavfsizligi va zamonaviy aloqa tizimlarining barqaror ishlashi soha xodimlarining kasbiy mahorati va fidokorona mehnati asosida taʼminlanadi. Mamlakatimizning raqamli salohiyati bevosita sizlarning saʼy-harakatlaringiz bilan belgilanadi.

✨ Barchangizga mustahkam salomat, yangi gʻoyalar va kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

⚡️ Hafta davomida AI va texnologiya yangiliklari⚡️ AI-Digest №50
28/04/2026

⚡️ Hafta davomida AI va texnologiya yangiliklari
⚡️ AI-Digest №50

🎓 NNT rahbarlari va mutaxassislari uchun sun’iy intellekt bo’yicha amaliy seminarVazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va...
28/04/2026

🎓 NNT rahbarlari va mutaxassislari uchun sun’iy intellekt bo’yicha amaliy seminar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan «NNT faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari» mavzusida amaliy o’quv-seminari tashkil etildi. Tadbir nodavlat notijorat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar va mutaxassislarning raqamli ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

🤖 Seminarda yoritilgan masalalar
Sun’iy intellektning imkoniyatlari va ularni xizmat faoliyatiga joriy etish mexanizmlari keng tushuntirib berildi. Markaz mutaxassislari ish jarayonini optimallashtirish va samaradorlikni oshirishda turli AI modellaridan qanday foydalanish mumkinligini hayotiy misollar yordamida ko’rsatib berdi.

🎯 Amaliy yo’nalish
Asosiy e’tibor nazariyadan ko’ra amaliyotga qaratildi: ishtirokchilar real vazifalarni hal qilishda AI vositalaridan qanday foydalanish bo’yicha bevosita tajriba orttirdi.

✨ Mazkur seminar NNT rahbar-xodimlarining sun’iy intellekt savodxonligini yuksaltirish va sohaga zamonaviy innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim qadam bo’lib xizmat qildi. Markaz bunday amaliy uchrashuvlarni davlat va jamoat sektorlari uchun davom ettirishni rejalashtirmoqda.

📌 Instagram | Telegram | Facebook | Youtube | Website

⚡️ Hafta davomida AI va texnologiya yangiliklari⚡️ AI-Digest №49
20/04/2026

⚡️ Hafta davomida AI va texnologiya yangiliklari
⚡️ AI-Digest №49

🇺🇿 Oʻzbekiston Global AI Community xaritasida👍 Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi Global A...
17/04/2026

🇺🇿 Oʻzbekiston Global AI Community xaritasida

👍 Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi Global AI Community tarkibiga qoʻshildi. Shu bilan Global AI Tashkent, Markaziy Osiyodagi birinchi rasmiy boʻlim sifatida faoliyat boshladi.

📍 Global AI Community, dunyoning 100 dan ortiq shahrida faoliyat yurituvchi sunʼiy intellekt mutaxassislari va havaskorlari hamjamiyati. Jamoa bepul uchrashuvlar, seminarlar va xakatonlar orqali AI texnologiyalari boʻyicha bilim va tajriba almashadi.

🎯 Mahalliy boʻlimni ochish — markazning muhim vazifalaridan biri, aholining sunʼiy intellekt sohasidagi savodxonligi va amaliy koʻnikmalarini oshirish yoʻnalishiga toʻliq mos keladi.

🤝 Endi Oʻzbekistondagi har bir tadqiqotchi, muhandis, talaba yoki havaskor xalqaro AI hamjamiyatiga qoʻshilishi va Toshkentda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.

📎 Boʻlim sahifasi: globalai.community/chapters/tashkent

Address

Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Suni’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Suni’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi:

Share