26/05/2026
Hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallabay ishlash tizimini kuchaytirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar hududlarda islohotlarning amaliy natijadorligini tahlil qilish, mavjud imkoniyatlar va “o‘sish nuqtalari”ni aniqlashga qaratildi.
“Tagijar” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoya hamda infratuzilma masalalari o‘rganildi. Mahalla uchun budjetdan ajratilgan mablag‘ doirasida piyodalar yo‘laklari, ko‘cha yoritish tizimi, bolalar maydonchalari va “Salomatlik yo‘lagi” tashkil etilishi — mahallalarda “inson qadri” tamoyili asosida yangi yashash muhiti shakllanayotganining amaliy ifodasidir.
Shuningdek, Kosonsoy tumanidagi “Namuna” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “Terry Jar” MCHJ korxonasi faoliyati ham tahlil qilindi.
Bugungi k***a 4 mingdan ortiq fuqaroni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlagan mazkur korxona hudud iqtisodiy faolligini oshirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashda muhim “o‘sish nuqtasi” bo'lib xizmat qilmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hududlarda mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bir qatorda sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi investitsiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish aholining real daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishda muhim omildir.
Hududlarda boshqaruv samaradorligini oshirish, mavjud ichki imkoniyatlarni safarbar etish, drayver sohalarni qo'llab-quvvatlash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.