25/05/2026
UZB/РУС
Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinovning bitiruvchi yoshlarga tabrigi
Hurmatli bitiruvchilar, aziz yoshlar!
Qadrli ota-onalar va fidoyi ustozlar!
Bugun Mirobod tumanidagi maktablarning 11-sinfini 2402 nafar, 9-sinfini 2749 nafar bitiruvchi yoshlarimiz tamomlab, hayotning yangi va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Bu kun — faqat bitiruv kuni emas. Bu kun — orzularingizga qanot beradigan, kelajakka ishonch uyg‘otadigan, katta hayot eshiklari ochiladigan unutilmas palladir.
Bugungi k***a dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. Zamon esa bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan yoshlarni oldinga olib chiqmoqda. Shu ma’noda, Mirobod yoshlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, avvalo, sizlarni ana shunday kuchli avlod sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Quvonarlisi, tumanimiz poytaxtda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha yetakchi hududlardan biriga aylanmoqda. Bugun ko‘plab yoshlarimiz xalqaro sertifikatlar, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, o‘zining katta maqsadlar bilan yashayotganini namoyon etmoqda. Bu — Mirobodning intellektual salohiyati, ertangi kuniga bo‘lgan ishonchidir.
Ayni paytda tumanimizda yoshlarni IT, sun’iy intellekt, dasturlash, raqamli texnologiyalar va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki bugungi bitiruvchi ertangi k***a nafaqat yaxshi mutaxassis, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini oldinga siljitadigan kuch bo‘lishi kerak.
Aziz yoshlar!
Orangizdan kelajakning yetuk pedagoglari, shifokorlari, muhandislari, olimlari, dasturchilari, tarjimonlari, tadbirkorlari yetishib chiqishiga ishonamiz. Balki bugun orangizda o‘tirgan kimdir ertaga yangi texnologiya yaratadi, kimdir minglab insonlarga ta’lim beradi, yana kimdir Vatanimiz sharafini xalqaro maydonlarda yuksaklarga olib chiqadi.
Buning uchun esa bir narsa zarur — to‘xtamaslik.
Kitobni hayotingizning eng yaqin hamrohiga aylantiring. Xorijiy tillarni o‘rganishdan, yangi bilim va texnologiyalarni egallashdan hech qachon to‘xtamang. Zamon bilan hamnafas yashang, doimo izlaning va o‘z ustingizda ishlang. Eng muhimi, katta maqsadlar qo‘yishdan qo‘rqmang. Chunki insonning ertangi yutug‘i — uning bugungi intilishi, mehnati va bilimga bo‘lgan chanqoqligi bilan belgilanadi.
Eng muhimi, sizlarga ishonayotgan ota-ona, ustoz va Vatan ishonchini oqlang. Inson uchun bundan ortiq sharaf yo‘q.
Sizlar — Mirobodning g‘ururi, Yangi O‘zbekistonning ishonchli kelajagisiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, omad, ulkan yutuq va baxt tilayman.
Yo‘lingiz doimo ochiq, qalbingizdagi orzular esa yuksak bo‘lsin!
-----------------------
Поздравление хокима Мирабадского района Анвара Сайфутдинова выпускникам школ
Дорогие выпускники! Уважаемые родители и наставники!
Сегодня особый рубеж: 2402 одиннадцатиклассника и 2749 девятиклассников наших школ прощаются с детством, чтобы шагнуть во взрослую, полную ответственности жизнь. Пусть же этот праздник окрылит ваши мечты и укрепит веру в собственные силы.
Вы вступаете в эпоху стремительных перемен. Мир ценит образованных, инициативных и неустанно развивающихся людей. Именно такую молодёжь мы стремимся воспитать в Мирабаде, и все создаваемые для вас возможности работают на эту цель.
Отрадно, что наш район становится лидером столицы по изучению иностранных языков. Вы уже доказываете свои амбиции, получая международные сертификаты и современные навыки. Это — интеллектуальный потенциал Мирабада и залог его завтрашнего дня.
Приоритет отдаётся обучению IT, искусственному интеллекту, программированию и другим востребованным профессиям. Сегодняшний выпускник должен стать движущей силой Нового Узбекистана.
Мы верим: среди вас — будущие педагоги, врачи, инженеры, учёные, айтишники, переводчики и предприниматели. Кто-то из вас, стоящий сейчас в этом строю, завтра создаст новую технологию, прославит Родину на мировой арене или обучит тысячи людей.
Для этого нужно лишь одно — не останавливаться. Пусть книга станет вашим вечным спутником. Постоянно учите языки, осваивайте технологии, работайте над собой. Не бойтесь ставить высокие цели: завтрашний успех рождается из сегодняшней жажды знаний.
Самое главное — оправдайте доверие семьи, школы и страны. Вы — гордость Мирабада и надёжное будущее Узбекистана.
Крепкого здоровья вам, удачи, больших побед и личного счастья. Пусть ваш путь всегда будет открыт, а мечты в ваших сердцах — высоки!