IHMA 102-sonli maktab-internat

IHMA 102-sonli maktab-internat Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from IHMA 102-sonli maktab-internat, Government Building, Алмазарский район, Улица Мухбир, м-в: «Олимпия», Tashkent.

Специализированная школа-интернат № 102 для глухих и слабослышащих детей с особыми образовательными потребностями при Национальном агентстве социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан Алмазарского района города Ташкента

  Nargiza Ubaydullayevna – bilim va fidoyilik timsoli!✅ Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojl...
17/10/2025

Nargiza Ubaydullayevna – bilim va fidoyilik timsoli!

✅ Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif esh*tuvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining fidoyi o‘qituvchisi Sharipova Nargiza Ubaydullayevna o‘quvchilarning bilim va salohiyatini oshirish yo‘lida qo‘shgan bebaho hissasi uchun taqdirlandi.

Uning yuqori malakasi, sabr-toqati va mehr-muhabbatga boy yondashuvi tufayli ta’lim jarayoni yanada samarali va qiziqarli kechmoqda.

Bunday fidoyi pedagoglarga chuqur minnatdorchilik bildirgan holda, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
| telegram | facebook | instagram

Шарипова Наргиза Убайдуллаевна – яркий пример профессионализма и преданности делу!

Учитель специализированной школы-интерната №102 для слабослышащих и глухих детей Алмазорского района города Ташкента Шарипова Наргиза Убайдуллаевна была отмечена за значительный вклад в развитие знаний и потенциала своих учеников.

Благодаря её высокому профессионализму, терпению и искренней любви к детям, учебный процесс становится более эффективным, увлекательным и доступным для каждого ребёнка.

Выражаем глубокую благодарность за самоотверженный труд и желаем дальнейших успехов и вдохновения в педагогической деятельности!

✅ Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif esh*tadigan bolalar uchun ixti...
17/10/2025

✅ Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif esh*tadigan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Art terapiya mashg‘uloti muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

Bu mashg‘ulotlar bolalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, hissiy holatini yaxshilash va ijtimoiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.Art terapiya jarayonida rang-barang materiallar, chizish, bo‘yash va boshqa san’at usullari qo‘llaniladi. Bu esa bolalarga o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashga, stressni kamaytirishga va o‘z-o‘zini anglashga yordam beradi.
Mashg‘ulotlar kunning ikkinchi yarmida olib borilib, har bir bolaning individual ehtiyojlari va qobiliyatlari inobatga olinadi. Shu orqali maktab-internatda ta’lim olayotgan kar va zaif esh*tuvchi bolalar uchun ijtimoiy moslashuv va ta’lim jarayoni samaradorligi oshiriladi.

Art terapiya, shuningdek, bolalarning o‘zaro muloqotini rivojlantirishga ham xizmat qiladi, chunki ijodiy faoliyat ularni birlashtiradi va o‘zaro tushunishni kuchaytiradi.

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 102-son...
14/10/2025

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan kar va zaif esh*tuvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 20-sentabr kunidagi Ta’lim muassasalarida yong’inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda o‘quvchi va o’qituvchilani to’g’ri harakat qilishga o’rgatish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi reja topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki ro‘y berganda sodir bo‘lganda o‘quvchi va o‘qituvchilani to‘g‘ri xarakat qilishga o‘rgatish mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
| telegram (https://t.me/internat_102) | facebook | (https://www.facebook.com/102internat/) instagram (https://www.instagram.com/ihma_102_internat/)

Olmazor tumani 102-sonli ATEBBUI maktab-internati va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida ...
14/10/2025

Olmazor tumani 102-sonli ATEBBUI maktab-internati va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum asosida bir necha yildan buyon muntazam ravishda ippoterapiya mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar har hafta tashkil etilib,o‘quvchilarning sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya va psixologik qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ippoterapiya — bu ot minish orqali davolash usuli bo‘lib,u jismoniy va ruhiy rivojlanishda katta foyda beradi. Ushbu terapiya quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi:
Harakat koordinatsiyasi va muvofiqligini yaxshilaydi;
Mushaklar tonusini me’yorga keltiradi;
Orqa miya, bel va oyoq mushaklarini mustahkamlaydi;
Bolalarda ishonch, ijobiy emotsiyalar va ruhiy barqarorlikni shakllantiradi;
Muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi va jismoniy sog‘lomligini ta’minlashdir.
| telegram (https://t.me/internat_102) | facebook | (https://www.facebook.com/102internat/) instagram (https://www.instagram.com/ihma_102_internat/)

✅  Xalqaro musobaqada yutuq! 🎉Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan  bolalar uchun...
29/09/2025

✅ Xalqaro musobaqada yutuq! 🎉

Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari Jo‘raboyev Muzaffar va Yunusov Shahzod 27–28-sentyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida o‘tkazilgan surdo-voleybol bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston karlar terma jamoasi tarkibida munosib ishtirok etdilar.

O‘quvchilarimiz ushbu nufuzli musobaqada o‘z mahoratlarini namoyon etib, faxrli sovrindorlar qatoridan joy oldilar.

Bu yutuq nafaqat sportchilarimizning, balki maktab-internatimiz jamoasining ham katta faxridir. Ularning mehnati va g‘alabalari barcha o‘quvchilarga ibrat bo‘lib xizmat qiladi.

O‘quvchilarimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusida ham yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
| telegram (https://t.me/internat_102) | facebook | (https://www.facebook.com/102internat/) instagram (https://www.instagram.com/ihma_102_internat/)

✅  Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif esh*tadigan bolalar uchun ixt...
29/09/2025

✅ Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif esh*tadigan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati 4-«A» sinf o‘quvchisi Ravshanova Xadicha shaxmat bo‘yicha yirik yutuqlarga erishdi.

U 1-ICCD Osiyo tezkor shaxmat jamoaviy chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida qatnashib, 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibasi bo‘ldi.

Shuningdek, U 2-ICCD Osiyo shaxmat chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu yutuqlar yosh shaxmatchimizning iste’dodini va kelajakda katta natijalarga erishish salohiyatini ko‘rsatadi.

▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
| telegram | facebook | instagram

✅  Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif esh*tadigan bolalar uchun ixt...
29/09/2025

✅ Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif esh*tadigan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilingan raqs to‘garagi a’zolari, 4-«A» sinf o‘quvchilari Odilbekova Gulzina va Bayishova Munira, "O‘zbegim zebolari" nomli Respublika yosh iste’dodlar tanlovida mumtoz raqs yo‘nalishi bo‘yicha faxrli II-darajali diplom bilan taqdirlandilar. Ushbu yutuq ularning iste’dodi va mehnati samarasi bo‘lib, o‘quvchilarimiz san’at sohasida ham katta yutuqlarga erishishlari mumkinligini yaqqol namoyon etdi. Mazkur g‘alaba nafaqat maktab-internatimiz jamoasi, balki barchamiz uchun faxr va ilhom manbai bo‘ldi.

▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
| telegram | facebook | instagram

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonl...
23/09/2025

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan kar va zaif esh*tuvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tasviriy san’at to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Unda o‘quvchilar turli rassomlik usullarini, ranglar uyg‘unligini, chizmachilik va amaliy san’at sirlarini o‘rganadilar. To‘garak bolalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, estetik didini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

❇️ To‘garakda bolalar nafaqat chizishni, balki san’at orqali o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifoda etishni ham o‘rganadilar.

▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
| telegram (https://t.me/internat_102) | facebook | (https://www.facebook.com/102internat/) instagram (https://www.instagram.com/ihma_102_internat/)

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonl...
23/09/2025

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan kar va zaif esh*tuvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy chiniqishini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida futbol to‘garagi faoliyat yuritmoqda. To‘garakda bolalar futbol o‘yinining qoidalari bilan tanishadilar, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar hamda muntazam mashg‘ulotlar orqali o‘z iqtidorlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
| telegram (https://t.me/internat_102) | facebook | (https://www.facebook.com/102internat/) instagram (https://www.instagram.com/ihma_102_internat/)

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonl...
03/09/2025

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 102-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan kar va zaif esh*tuvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yangi oʻquv yilining tantanali boshlanishi — “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun” shiori ostida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri keng nishonlandi.

Mazkur tadbirda oʻquvchilar va ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar hamda soha vakillari ishtirok etib, mustaqil yurtimizning porloq kelajagi boʻlmish yosh avlodga omad va zafarlar tiladilar.

📚 Birinchi qoʻngʻiroq jaranglari ostida yangi oʻquv yili boshlangan ushbu maskanda farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasi, ularning iqtidor va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi alohida ta’kidlandi.

▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
| telegram | facebook

Address

Алмазарский район, Улица Мухбир, м-в: «Олимпия»
Tashkent
700179

Opening Hours

Monday 08:30 - 20:30
Tuesday 08:30 - 20:30
Wednesday 08:30 - 20:30
Thursday 08:30 - 20:30
Friday 08:30 - 20:30
Saturday 08:30 - 20:30

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when IHMA 102-sonli maktab-internat posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share