01/06/2026
🔹Bugun 1-iyun kuni Boʻstonliq tumani axborot-kutubxona markazida 1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Baxtli bolalik" deb nomlangan kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi.
🔹Bolalar–hayotimiz davomchilari, xonadonlarmiz fayzi va kelajagimiz poydevoridir. Ular haqida gapirganda nafaqat ularning shirinligi, balki ularning dunyoni idrok etishi va hayotimizda oʻrni haqida juda koʻplab qiziqarli jihatlarni keltirish mumkin. Bolalar–bu bizning kelajagimiz. Ularning bugungi tabassumi–ertangi kunimizning tinchligi va farovonligidir.
🔹Ushbu koʻrgazmadan kitobxonlar unumli foydalanmoqdalar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Instagram | Facebook | Youtube | Telegram | Telegram guruh |