Prezident ta'lim muassasalari agentligi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

t.me/piimauz

Ixtisoslashtirilgan maktablarda ona tili va adabiyot fanidan yakuniy imtihon bo‘lib o‘tdiIxtisoslashtirilgan ta’lim muas...
03/06/2026

Ixtisoslashtirilgan maktablarda ona tili va adabiyot fanidan yakuniy imtihon bo‘lib o‘tdi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va adabiyot” fanidan yakuniy davlat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

✔️ Imtihon davomida bitiruvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etib, ona tilining nozik jihatlari hamda adabiyot fanidan olgan nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. O‘quvchilar agentlik tomonidan yuborilgan imtihon biletlariga maxsus kuzatuv nazorati ostida javob berdilar.

✔️ Jarayon amaldagi nizom va talablar asosida, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etildi.

✔️ Yakuniy davlat attestatsiyasining asosiy maqsadi — o‘quvchilarning bilimlarini xolis baholash, ularni mustaqil fikrlashga undash hamda kelgusidagi ta’lim bosqichlariga puxta tayyorlashdan iborat.

Prezident maktablarida ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.Prezident maktablarining ...
03/06/2026

Prezident maktablarida ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Prezident maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar belgilangan tartib va talablar asosida, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etildi. Ushbu sinovlar bitiruvchilarning ona tili va adabiyot fanidan egallagan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash, shuningdek, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va ijodiy yondashuv qobiliyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘quvchilarning maktab dasturini o‘zlashtirganlik darajasini — bilish, qo‘llash va mulohaza qilish kabi kognitiv faoliyatlarga oid topshiriqlar bo‘yicha belgilovchi muhim bosqichdir.

Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari fan kesimida bo‘lib, quyidagi mazmun sohalarini qamrab oladi:

- talaffuz va imlo,
- punktuatsiya,
- uslubiyat,
- lingvistik tahlil,
- matnni tushunish,
- milliy va jahon adabiyoti,
- adabiyot nazariyasi.

Al-Xorazmiy universitetiga grant yo‘llanmalariIxtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman i...
03/06/2026

Al-Xorazmiy universitetiga grant yo‘llanmalari

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-E sinf o‘quvchilari yana bir bor yuksak natijaga erishdilar.

Rajabov Behruzbek Fayzullo o‘g‘li
Al-Xorazmiy universiteti Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha 4 yillik jami 120 000 000 so‘mlik grant sohibi bo‘ldi va talabalikka tavsiya etildi!

Behruzbek IELTSdan 7.0, SATdan 1460 (Math 790) ball to‘plagan.

Husainov Bahodir Oybek o‘g‘li
Al-Xorazmiy universiteti Kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha 4 yillik jami 120 000 000 so‘mlik grant sohibi bo‘ldi va talabalikka tavsiya etildi!

Bahodir IELTSdan 7.5, SATdan 1450 (Math 790) ball to‘plagan.

Cambridge AS & A Level kimyo fanidan amaliy imtihonlar bo‘lib o‘tdiShuni kunlarda Prezident maktablarida Cambridge Inter...
03/06/2026

Cambridge AS & A Level kimyo fanidan amaliy imtihonlar bo‘lib o‘tdi

Shuni kunlarda Prezident maktablarida Cambridge International AS & A Level kimyo fanidan amaliy imtihonlar muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Imtihonlar davomida o‘quvchilarning laboratoriya ko‘nikmalari, tajriba o‘tkazish malakasi, natijalarni tahlil qilish hamda kimyoviy jarayonlarni baholash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi. Imtihonlar Cambridge Assessment International Education talablari asosida, belgilangan tartib va nazorat qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, AS va A daraja imtihonlari Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Hindiston, Singapur kabi ko‘plab mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishda muhim dastur hisoblanadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf o‘quvchi...
03/06/2026

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va adabiyot” fanidan yakuniy davlat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Imtihon jarayonlari belgilangan tartib-qoidalar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilgan holda tashkil etildi. Imtihonda o‘quvchilar yillar davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyish etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Ona tilini chuqur o‘rganish, milliy adabiyotimizning boy merosini anglash va nutq madaniyatini yuksaltirish yosh avlod kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida fanlar integratsiyasi va nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan...
03/06/2026

Guliston shahridagi Prezident maktabida fanlar integratsiyasi va nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan.

7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, tarix hamda jismoniy tarbiya fanlari uzviyligini ta’minlash maqsadida bellashuv tashkil etildi.

Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash uchun geografiya fanidan amaliy tajribalar o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqasi va amaliy ishlar o‘quvchilarning jamoaviy ishlash hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro va “STEM” fanlari olimpiadalarida yuksak natijalarni qayd etdi!...
03/06/2026

Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro va “STEM” fanlari olimpiadalarida yuksak natijalarni qayd etdi!

Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan Ochiq xalqaro biologiya olimpiadasida hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “STEM” fanlari olimpiadasining agentlik (respublika) bosqichida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar va ularning ustozlari diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi, hozirda AQSH universitetlari orasida 6-o‘rinda turuvchi Northwestern...
03/06/2026

Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi, hozirda AQSH universitetlari orasida 6-o‘rinda turuvchi Northwestern universitetining Qatar kampusida jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchimiz Diyorbek Jo‘raboyev ayni paytda Toshkent shahridagi Prezident maktabida amaliyot o‘tamoqda.

Diyorbek talabalik davriga qadar ham, universitetda tahsil olish jarayonida ham ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda:

✔️ “Spirit from Hell” qisqa metrajli filmining ssenariy muallifi va operatori;

✔️ Raqamli kontent yaratish bo‘yicha tajribali mutaxassis hamda O‘zbekiston MTRKda jonli efir boshlovchisi sifatida faoliyat yuritgan;

✔️ Universitet voleybol klubi asoschisi va jamoa sardori.

🎓 Termiz shahridagi Prezident maktabining tarix va tarbiya fanlari o‘qituvchisi Fazliddin Abduraimov hamda maktab kutubx...
30/05/2026

🎓 Termiz shahridagi Prezident maktabining tarix va tarbiya fanlari o‘qituvchisi Fazliddin Abduraimov hamda maktab kutubxonachisi Mavjuda Abdullayeva 5-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda “Jadid bobolarimizning ibratli hayot va ijod yo‘li” mavzusida taqdimotlar kechasini tashkil etdilar.

Har bir o‘quvchi mustaqil ravishda jadid bobolarining hayot yo‘li haqidagi kitoblarni o‘qidi, hujjatli va badiiy filmlarni tomosha qildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad – o‘quvchilarda mustaqil tadqiqotchilik ko‘nikmalarini jadid bobolarimizning ibratli hayot va ijod yo‘li orqali shakllantirishdir.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari chet tilin...
30/05/2026

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari chet tilini bilish darajasi boʻyicha yuqori natijalarga erishmoqda.

Maktabimizning 9-sinf oʻquvchisi Nizomov Islombek IELTS imtihonidan 7.5 ballni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Address

Maxtumquli Ko‘chasi, 114 А
Tashkent
100031

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Prezident ta'lim muassasalari agentligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Prezident ta'lim muassasalari agentligi:

Share