Xayrulla Fayzullayevich Sattarov

Xayrulla Fayzullayevich Sattarov Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Xayrulla Fayzullayevich Sattarov, Government Official, Tashkent.

23/08/2024

Yoshlar ijod saroyida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlab “Biznesni rivojlantirish banki” va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan e’lon qilingan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash uchun tashkil etilgan marosimda ishtirok etdim.

Ushbu koʻrik-tanlovi mahallalar hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan biznes loyihalarni aniqlash va moliyalashtirish, biznes loyihalar tashabbuskorlarini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazildi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlab eʼlon qilingan “33 ta loyiha” tanlovining gʻoliblari ham taqdirlandi.

https://t.me/XayrullaSattarov/5015

04/03/2023



✅ “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda Yaponiya xalqaro yoshlar palatasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

💬 Dastlab, tashkilotlar bir-birining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng hamkorlik, yoshlar, xususan, yosh tadbirkorlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

📌 Kelajakda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.

💳 Ma’lumot uchun, Yaponiya xalqaro yoshlar palatasi 1951-yilda tashkil topgan bo‘lib, yoshlarda o‘z mamlakatlarida ijobiy o‘zgarishlarni yaratishga yordam beradigan yetakchilik xususiyatlarini shakllantirish dasturlarini taqdim etadi.

🇺🇿🤝🇰🇬⚡️ Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi👥 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirz...
24/01/2023

🇺🇿🤝🇰🇬

⚡️ Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi

👥 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

🏛️ Ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

24/01/2023

👋 Diqqat, Yoshlar!!!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bunyod etilgan IMKONIYATLAR MASKANI loyihasidan xabaringiz bormi?

Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтири...
20/01/2023

Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказди.
— — — — — —
Президент Шавкат Мирзиёев провел расширенное совещание по вопросам развития системы преподавания иностранных языков и профессионального обучения в школах.

https://president.uz/uz/lists/view/5830

   💰Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod ...
20/01/2023



💰Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

👥 Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 18 yoshga to‘lmagan to‘rt va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

🎁 Mazkur imtiyoz Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilish boshlandi."Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila,...
16/01/2023

Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

"Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman", - dedi davlatimiz rahbari.

Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygani ta’kidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga umuman tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.

Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan ob’yektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora ko‘rilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qat’iy e’tiroz bildirildi.

Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi.

Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini o‘rganish topshirildi.

"Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.

13/01/2023

⚡️Yoshlar ishlari agentligi hamda
Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbarlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan harbiy tuzilmalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔥 Unda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda
vaziyatlar vazirligida faoliyat yuritib kelayotgan boshlangʻich tashkilot yetakchilari va yosh harbiy xizmatchilar ishtirok etib, ular tomonidan 2022-yil davomida yoshlar siyosati yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

🎁 Uchrashuv yakunida yoshlar yetakchilari 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan tabriklanib, maxsus sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

🔥Sinovli kunlar bizni yana-da birlashtiradi🏛 Mijozlar koʻnglidan joy olib kelayotgan «Trastbank» XAB xayrli ishga qoʻl u...
13/01/2023

🔥Sinovli kunlar bizni yana-da birlashtiradi

🏛 Mijozlar koʻnglidan joy olib kelayotgan «Trastbank» XAB xayrli ishga qoʻl uribdi.

🌨 Anomal ob-havo hukumronlik qilayotgan bugungi k***a poytaxtdagi avtobus bekatlari yonida maxsus isinish xonalari tashkil etilibdi.

Xona ichida:

🥤Issiq choy
🧋Issiq qahva
🍪Shirinliklar

Isteʼmol qilishingiz mumkin. Eng muhimi barchasi bepul!

⚡️Bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mukofotlandi⚡ Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekis...
13/01/2023

⚡️Bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mukofotlandi

⚡ Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

📝 Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati:

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

⚡15-16-yanvar kunlari osh tarqatiladigan manzillar ro’yxati.———⚡Список локаций, по которым организована раздача плова 15...
12/01/2023

⚡15-16-yanvar kunlari osh tarqatiladigan manzillar ro’yxati.
———
⚡Список локаций, по которым организована раздача плова 15 и 16-го января.

⚡ Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-yanvar kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan ...
12/01/2023

⚡ Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-yanvar kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan «Global Janub ovozi» sammiti yalpi majlisida nutq so‘zladi.

💬 Davlatimiz rahbari o‘z nutqida bir qator masalalarni ilgari surdi. Xususan, «Shimol-Janub» xalqaro yo‘lagi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirishga qaratilgan, Afg‘oniston orqali Hind okeaniga chiqadigan temir yo‘lni qurishda hamkorlarni ishtirok etishga chaqirdi.

💬 Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi global miqyosda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ilgari surayotgan Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha xalqaro muloqot guruhini shakllantirish taklifini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

💬 Prezidentimiz so‘zining yakunida Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram 26-yanvar — Respublika kuni bilan samimiy tabrikladi.

Address

Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 17:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xayrulla Fayzullayevich Sattarov posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share