13/04/2022
Dunyoning turli xil mamlakatlarida o`zining urf-odatlari, qoidalari va qonunlari mavjud. Ba`zida ular shunchalik qiziq bo`lishadiki, ularni g`alati deb ham aytaolmaymiz, ammo bu xazilmi yoki haqiqatdan ham shunaqaligini bilish qiyin.
1. AQShning har xil shtatlarida qonun-qoyidalari ham turli xil. Arkanzasda sovuq gazaklar sotadigan joyda 21:00 dan keyin signal chalish man etiladi. Konnektikutda mashinada ovqatlanish man etiladi. Pensil`vaniyada esa har bir haydovchi o`zi bilan mashina qoplash uchun brezent chexol olib yurishi kerak! Nima uchun? Otlar bilan yuklangan mashina bilan uchrashganda ularni ko`rqitmaslik uchun! Djordjiyada avtomobil` yoki avtobus oynasidan tuplash man etiladi. Ammo yuk mashinasidan mumkin ekan!
2. Finlyandiyada taksi xaydovchisi yo`lovchi olganda musiqani yoqishi man etiladi. Yoki davlat komitetiga jarima to`lashiga to`g`ri keladi.
3. Bangkokda bir yo`nalish trassalarida harakatlanish kun vaqtiga qarab o`zgarishi mumkin.
4. Frantsiyada politsiyani va politsiya mashinalarini suratga olish man etiladi. Hattoki, Eyfel minorasini suratga olganda politsiya tasodifan rasmga tushib qolsa, bu ham muammo keltirishi mumkin ekan.
5. Tailandda hamma haydovchilar avtomobil haydaganda ko`ylak kiyishlari shart.