Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi

Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi Библиотека Яккасарайского района

YAKKASAROY TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIAxborot-bibliografiya xizmati📚 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bila...
15/05/2026

YAKKASAROY TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
Axborot-bibliografiya xizmati

📚 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan

🕊 “Xotira mangu, qadr abadiy” nomli bibliografik sharh

Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira mangu, qadr abadiy” nomli bibliografik sharh tayyorlandi.

Ushbu sharhda Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning ibratli hayoti, ularning jasorati hamda xotirasi abadiy ekani haqida ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek, mavzuga oid adabiyotlar va tarixiy manbalar tavsiya etildi.

🕯 Xotira — muqaddas, qadrlash esa burchdir.
Ularni yod etish – kelajak avlod uchun ibrat maktabidir.

📖 Barchangizni ushbu bibliografik sharh bilan tanishishga taklif etamiz.https://t.me/yakkasaroy_AKM/10970

📚 15-MAY🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli shoir va jamoat arbobi✨ Abdusaid Koʻchimov ta...
15/05/2026

📚 15-MAY

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli shoir va jamoat arbobi
✨ Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kun.

Abdusaid Koʻchimov 1951-yil 15-may kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida tavallud topgan. 1972-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

Ijodiy va mehnat faoliyatini “Oʻqituvchi” nashriyotida boshlagan adib keyinchalik Bolalar gazetasi, “Sharq yulduzi” jurnali, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda davlatning qator masʼul tashkilotlarida samarali faoliyat yuritgan.

🖋 Abdusaid Koʻchimovning yigirmaga yaqin sheʼriy va nasriy kitoblari nashr etilgan boʻlib, uning ijodi oʻzbek adabiyoti va jurnalistikasi rivojiga munosib hissa boʻlib qoʻshilgan.

📺 U uzoq yillar davomida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan hamda 2017-yildan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori sifatida ishlab kelmoqda.

🏅 Adib “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

🌿 Abdusaid Koʻchimovning sermazmun ijodi, Vatanga muhabbat va insoniylikni tarannum etuvchi asarlari kitobxonlar qalbidan munosib oʻrin egallagan.

📚 15-MAY — rus adabiyotining yirik namoyandasi, yozuvchi, dramaturg va shifokor 🇷🇺 Mixail Bulgakov tavallud topgan kun.✨...
15/05/2026

📚 15-MAY — rus adabiyotining yirik namoyandasi, yozuvchi, dramaturg va shifokor 🇷🇺 Mixail Bulgakov tavallud topgan kun.

✨ Mixail Bulgakov nafaqat mohir adib, balki inson ruhiyati va jamiyatdagi murakkab jarayonlarni chuqur tasvirlay olgan ijodkor sifatida ham adabiyot tarixida muhim o‘rin egallaydi. Uning asarlarida satira, falsafa, mistika va hayot haqiqatlari o‘ziga xos uslubda uyg‘unlashgan.

🇺🇦 Adib 1891-yil 15-may kuni Kiyev shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Kiyev universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olib, bir muddat shifokor sifatida faoliyat yuritgan. Aynan tibbiyotdagi tajribalari keyinchalik uning ijodida ham o‘z aksini topgan.

🖋 Bulgakov ijodi insoniy qadriyatlar, vijdon, haqiqat va erkinlik mavzularini yoritishi bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan.

📚 Uning asarlari bugungi k***a ham dunyo kitobxonlari tomonidan sevib mutolaa qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt (https://yakkasaroytakm.uz/)|Telegram (https://t.me/yakkasaroy_AKM)|Facebook (https://www.facebook.com/Yakkasaroyakm)|Instagram (https://www.instagram.com/yakkasaroy_tumani_akm/)| YouTube (https://youtube.com/)|Twitter (https://x.com/Yakkasaroytakm)

💐 Xalqaro oila kuni muborak bo‘lsin!Har bir xonadonda tinchlik, mehr va baxt bardavom bo‘lsin!
15/05/2026

💐 Xalqaro oila kuni muborak bo‘lsin!
Har bir xonadonda tinchlik, mehr va baxt bardavom bo‘lsin!

📅 15-MAY — XALQARO OILA KUNI👨‍👩‍👧‍👦 Oila — mehr, muhabbat, tarbiya va sadoqat maskani. Insonning ilk qadamlari, ezgu faz...
15/05/2026

📅 15-MAY — XALQARO OILA KUNI

👨‍👩‍👧‍👦 Oila — mehr, muhabbat, tarbiya va sadoqat maskani. Insonning ilk qadamlari, ezgu fazilatlari va hayotga bo‘lgan qarashlari aynan oilada shakllanadi.

✨ Mustahkam oila — jamiyat tayanchi, farovon kelajak garovidir. Har bir xonadonda tinchlik, mehr-oqibat va baxt hukm sursin!

📚 Xalqaro oila kuni munosabati bilan barcha oilalarga sog‘lik, xotirjamlik, fayzu baraka va totuvlik tilaymiz.

🌸 Oila qadri baland bo‘lgan yurtda kelajak ham porloq bo‘ladi!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt (https://yakkasaroytakm.uz/)|Telegram (https://t.me/yakkasaroy_AKM)|Facebook (https://www.facebook.com/Yakkasaroyakm)|Instagram (https://www.instagram.com/yakkasaroy_tumani_akm/)| YouTube (https://youtube.com/)|Twitter (https://x.com/Yakkasaroytakm)

   📚🟢 "Siyosiy-ma’rifat soati" — navbatdagi tadbir🗓 Bugun, 15-may kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomoni...
15/05/2026




📚🟢 "Siyosiy-ma’rifat soati" — navbatdagi tadbir

🗓 Bugun, 15-may kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" doirasida Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 19-son ma’rifiy chiqishni tomosha qilishdi.

✅ Siyosiy-ma’rifat soati davomida:
• mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar,
• dolzarb ijtimoiy-siyosiy mavzular,
• fuqarolar ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlashga qaratilgan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

💬 Tadbir xodimlar uchun mazmunli muloqot va yangi bilimlarga boy platforma bo‘ldi.



Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt (https://yakkasaroytakm.uz/)|Telegram (https://t.me/yakkasaroy_AKM)|Facebook (https://www.facebook.com/Yakkasaroyakm)|Instagram (https://www.instagram.com/yakkasaroy_tumani_akm/)| YouTube (https://youtube.com/)|Twitter (https://x.com/Yakkasaroytakm)

📖 “Rahmatga zor qulog‘i bordir...”“Igna aytar emish insonga,Qadrimga yet, ko’zni och dermish.Kiyim tikdim jumla jahonga,...
14/05/2026

📖 “Rahmatga zor qulog‘i bordir...”

“Igna aytar emish insonga,
Qadrimga yet, ko’zni och dermish.
Kiyim tikdim jumla jahonga,
O’zim esa — yalang’och, dermish.

Asli unga libos nima g’am,
Bu hasratning sabog’i bordir.
Shu beminnat ignachaning ham
Rahmatga zor qulog’i bordir.”

✍️ Erkin Vohidov

Ushbu hikmatli misralar insonni yaxshilikni qadrlashga, mehnat ortidagi fidoyilikni anglashga chorlaydi. Hayotimizdagi eng kichik xizmat va ezgulik ham e’tirof hamda minnatdorlikka loyiqdir.

📚 Kitob mutolaasi qalblarni ezgulikka yetaklaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

📚 14-MAY -O‘zbekiston xalq shoiri va dramaturgi Uyg‘un tavallud topgan kunUyg‘un (asl ism-sharifi Rahmatulla Otaqo‘ziyev...
14/05/2026

📚 14-MAY -O‘zbekiston xalq shoiri va dramaturgi Uyg‘un tavallud topgan kun

Uyg‘un (asl ism-sharifi Rahmatulla Otaqo‘ziyev) 1905-yil 14-may kuni tavallud topgan. U o‘zbek adabiyoti va dramaturgiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorlardan biridir. Shoir, dramaturg, tarjimon va jamoat arbobi sifatida milliy madaniyatimiz tarixida munosib o‘rin egallagan.

📖 Uning “Bahor sevinchlari”, “G‘azab va muhabbat”, “Tinchlik kuylari” kabi she’riy to‘plamlari hamda “Alisher Navoiy”, “Parvona”, “Hurriyat”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Abu Ali ibn Sino” singari dramalari o‘zbek adabiyoti durdonalari hisoblanadi.

🎭 Uyg‘un ijodi vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va ma’naviyat g‘oyalari bilan sug‘orilgan bo‘lib, uning asarlari bugun ham kitobxonlar va tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin egallab kelmoqda.

📚 Buyuk adibning yorqin xotirasi va boy ijodiy merosi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

✨ MUTOLAA UCHUN TAVSIYAG‘afur G‘ulom — “Shum bola” 📖“Shum bola” — o‘zbek adabiyotining eng sevimli va umrboqiy asarlarid...
14/05/2026

✨ MUTOLAA UCHUN TAVSIYA

G‘afur G‘ulom — “Shum bola” 📖

“Shum bola” — o‘zbek adabiyotining eng sevimli va umrboqiy asarlaridan biri. Ushbu qissa kulgili va sho‘x voqealarga boy bo‘lsa-da, uning zamirida jamiyatning og‘riqli muammolari, insoniy taqdirlar va hayot haqiqatlari yotadi.

Asarda yozuvchi eski Toshkent mahallalaridagi hayotni nihoyatda jonli tasvirlaydi. Kitobni mutolaa qilar ekansiz, go‘yo Shum bola bilan birga tor ko‘chalar, gavjum bozorlarda kezib, turfa sarguzashtlarga duch kelasiz.

😂 Sariboyning ziqnaligi,
🔪 “Dandon sopli pichoq” hangomalari,
😄 Adol bilan bog‘liq kulgili voqealar — barchasi kitobxonga unutilmas taassurot bag‘ishlaydi.

📖 “Shum bola” — har qanday yoshdagi kitobxon sevib o‘qiydigan, bolalik sho‘xliklarini yodga soladigan asardir. Oradan yillar o‘tsa ham, bu qissa o‘z qadrini yo‘qotmaydi.

🌿 Sizni ham ushbu betakror asarni mutolaa qilishga chorlaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

📚 Sizda ham shunday bo‘ladimi?Ba’zan o‘qigan kitobingiz yuragingizda shu qadar iz qoldiradiki, uni kim bilandir bo‘lishg...
13/05/2026

📚 Sizda ham shunday bo‘ladimi?

Ba’zan o‘qigan kitobingiz yuragingizda shu qadar iz qoldiradiki, uni kim bilandir bo‘lishgingiz keladi. Go‘yo o‘sha asar ichingizda yashab qoladi va siz uni yana bir bor so‘zlar orqali qayta his qilasiz.
Kimdir qo‘lida siz sevgan kitobni ko‘rsangiz, ichingizda bir iliq hayajon uyg‘onadi. Darrov gap boshlagiz keladi:
— qahramonlari haqida,
— sizni o‘ylantirgan voqealari haqida,
— yuragingizga tegib qolgan o‘sha bir jumla haqida…
Ba’zi kitoblar shunchaki o‘qilmaydi — ular yashaladi, his qilinadi, uzoq vaqt xotirada qoladi. Shuning uchun ham yaxshi tinglovchi topsangiz, o‘sha kitob haqida to‘xtamay gapirgiz keladi.

📖 Sizchi, agar yoningizda yaxshi tinglovchi bo‘lsa, qaysi kitob haqida soatlab gapirib bera olardingiz?

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt (https://yakkasaroytakm.uz/)|Telegram (https://t.me/yakkasaroy_AKM)|Facebook (https://www.facebook.com/Yakkasaroyakm)|Instagram (https://www.instagram.com/yakkasaroy_tumani_akm/)| YouTube (https://youtube.com/)|Twitter (https://x.com/Yakkasaroytakm)

Address

Шота Руставели, 17
Tashkent
100070

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998931084402

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi:

Share

Category