21/11/2025
📚 Respublikа kasbiy ko‘nikmalar markazida payvandlash yo‘nalishi o‘qituvchisi Sergey Sosin tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar metall konstruktsiyalarni biriktirish, turli xil payvandlash usullari bilan ishlash, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kabi amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.
Har bir dars jarayoni — nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilib, tinglovchilarni haqiqiy ishlab chiqarish sharoitiga tayyorlashga qaratilgan.
💡 Siz ham zamonaviy texnologiyalar asosida payvandlash sirlarini o‘rganishni istaysizmi?
Unda Respublika kasbiy ko‘nikmalar markaziga tashrif buyuring va kasb egasiga aylaning!