O'zstandart agentligi huzuridagi Departament

O'zstandart agentligi huzuridagi Departament Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

11/07/2024

Техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасида назорат инспекцияси томонидан текширилган 1.117 та маҳсулотдан 966 таси (86,8% 5,8 млрд.сўмлик қийматда) амалдаги техник регламент ва стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланди

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat Inspeksiyasining Samarqand viloyati bo’limi tomonidan "S.T....
01/07/2024

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat Inspeksiyasining Samarqand viloyati bo’limi tomonidan "S.T.B" MCHJ (nomi o'zgartirilgan) temir-beton plita mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada nazorat tadbiri o'tkazildi.
Natijada temir-beton plita mahsulotlari ГОСТ 9561-2016, ГОСТ 13015-2012 meʼyoriy hujjatining belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi.
Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasining Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi 7-qismi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi, Qonunining 42-moddasi talablariga amal qilinmagan.
Aniqlangan holat yuzasidan 43 600 000 ming so’mlik jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo’llanilishi togrisida dalolatnoma rasmiylashtirildi va materiallar sudga kiritildi
O'zTTSAning Nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati https://t.me/departamentrasmiy

Yoshlar – kelajagimiz poydevori!30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentl...
29/06/2024

Yoshlar – kelajagimiz poydevori!

30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari yosh mutaxassislar bilan "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti tashkil qilindi.

Mazkur tantanali tadbirda agentlik direktori Akmal Jumanazarov yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularni har tomonlama rag‘batlantirish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish borasida qator islohotlar amalga oshirib kelinayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning sohadagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining shijoati, bilim va salohiyatini namoyon etib, yuqori natijalar bilan texnik jihatdan tartibga solish sohasiga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan inspeksiyamiz fidoiy yoshlari Qayumova Dildora, Hotamov Islom, Vasitov Sarvar, Axmetova Lachinalar taqdirlandi. Aziz yoshlar bayram muborak bo‘lsin.

Мувофиқлик сертификатисиз темир-бетон ёнлар сотган корхонага 80 млн сўм жарима қўлланилдиБатафсил: https://uza.uz/posts/...
30/05/2024

Мувофиқлик сертификатисиз темир-бетон ёнлар сотган корхонага 80 млн сўм жарима қўлланилди

Батафсил: https://uza.uz/posts/603144

https://yuz.uz/news/qoraqalpogistonda-metan-zapravkaga-jarima-qollanildi
07/05/2024

https://yuz.uz/news/qoraqalpogistonda-metan-zapravkaga-jarima-qollanildi

Қорақалпоғистон Республикасида жойлашган автомобилларга газ тарқатиш компрессор шохобчасига (АГТКШ) мувофиқлик сертификатисиз маҳсулот учун жарима қўлланилди.

31/10/2023

Diqqat e'lon !
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamentida vakant lavozimi mavjud.
Vakansiya: Jizzax viloyati yetakchi mutaxassisi.
Ish tartibi: 9:00 dan 18:00 gacha tushlik 13:00 dan 14:00 gacha.
Talab etiladi:
- oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- kamida 1 yil ish staji;
- sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlarini;
- respublikada amal qilayotgan soha faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonunosti normativ huquqiy hujjatlarini;
- mehnat qonunchiligi asoslarini;
- kompyuter dasturlarini va berilgan topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan darajadagi tashkiliy texnikadan foydalanish qoidalarini bilish.
Murojaat uchun: tel.: (71) 202-00-11(ichki 1813).
Murojat qilish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).

10/10/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020 yildagi «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA» PF-6013-son Farmoni, 06.07.2021 yildagi «KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA» PQ-5177-son Qaroriga muvofiq 2021 yil 1 oktabrdan boshlab, barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo’lga qo’yilishi belgilangan.

Xususan, O’zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamentida korrupsiya omillariga barham berish maqsadida bir qancha huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib bizning faoliyatda korrupsiyaviy holatlar yoki byurokratik to’siqlarga uchrash holatlari aniqlangan holatda bizning quyidagi aloqa manzillarimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Rahbar:

K. E. Bekmirzayev

Tel: (71) 202 00 11 (1802)

Qabulxona:

N. Azimova

Tel: (71) 202 00 11 (1814)

Komplayens nazorat bo’limi:

D. Shukuraliyev

Tel: (71) 202 00 11 (1806)

https://depstan.uz/2021/06/24/gazlangan-salqin-ichimliklar-fojdalimi/
24/06/2021

https://depstan.uz/2021/06/24/gazlangan-salqin-ichimliklar-fojdalimi/

ТЕХНИК ЖИҲАТДАН ТАРТИБГА СОЛИШ, СТАНДАРТЛАШТИРИШ, СЕРТИФИКАТЛАШТИРИШ ВА МЕТРОЛОГИЯ СОҲАСИДАГИ ҚОНУНЧИЛИК ТАЛАБЛАРИГА РИОЯ ҚИЛИНИШИНИ ТАЪМИНЛАШ ДЕПАРТАМЕНТИ

24/06/2021

Address

Zafarobod 7
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998939908727

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zstandart agentligi huzuridagi Departament posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O'zstandart agentligi huzuridagi Departament:

Share