Ўзбекистон Экологик партияси

Ўзбекистон Экологик партияси O'zbekiston Ekologik partiyasi

02/06/2026



Davlat budjeti ijrosi fraksiyalar muhokamasida

Toza atrof-muhit — sog‘lom hayot garovi!O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘shko‘pir tuman partiya tashkiloti, "Yosh ekolo...
02/06/2026

Toza atrof-muhit — sog‘lom hayot garovi!

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘shko‘pir tuman partiya tashkiloti, "Yosh ekologlar" qanoti faollari tashabbusi bilan tumandagi Az-Zamaxshariy istirohat bog'ida “Tabiat uchun birlashaylik!” shiori ostida tozalik aksiyasi tashkil etildi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va jamoat joylarida tozalikni ta’minlashga qaratildi.

Aksiya davomida faollar tomonidan istirohat bog‘i hududida to‘planib qolgan maishiy chiqindilar yig‘ishtirilib, yashil hududlar tartibga keltirildi.

Bunday ezgu tashabbuslar yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yosh avlod qalbida tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

02/06/2026



Yomg‘ir baraka va hayot manbai. Osmondan tushayotgan har bir tomchi tabiatga hayot bag‘ishlaydi. Biroq zamonaviy industrial dunyoda bu tasavvur har doim ham haqiqatga mos kelavermaydi. Chunki bugungi k***a yog‘inlar tarkibida inson faoliyati natijasida hosil bo‘lgan zararli moddalar ham uchramoqda. Ana shunday xavfli ekologik hodisalardan biri kislotali yomg‘irlardir.

"Bolalar bizning shodligimiz": inklyuzivlik, mehr va umid bayramiO‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi hamda ...
02/06/2026

"Bolalar bizning shodligimiz": inklyuzivlik, mehr va umid bayrami

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi hamda qator tashkilotlar hamkorligida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida "Yoshlik bahori" iqtidorli yoshlar forumi doirasida tashkil etilgan "Bolalar bizning shodligimiz" inklyuziv festivali mehr va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasiga aylandi.

Batafsil👉https://ecouz.uz/news/836

Ольга ЛИТВИНОВА,ТЕРРИТОРИЯ БОЛЬШИХ ВОЗМОЖНОСТЕЙВыступление Президента Шавката Мирзиёева в Астане продемонстрировало посл...
02/06/2026

Ольга ЛИТВИНОВА,

ТЕРРИТОРИЯ БОЛЬШИХ ВОЗМОЖНОСТЕЙ

Выступление Президента Шавката Мирзиёева в Астане продемонстрировало последовательную приверженность Узбекистана принципам открытого и прагматичного сотрудничества.

Газета «Народное слово» №109
от 30.05.2026

👌 Davlat budjeti ijrosi fraksiya muhokamasidaOliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiy...
02/06/2026

👌 Davlat budjeti ijrosi fraksiya muhokamasida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2025-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot muhokama qilindi.

Batafsil👉 https://ecouz.uz/news/835

02/06/2026

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Mehr, quvonch va kelajak timsoli bo‘lgan aziz bolajonlar! Kulgingiz hech qachon so‘nmasin, qalbingiz hamisha ezgu orzular va katta maqsadlarga to‘la bo'lsin!

🔴 (http://youtube.com/c/ecouz)   Davlat xizmatchilarining xorijda tahsil olishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqd...
01/06/2026

🔴 (http://youtube.com/c/ecouz)


Davlat xizmatchilarining xorijda tahsil olishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqda

Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun qo‘shimcha kafolatlarni belgilashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun qo‘shimcha huquqiy kafolatlar yaratilmoqda.

Jumladan, ta’lim yo‘nalishi xizmatchining xizmat vazifalari yoki tegishli davlat organi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hollarda:

🔹 xorijda tahsil olish davrida xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlab qolinadi;
🔹 o‘qish davri mehnat stajiga qo‘shiladi;
🔹 tahsil yakunlangach, o‘qigan muddatiga teng davr davomida tegishli davlat organida ishlab berish majburiyati belgilanadi.

Mazkur tashabbus davlat fuqarolik xizmatida malakali va zamonaviy bilimlarga ega kadrlar salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

“Suvni tejash — kelajakka e’tibor” shiori ostida ekologik forum bo‘lib o‘tdiBuxoro davlat texnika universitetida O'zbeki...
01/06/2026

“Suvni tejash — kelajakka e’tibor” shiori ostida ekologik forum bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat texnika universitetida O'zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan “Suvni tejash — kelajakka e’tibor” shiori ostida forum o'tkazildi.

Forumda partiya vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, universitet professor-o‘qituvchilari hamda qator mas'ul tashkilotlar xodimlari tomonidan "Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammolari", "Suv — tiriklik manbai", "Buxoro viloyatida suv ta'minoti borasidagi loyihalar", "Suv tanqisligi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlari", "Buxoro viloyatida ichimlik suvi ta'minoti" kabi dolzarb mavzularda ma'ruzalar qilindi.

Suvdan foydalanishda ilmiy yondashuvlar, suvning hisobini yuritish, suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilish, sohani raqamlashtirish yuzasidan olimlar va soha vakillarining qizg'in muloqotlari davomida yangicha yondashuv va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bolalar xavfsizligi va sport infratuzilmasi deputatlar e’tiboridaOliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O. Litvino...
01/06/2026

Bolalar xavfsizligi va sport infratuzilmasi deputatlar e’tiborida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O. Litvinova va G. Agzamova Yashnobod tumanidagi “Beshariq” mahallasida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish davomida Aviasozlar ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hovlisida bolalar va sport maydonchalari mavjud emasligi masalasi ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, mazkur hududda avval faoliyat yuritgan bolalar va sport maydonchalari, jumladan WORKOUT zonasi hamda voleybol, futbol maydonlari demontaj qilingan. Biroq ularning o‘rniga yangi sport inshootlari barpo etilmagan.

Hozirda sport maydonchasi hududida avtomobillar turargohi tashkil etilgan bo‘lib, bu holat bolalar xavfsizligi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida aholi o‘rtasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Mahalla aholisi bolalar va o‘smirlar uchun xavfsiz dam olish, sport bilan shug‘ullanish hamda muloqot qilish imkoniyatlari cheklanib qolganini ta’kidladi. Deputatlar zamonaviy bolalar va sport maydonchalarini yaratish yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omillaridan biri ekanini qayd etdilar.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur masala deputatlar nazoratiga olindi. Yaqin kunlarda Yashnobod tumani hokimligi mas’ullari bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish va “Beshariq” mahallasi bolalari uchun munosib sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Address

Tashkent

Telephone

+998955115000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ўзбекистон Экологик партияси posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Ўзбекистон Экологик партияси:

Share