Uchtepa tumani hokimligi / Хокимият Учтепинского района

Uchtepa tumani hokimligi / Хокимият Учтепинского района Uchtepa tumani hokimligi

🌈 Bolalar kulgusi — hayotimiz ziynatiYurtimizning eng bebaho boyligi, ertangi kunimiz egalari bo‘lgan bolajonlar uchun y...
30/05/2026

🌈 Bolalar kulgusi — hayotimiz ziynati

Yurtimizning eng bebaho boyligi, ertangi kunimiz egalari bo‘lgan bolajonlar uchun yaratilayotgan har bir quvonchli lahza ularga bo‘lgan mehr va e'tiborning yorqin ifodasidir.

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchtepa tumani hokimligi, tuman Qizil yarim oy jamiyati, tuman Madaniyat bo‘limi hamda saxovatpesha homiylar hamkorligida bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolalar kulgusi, yuzlardagi samimiy tabassum va beg‘ubor quvonch bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

🎈 Barcha bolajonlarni yaqinlashayotgan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

MATBUOT XIZMATI

🎖 EʼTIROF — umrboqiy xizmatlarga berilgan yuksak baho…Yangi Oʻzbekistonda inson qadri ulugʻlanayotgan, ajdodlar xotirasi...
29/05/2026

🎖 EʼTIROF — umrboqiy xizmatlarga berilgan yuksak baho…

Yangi Oʻzbekistonda inson qadri ulugʻlanayotgan, ajdodlar xotirasiga chuqur ehtirom koʻrsatilayotgan bugungi k***a, madaniyat va sanʼatimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan fidoyi ijodkorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-may kunidagi farmoniga koʻra munosib taqdirlanmoqda.

Ana shunday eʼtirofga sazovor boʻlganlardan biri — Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti, aktyor Hojiakbar Nurmatovdir.

U kishining sanʼatga baxshida etilgan sermazmun hayoti, sahnadagi betakror obrazlari va xalq qalbidan joy olgan ijodi bugun ham yuksak qadrlanmoqda.

Marhum sanʼatkor “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Ushbu yuksak mukofot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilov hamda Uchtepa tumani hokimi Bunyod Baxtiyorovich Mamadjanov tomonidan Uchtepa tumani "Bekobod" mahallasi, Sadoqat koʻchasi 22-uyda istiqomat qiladigan marhumning qiziga tantanali ravishda topshirildi.

Bu — nafaqat bir ijodkor mehnatiga berilgan baho, balki sanʼatga, fidoyilikka va xalq xizmatidagi umrga bildirilgan yuksak hurmatdir.

Hojiakbar Nurmatovning yorqin xotirasi qalblarda mangu yashaydi.

MATBUOT XIZMATI

HOKIM TABRIGI🌙 Hurmatli Uchtepaliklar va aziz tumanimiz mehmonlari!Avvalo, Sizlarni va oila a’zolaringizni muborak Qurbo...
27/05/2026

HOKIM TABRIGI

🌙 Hurmatli Uchtepaliklar va aziz tumanimiz mehmonlari!

Avvalo, Sizlarni va oila a’zolaringizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Asrlar davomida xalqimizning ezgu qadriyatlari, milliy va diniy an’analarini o‘zida mujassam etib kelayotgan ushbu muborak bayram yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizga fayz-u baraka, qalblarimizga mehr-oqibat va ezgulik olib kirsin.

Qurbon hayiti — insoniylik, saxovat, muruvvat va bag‘rikenglik timsolidir. Bu qutlug‘ kunlarda insonlar bir-biriga yanada yaqinlashib, mehr va e’tibor ulashadi, nuroniy otaxon-u onaxonlar, ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz insonlar holidan xabar olinadi. Ana shunday savobli va xayrli amallar jamiyatimizda hamjihatlik, birdamlik va inson qadrini ulug‘lashdek ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlaydi.

Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, xalqimizning farovon turmushi, yurtimizdagi o‘zaro hurmat va ahillik har birimiz uchun eng katta ne’matdir.

Ushbu muborak ayyomda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, xayriya va saxovat tadbirlari xalqimizning olijanob qalbi va yuksak ma’naviyatidan dalolat beradi.

Muqaddas Qurbon hayiti kunlarida qilayotgan ibodatlaringiz, xayr-u ehsonlaringiz va ezgu niyatlaringiz Yaratganning dargohida qabul bo‘lsin.

Har bir xonadonda quvonch, mehr, totuvlik va farovonlik hukm sursin. Farzandlarimiz baxtiga, yurtimiz ravnaqiga xizmat qilayotgan barcha insonlarga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va omad tilayman.

Yana bir bor Siz azizlarni muborak Qurbon hayiti bilan tabriklayman. Doimo yurtimiz tinch, xalqimiz omon, xonadonlarimiz obod bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Uchtepa tumani hokimi
Bunyod Mamadjanov

MATBUOT XIZMATI

UCHTEPA TUMANIDA MUBORAK QURBON HAYITI OLDIDAN SAF YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI 📌 Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari ...
26/05/2026

UCHTEPA TUMANIDA MUBORAK QURBON HAYITI OLDIDAN SAF YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

📌 Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Dilmurod Mirsodiqov, Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov, tuman prokurori Saidkarim Muxtarov hamda tuman IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik Akmal Baxramov boshchiligida muborak Qurbon hayiti oldidan saf yig‘ilishi o‘tkazildi.

⚡️ Unda Milliy gvardiya vakillari, masjid imom-xatiblari, mahalla raislari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

✨ Yig‘ilish davomida tuman hududidagi masjidlarda Hayit namozlarini yuqori saviyada tashkil etish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

💫 Shuningdek, bayram kunlarini tinch va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida barcha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

MATBUOT XIZMATI

🏗 Uchtepa tumanida bunyodkorlik va mavsumga tayyorgarlik ishlari nazoratda⚡️ Bugun Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjan...
26/05/2026

🏗 Uchtepa tumanida bunyodkorlik va mavsumga tayyorgarlik ishlari nazoratda

⚡️ Bugun Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan yangi bino qurilishi jarayonlari bilan tanishdi.

✨ Tashrif davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔗 Shundan so‘ng tuman hokimi “Shirin” MFY hududidagi 5-sonli qozonxonada bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, mavjud texnik holat va olib borilayotgan ta’mirlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

💫 Hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda.

MATBUOT XIZMATI

🌙  Inson qadri ustuvor: Qurbon hayiti arafasida manzilli ko‘maklar davom etmoqda.📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini...
26/05/2026

🌙 Inson qadri ustuvor: Qurbon hayiti arafasida manzilli ko‘maklar davom etmoqda.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-196-son qarorlari bo'yicha Qurbon hayiti munosabati bilan Uchtepa tumanida og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj fuqarolarga vaucherlar topshirilmoqda.

💚 Mazkur tashabbus ko‘plab oilalar uchun katta quvonch, og‘ir xastalik bilan kurashayotgan insonlar uchun esa yangi umid bo‘lmoqda. Har bir vaucher ortida bir insonning sog‘ayish orzusi, bir oilaning baxti va kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam.

🤝 Jarayonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, haqiqatan ham tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar qamrab olinmoqda.

📌 Qurbon hayiti arafasida amalga oshirilayotgan ushbu ezgu ish jamiyatimizda mehr-saxovat, insonparvarlik va inson qadrini ulug‘lash tamoyillari ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

MATBUOT XIZMATI

🏆 Uchtepa tumani hokimi yosh g‘oliblar bilan uchrashdi📌 Bugun Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov 295-sonli umumta’l...
26/05/2026

🏆 Uchtepa tumani hokimi yosh g‘oliblar bilan uchrashdi

📌 Bugun Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov 295-sonli umumta’lim maktabining “Yosh gvardiyachilar” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoasi bilan uchrashdi.

🖇 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar musobaqa jarayonlari, undagi hayajonli lahzalar va erishilgan yutuqlar haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

⚡️ Tuman hokimi yoshlarning g‘ayrati, vatanparvarligi hamda erishgan muvaffaqiyatlarini alohida e’tirof etib, kelgusidagi faoliyatlarida ularga omad va zafarlar tiladi.

Yoshlar yutug‘i — yurt kelajagining mustahkam poydevori!

MATBUOT XIZMATI

🕌 Qurbon hayiti oldidan masjidlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi📌 Ma’lumki, 27-may kuni yurtimiz bo‘ylab mubora...
26/05/2026

🕌 Qurbon hayiti oldidan masjidlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi

📌 Ma’lumki, 27-may kuni yurtimiz bo‘ylab muborak Qurbon hayiti ayyomi keng nishonlanadi. Ushbu bayramda mo‘min-musulmonlar hayit namozini ado etish uchun masjidlarga tashrif buyurishadi.

🔗 Aholi salomatligini saqlash, sanitariya-osoyishtalikni ta’minlash hamda turli yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tumani bo‘limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumandagi barcha masjidlarda profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borildi.

📎 Mazkur tadbirlar fuqarolar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

📍 Uchtepa tumani 409-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maktabgacha tayyorlov guruhlarida “Xayr bog‘cha — sa...
26/05/2026

📍 Uchtepa tumani 409-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maktabgacha tayyorlov guruhlarida “Xayr bog‘cha — salom maktab!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

✨ Tadbir davomida jajji tarbiyalanuvchilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda raqs chiqishlari namoyish etildi. Bolajonlarning quvonchga to‘la chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

📚 Maktab sari ilk qadam qo‘yayotgan bitiruvchi tarbiyalanuvchilarga kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan zafarlar, a’lo baholar va yorqin muvaffaqiyatlar tilaymiz!

MATBUOT XIZMATI

26/05/2026

🌙 Inson qadri ustuvor: Qurbon hayiti arafasida manzilli ko‘maklar davom etmoqda

📌 Davlatimiz tomonidan hech bir yurtdoshlarimiz e’tibordan chetda qolmayapti. Har bir xonadonda mehr, saxovat va insoniylik qadri ulug‘lanmoqda.

♦️Muborak Qurbon hayiti arafasida xalqimizga xos bag‘rikenglik, muruvvat va mehr-oqibat fazilatlari yana bir bor yorqin namoyon bo‘lmoqda.

📃 Prezidentimizning tegishli qarori asosida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari bugun Uchtepa tumanidagi 60 ta mahallada istiqomat qilayotgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar hamda ijtimoiy reestrda turgan davlat taʼminotidagi oilalarga yetkazilmoqda.

✨ Ezgu va savobli amallar davom etmoqda. Zero, inson qadri, uning sha’ni va manfaatini ulug‘lash-eng oliy qadriyatdir.

♻️ Muborak Qurbon hayiti barchamizga tinchlik, fayz-u baraka va mehr-oqibat olib kelsin!

MATBUOT XIZMATI

Address

Фархадская Улица 21
Tashkent
100126

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712740154

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uchtepa tumani hokimligi / Хокимият Учтепинского района posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Uchtepa tumani hokimligi / Хокимият Учтепинского района:

Share