O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

10/04/2026



Nogironlik to‘siq emas – andijonlik yigitning muvaffaqiyat kaliti

📍Marhamat tumani “Qovunchi” MFYda yashovchi Shavkatbek Yusupov 4 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlab, ular uchun oyiga 7 million so‘mlik daromad manbaini yaratdi.

💰 Hokim yordamchisi ko‘magida olingan 33 million so‘m imtiyozli kredit orqali o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor qisqa fursatda yuqori natijaga erishdi.

09/04/2026



9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir.

📚"Temur tuzuklari"dan.

08/04/2026

Buyuk ajdodlar merosiga ehtirom

🔹Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Daholarga beshik bo‘lgan yurt!” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda O‘zFА “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi ilmiy bo‘lim mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Elmira Hazratqulova, shoir A.Oripovning qizi, jamoat faoli Shoira Oripova hamda vazir o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva ishtirok etib, buyuk ajdodlarimizning boy merosi, adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

🔹Tadbir davomida Sohibqiron Amir Temur siymosiga yuksak hurmat bajo keltirilib, uning jasorati, davlat boshqaruvidagi dono siyosati va “Kuch — adolatda” degan ulug‘ tamoyili bugungi k***a ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi ta’kidlandi. Ajdodlarimizning buyuk merosi milliy g‘urur va iftixorimiz ekanligi e’tirof etildi.

Mazkur ma’naviy kecha ishtirokchilarda milliy qadriyatlarga hurmat va adabiyotga muhabbat tuyg'ularini mustahkamladi.

👨‍💻 KUN VAKANSIYASIChet tili o‘qituvchilari uchun 2500 dan ziyod ish o‘rni👩‍🏫 Chet tilini o‘qitish – bu faqat bilim beri...
03/04/2026

👨‍💻 KUN VAKANSIYASI

Chet tili o‘qituvchilari uchun 2500 dan ziyod ish o‘rni

👩‍🏫 Chet tilini o‘qitish – bu faqat bilim berish emas, balki o‘quvchining dunyo bilan muloqot qilish imkoniyatini shakllantirishdir.

Bugungi k***a Osonish.uz (https://osonish.uz/vacancies?query=Chet+tili+fanidan+maktab+o%CA%BBqituvchisi) platformasida chet tili fanidan maktab o‘qituvchilari uchun 2 500 dan ziyod vakansiya mavjud. Bu esa sohada malakali pedagoglarga bo‘lgan talab yuqori ekanligiini ko‘rsatadi.

💸 Maosh: 3–8 mln so‘m.

🔵 E’lonlar kanali https://t.me/osonish_uz

31/03/2026

Ish haqi qachon to‘lanishi kerak?

Xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari qonunchilikda aniq belgilangan.

📌 Asosiy qoidalar:

☑️ish haqi jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanadi.

☑️har yarim oyda kamida 1 marta to‘lanishi shart.

☑️odatda oyiga 2 marta (bo‘nak va qolgan qismi) beriladi.

☑️to‘lovlar orasidagi tanaffus 16 k***an oshmasligi kerak.

❓Agar to‘lov kuni dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa-сhi?

❓ Kechiktirilgan ish haqi uchun ish beruvchiga qanday javobgarlik belgilangan?

24/03/2026



Mahallalarda yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda

🟢 Bugungi k***a hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Bu tashabbuslar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholining turmush darajasi yaxshilanmoqda.

📍Zangiota tumani “Farobiy” MFY hokim yordamchisi, "Shuhrat" medali sohibasi Asiya Kudaybergenova faoliyati misolida bunga o'zingiz guvoh bo'ling.

📽 Batafsil: "Mahalla tayanchi" (https://www.youtube.com/watch?v=VYRbqdbI2cI)yangi loyihasida.

Mehnat kodeksining 193-moddasiga ko‘ra, moslashuvchan ish vaqti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 🔹Moslashuvchan (o‘zgaruv...
18/03/2026

Mehnat kodeksining 193-moddasiga ko‘ra, moslashuvchan ish vaqti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🔹Moslashuvchan (o‘zgaruvchan) vaqt — ish kunining boshlanishi va tugashidagi vaqt bo‘lib, shu muddat oralig‘ida xodim o‘z xohishiga ko‘ra ishni boshlash va tugatishga haqlidir.

🔹Qat’iy belgilangan vaqt — moslashuvchan ish rejimida ishlovchilar ish joyida bo‘lishi shart bo‘lgan soatlar.

🔹Tanaffus va ovqatlanish vaqti — odatda ish vaqtining taxminan ikki qismiga ajratiladi va uning davomiyligi haqiqiy ish vaqtiga kiritilmaydi.

🔹Kalendar vaqti — ish kuni, hafta, oy, chorak kabi hisobga olish davri bo‘lib, shu davr ichida xodimga belgilangan ish soatlari normasini to‘liq bajarish majburiy.

📢 Matbuot anjumaniga marhamat!📆 12-mart | ⏰ 11:00“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining 2025-yi...
11/03/2026

📢 Matbuot anjumaniga marhamat!

📆 12-mart | ⏰ 11:00

“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining 2025-yil yakunlari hamda 2026-yil rejalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Anjumanda:

✔️ 2025-yil natijalari
✔️ Aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalari
✔️ Ochiq muloqot va savol-javoblar

📍 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy

🏛 OAV uchun kontent tayyorlash markazi.

📞 Murojaat uchun tel: +998998506747 | +998900361311

🔹https://t.me/bandlik_press

 Ijtimoiy tarmoqlarda “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi ishchilariga oylik maosh bermayotgani, bu borada Kambag‘...
06/03/2026



Ijtimoiy tarmoqlarda “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi ishchilariga oylik maosh bermayotgani, bu borada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi nega jim qarab turganligi to‘g‘risidagi fikrlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

2026-yil mart holatiga ko‘ra, “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi hamda uning tasarrufidagi korxonalar faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar asosida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tegishli tekshiruv va o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahri, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan 11 ta obyekt hududida faoliyat yuritayotgan “Enter Engineering Pte. Ltd.” hamda unga aloqador jami 34 ta korxonalardagi ish haqi qarzdorligini undirish choralari ko‘rildi.

O‘tkazilgan tekshiruv va o‘rganishlar natijasida “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi tomonidan 12 754 nafar xodimga ish haqi undirib berildi.

Hozirgi k***a tekshirishlar davom ettirilmoqda va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.

04/03/2026

O‘quv markazingiz bormi? O‘quvchilar sonini oshirishni xohlaysizmi?

Endi bu juda oson!

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan vaucher tizimi ishga tushdi!

👥 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar maxsus vaucher asosida
📚 Sizning o‘quv markazingizda bepul tahsil olishadi
💰 To‘lovni esa DAVLAT to‘liq qoplab beradi:

✔️ 50% — o‘quvchi o‘qishni boshlaganda
✔️ 50% — kursni muvaffaqiyatli yakunlaganda

Bu siz uchun:
✔️ Yangi o‘quvchilar oqimi
✔️ Barqaror to‘lov tizimi
✔️ Davlat bilan hamkorlik
✔️ Daromadni oshirish imkoniyati

🔥 Fursatni boy bermang!
O‘quv markazingizni ro‘yxatdan o‘tkazing va imkoniyatdan foydalaning!

🌐 id.egov.uz yoki ecosys.mehnat.uz
📞 71-200-06-00

03/03/2026

SHOSHILMANG!

Mart oyi rejalarini tuzishdan oldin buni albatta o‘qing!

📆 Bu yil mart oyida atigi 19 kun ishlab, dam olish kunlaridan unumli foydalanish mumkin.

🔷8-mart (yakshanba) — Xotin-qizlar kuni;

🔷9-mart (dushanba) — dam olish kuni;

🔷21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami;

🔷23-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunliklar uchun ish kuni.

🔷Ramazon hayiti ham shu kunlarga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

👉 Mehnat kodeksining 208-moddasiga (https://lex.uz/docs/-6257288 #-6262819)asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilinsa, birinchi bo‘lib bizning rasmiy sahifalarimizdan bilib olasiz, obuna bo‘lishni unutmang!

👉Batafsil videoda.

💼 Ish qidirayotganlar uchun "Oson ish" platformasida turli yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.Ayni paytda eng ko‘...
27/02/2026

💼 Ish qidirayotganlar uchun "Oson ish" platformasida turli yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.

Ayni paytda eng ko‘p vakansiyalar quyidagi sohalarda:

🏭 Sanoat va ishlab chiqarish — 16 339 ta
🛠 Xizmatlar sohasi — 8 824 ta
🎓 Ta’lim, madaniyat va sport — 5 274 ta
🏥 Sog‘liqni saqlash — 3 632 ta
🏗 Qurilish — 2 064 ta
💰 Moliya, iqtisod va boshqaruv — 1 724 ta
🌾 Qishloq xo‘jaligi — 1 118 ta
🚛 Transport — 1 042 ta
🛍 Savdo va marketing — 346 ta
💻 Axborot texnologiyalari — 230 ta

Zamonaviy platforma orqali ish izlash — endi yanada qulay va oson.

O‘zingizga mos ishni hoziroq toping va ish beruvchilarga taklif yuboring.

👉 Batafsil: https://osonish.uz
🔵 E’lonlar kanali

Address

Nukus Street 8
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi:

Share