02/06/2026
📚 Joriy yilning 2-iyun kuni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Tashabbuslar marafoni” doirasida “Kitob Hashar” tashkil etildi. “Kitob karvoni” tadbiri doirasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, aholining mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va jahon adabiyotining sara namunalarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari Matluba Mirxodjayeva ishtirok etdi, shuningdek, tadbir davomida “1000 kitob” loyihasi doirasida o‘zbek tiliga tarjima qilingan jahon adabiyoti va ilmiy-ma’rifiy asarlar ham keng namoyish etildi. Loyiha doirasida tarjima qilingan kitoblar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
“Kitob karvoni” esa mazkur nashrlarni hududlarga yetkazish, kitobxonlar bilan bevosita muloqot qilish va mutolaa muhitini yanada mustahkamlash uchun samarali maydon vazifasini o‘tamoqda.