Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani hokimligi

Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani hokimligi Страница создана для тесного взаимодействия хокимият?

Мирзо Улугбекский район (туман) - административно-территориальная единица города Ташкента. Расположен в северо-восточной части столицы.
Район образован 29 ноября 1929 года под названием Пролетарский, в 1935 году получил имя Куйбышевский. 8 мая 1992 года переименован в Мирзо-Улугбекский район.
Район тянется на восток и северо-восток от сквера Амира Темура. С юго-запада граничит с Яшнабадским район

ом, с северо-запада — с Юнусабадским районом, с северо-востока, востока и юго-востока — с Кибрайским районом Ташкентской области. Эксклавом, далеко отстоящим от основной территории района, является посёлок Улугбек, окружённый Кибрайским районом.
Хоким района является высшим должностным лицом района и одновременно возглавляет представительную и исполнительную власть на соответствующей территории.
Хокимом Мирзо Улугбекского района является Гаибназаров Боходир Рихсиалиевич.

21/05/2026

🇺🇿 “Jasorat maktabi” ochildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 148-sonli umumta’lim maktabi qoshida “Jasorat maktabi” tashkil etildi.
👍 Bugun bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Boxodir Gaibnazarov, Mudofaa vazirligi mas’ullari, “Turon” mahallasi faollari, maktab ma’muriyati hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🏫 Mazkur loyiha yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda intizom va jasorat fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✨ Tadbir davomida mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yoshlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar.

***
🇺🇿 Открылась «Школа мужества»

При школе №148 Мирзо-Улугбекского района была организована «Жасорат мактаби».
👍 Сегодня в торжественной церемонии открытия приняли участие хоким Мирзо-Улугбекского района Боходир Гаибназаров, представители Министерства обороны, активисты махалли «Турон», администрация школы, а также представители широкой общественности.

🏫 Данный проект направлен на воспитание молодежи в духе патриотизма, повышение интереса к военной сфере, а также укрепление дисциплины и качеств мужества.

✨ В ходе мероприятия гости ознакомились с созданными в школе условиями и высоко оценили возможности, организованные для молодежи.

21/05/2026

Yoshlar kuni

👍 Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov o‘ziga biriktirilgan bir qator yoshlarimizning xonadoniga tashrif buyurdilar. Yoshlarning yashash sharoitlari, bugungi k***a nimalar bilan mashg‘ul ekanliklari bilan qiziqdilar. Yoshlar bilan samimiy suhbatlar qurildi.

⏰ Yoshlarga birinchi navbatda zarur bo‘ladigan maishiy ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi texnikalar — gaz plitasi, muzlatgich va kir yuvish mashinasi topshirildi.

ℹ️ Ma’lumot o‘rnida, ushbu yoshlar probatsiya ro‘yxatida turuvchi, ijtimoiy qiyin holatdagi hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Shu sababli ularning kelajakdagi maqsad va rejalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari uchun tuman mas’ullariga biriktirilgan.

***
День молодежи

👍 Хоким Мирзо-Улугбекского района Баходир Гаибназаров посетил дома ряда молодых людей, закреплённых за ним. Он поинтересовался условиями их проживания, а также тем, чем они занимаются в настоящее время. С молодёжью были проведены искренние беседы.

⏰ Для удовлетворения первоочередных бытовых потребностей молодым людям были вручены необходимые бытовые техники — газовая плита, холодильник и стиральная машина.

ℹ️ Для справки: данные молодые люди состоят на пробационном учёте, находятся в социально сложной жизненной ситуации, а также являются воспитанниками детских домов. В связи с этим они закреплены за ответственными сотрудниками района для содействия в правильном определении их будущих целей и жизненных планов.

21/05/2026

🏙 Mirzo Ulug‘bek tumani “Alisherobod” mahallasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi

✨ Mahalla hududi zamonaviy qiyofaga ega bo‘lib, aholi uchun yanada qulay va shinam sharoitlar yaratilmoqda.

🏡 Hududda:
🔹 Bolalar maydonchalari
🔹 Zamonaviy sport maydonlari
🔹 Ko‘p qavatli uylarning fasad qismi ta’mirlash,
🔹 Ichki yo‘llar ta’mirlanib, asfalt yotqizildi
🔹 Piyodalar yo‘laklari ta’mirlandi
🔹 Yashil hududlar barpo etildi
🔹 Tungi yoritish tizimlari o‘rnatildi
🔹 Irrigatsiya tarmoqlari ta’mirlandi
🔹 Aholi dam olish ayvonchalari qurilmoqda

👨‍👩‍👧‍👦 Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla aholisi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, hududning yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

🌿 Obod mahalla — farovon hayot garovi!

***
🏙 В махалле «Алишеробод» Мирзо-Улугбекского района проведены масштабные преобразования

✨ Территория махалли приобретает современный облик, создаются ещё более комфортные и уютные условия для жителей.

🏡 На территории:
🔹 Детские площадки
🔹 Современные спортивные площадки
🔹 Проводится ремонт фасадов многоквартирных домов
🔹 Отремонтированы внутренние дороги и уложен асфальт
🔹 Отремонтированы пешеходные дорожки
🔹 Созданы зелёные зоны
🔹 Установлены системы ночного освещения
🔹 Отремонтированы ирригационные сети
🔹 Строятся беседки для отдыха жителей

👨‍👩‍👧‍👦 Проводимые созидательные работы положительно влияют на настроение жителей махалли и служат дальнейшему благоустройству и процветанию территории.

🌿 Благоустроенная махалля — гарантия благополучной жизни!

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdiDeputatlar kun tartibidagi:✅ T...
21/05/2026

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Deputatlar kun tartibidagi:
✅ Toshkent shahrida mavjud zahiralarni ishga solish, yangi tizim asosida sanoat va iqtisodiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
✅ Mirzo Ulug‘bek tumanida Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilishva murojaatlarning ijrosini namunali yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida.
✅ Mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi binosini mukammal ta’mirlash ishlarini jadallashtirish hamda mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 11-maydagi 20/1-1266-son topshirig‘i hamda Toshkent shahar hokimining 2026-yil 13-maydagi 01-161-son xatlari ijrosi yuzasidan tuman “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
✅ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.
✅ Mirzo Ulug‘bek tumani “Tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
✅ Mirzo Ulug‘bek tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
✅ Mirzo Ulug‘bek tumani “Suvsoz” korxonasi va “Oqava suv tarmog‘i” bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
✅ Mirzo Ulug‘bek tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragida atrof-muhitni asrash va “Olimlar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida.

Sessiya Facebook (https://www.facebook.com/Hokimiyat.MirzoUlugbek/videos/848585301102456)ijtimoiy tarmogʻi orqali jonli ravishda uzatildi.

21/05/2026

🏗 “Yuzrobot” mahallasining infratuzilmasi o‘zgarmoqda

✅ “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat hudud infratuzilmasini yangilamoqda, balki aholining qulay va farovon hayot kechirishi, mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham munosib sharoit yaratmoqda.

▶️ Bugungi k***a Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yuzrobot” mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hududda ichki yo‘llar ta’mirlanib, piyodalar yo‘laklari tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, bolalar maydonchalari va yashil hududlar barpo etilib, aholi uchun yanada qulay muhit yaratilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar mahalla ahlining turmush sifatini yaxshilash, hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

***
🏗 Инфраструктура махалли «Юзробот» меняется

✅ В рамках программы «Обод махалла» проводимые работы не только преображают инфраструктуру территории, но и создают достойные условия для комфортной жизни жителей, а также их культурного отдыха.

▶️ Сегодня в махалле «Юзробот» Мирзо-Улугбекского района активно продолжаются строительные и благоустроительные работы. На территории ремонтируются внутренние дороги, приводятся в порядок пешеходные дорожки. Также создаются детские площадки и зелёные зоны, формируется более удобная и современная среда для жителей.

Проводимые практические работы служат повышению качества жизни населения и формированию современного облика махалли.

Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv👍 Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov Xalqaro dron standartlari sanoat asso...
21/05/2026

Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv

👍 Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov Xalqaro dron standartlari sanoat assotsiatsiyasi (IDSIA) prezidenti hamda “Ko-Biz Alliance Co., Ltd.” kompaniyasi bosh ijrochi direktori (CEO) Chong-min Pak, IDSIA Infratuzilma AX bo‘limi rahbari Yon-in Cho va Koreya axborot texnologiyalari akademiyasi bosh ijrochi direktori (CEO) Li Sang Il bilan uchrashdi.

▶️ Uchrashuv davomida tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, dron sanoatini kengaytirish hamda ushbu texnologiyalardan samarali va oqilona foydalanish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida ta’lim sohasiga dron sanoati yo‘nalishlarini keng joriy etish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish va bu borada xorijiy hamkorlar tomonidan ilgari surilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.

⏰ Mehmonlar Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi binosida yaratilgan zamonaviy ish muhiti, “Aqlli tuman” platformasi hamda hokimlik apparati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

***
Международная встреча с партнёрами

👍 Хоким Мирзо-Улугбекского района Баходир Гаибназаров встретился с президентом Международной ассоциации индустрии стандартов дронов (IDSIA), генеральным директором компании «Ko-Biz Alliance Co., Ltd.» Чонг Мин Паком, руководителем отдела инфраструктуры AX IDSIA Ён Ин Чо, а также генеральным директором Корейской академии информационных технологий Ли Сан Илем.

▶️ В ходе встречи стороны обсудили вопросы развития социально-экономического сотрудничества, расширения индустрии дронов и эффективного использования современных технологий. Также были рассмотрены предложения зарубежных партнёров по широкому внедрению направлений дрон-индустрии в сферу образования Мирзо-Улугбекского района и обучению молодёжи современным технологиям.

⏰ Гости ознакомились с современной организацией работы в здании хокимията Мирзо-Улугбекского района, платформой «Умный район», а также деятельностью аппарата хокимията.

20/05/2026

Xalq deputatlari Mirzo Ulugʻbek tuman Kengashining sessiyasi

16/05/2026

Mirzo Ulug‘bek tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni tanlovining tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Shakirova boshchiligida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti xodimlari, tuman deputatlar kengashi a’zolari, xotin-qizlar faollari hamda tadbirkor ayollar ishtirok etdilar.

Tadbirda jamiyatda o‘zining namunali hayot tarzi, mustahkam oilaviy qadriyatlari, farzand tarbiyasiga bo‘lgan yuksak e’tibori hamda mahalla hayotidagi faolligi bilan ajralib turgan oilalar munosib ravishda e’tirof etildi.

Tadbir davomida so‘z olgan mutasaddilar va jamoatchilik vakillari oilaning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida alohida fikr bildirdilar. Xususan, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda oilaning o‘rni nihoyatda muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, tinch-totuv va ahil oila jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyotining mustahkam poydevori ekani qayd etildi.

Marosim yakunida tanlov g‘oliblariga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Ularning mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat tamoyillarini mustahkamlashdagi xizmatlari yuqori baholandi.

Mazkur tadbir oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ahillik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

  🗓 15.05.2026-yil   📌 Har bir murojaat e’tiborda✔️ Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov tuman hokimligi bino...
16/05/2026

🗓 15.05.2026-yil

📌 Har bir murojaat e’tiborda

✔️ Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov tuman hokimligi binosida fuqarolar murojaatlarini tingladi.

👉 Sayyor qabul Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligida yangi tashkil etilgan “Xalq qabulxonasi”da tashkil etilib, unda 10 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Qabul davomida mahalla taqdiriga daxldor masalalar, uy-joy, tibbiy hamda ijtimoiy yordam yo‘nalishidagi murojaatlar bildirildi.

✔️ Tuman hokimi fuqarolarning murojaatlarini shaxsan tinglab, huquqiy maslahatlar berdi hamda murojaatlarning ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, qator murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilishi ta’kidlandi.

***
📌 Каждое обращение — в центре внимания

✔️ Хоким Мирзо-Улугбекского района Боходир Гаибназаров провёл приём граждан в здании районного хокимията.

👉 Выездной приём был организован в недавно созданной «Народной приёмной» при хокимияте Мирзо-Улугбекского района, в нём приняли участие более 10 граждан. В ходе приёма были озвучены обращения, касающиеся вопросов махалли, жилья, медицинской и социальной помощи.

✔️ Хоким района лично выслушал обращения граждан, дал правовые разъяснения, а также поручил ответственным руководителям обеспечить исполнение поступивших обращений. Кроме того, было отмечено, что ряд вопросов будет изучен с выездом на место.

Toshkentda to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklariga qarshi choralar kuchaytiriladiQulay, xavfsiz va tartibli shaha...
16/05/2026

Toshkentda to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklariga qarshi choralar kuchaytiriladi

Qulay, xavfsiz va tartibli shaharni yaratish — Toshkent shahar hokimligi hamda Yo‘l harakatini tashkil etish markazining asosiy vazifalaridan biridir. Bu boradagi ishlar allaqachon bir necha yo‘nalishda olib borilmoqda: piyodalar uchun mo‘ljallangan joylarni bo‘shatish, bekatlarni tartibga solish, harakat xavfsizligini oshirish, jamoat transportini rivojlantirish va shahar muhiti sifatini yaxshilash.

Bu ishlarning keyingi bosqichi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarining buzilishiga nisbatan qat’iyroq chora ko‘rish amaliyotini joriy etishdan iborat bo‘ladi.

Poytaxtning turli tumanlarida avtomobillarning piyodalar yo‘laklarida, o‘tish joylari yaqinida, bekatlarda, yashil hududlarda, shuningdek, to‘xtash yoki to‘xtab turishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgan joylarda qoldirilishi holatlari muntazam qayd etilmoqda. Bunday qoidabuzarliklar odamlarning xavfsiz va erkin harakatlanishiga, jamoat transporti, maxsus texnika va boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining qatnoviga to‘sqinlik qiladi.

Ayniqsa, bunday vaziyatlar keksalar, bolalar aravachasidagi ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Shu munosabat bilan, shaharda bunday qoidabuzarliklarga nisbatan yanada qat’iy choralar ko‘rish amaliyotiga o‘tilmoqda. To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan holda qoldirilgan avtomobillar belgilangan tartibda evakuatsiya qilinib, maxsus jarima maydonchalariga joylashtiriladi.

Ushbu chora-tadbirlarning maqsadi — ko‘chalarda tartibni o‘rnatish, harakat xavfsizligini ta’minlash va shahar muhitining asosiy tamoyilini tiklash: jamoat joylari barcha aholi uchun ochiq, xavfsiz va qulay bo‘lishi kerak.

Haydovchilarni ogohlantiramiz: to‘xtash va to‘xtab turish uchun joy tanlayotganda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qiling hamda avtomobillarni taqiqlangan, piyodalar, jamoat transporti, maxsus texnika harakatiga xalaqit beradigan yoki xavfsizlikka tahdid soladigan joylarda qoldirmang.

Toshkent — aholi uchun qulay shahar. Ko‘chalardagi tartib esa umumiy makonga bo‘lgan hurmatdan boshlanadi.

Address

проспект Мустакиллик, 122
Tashkent
100052

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani hokimligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani hokimligi:

Share