Министерство дошкольного образования / Maktabgacha ta'lim vazirligi

  • Home
  • Uzbekistan
  • Tashkent
  • Министерство дошкольного образования / Maktabgacha ta'lim vazirligi

Министерство дошкольного образования / Maktabgacha ta'lim vazirligi Maktabgacha ta’lim agentligining Facebookdagi rasmiy sahifasi

Xorazmda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” ko’rik-tanloviga start berildi☄️Xorazm viloyatida “Yilning eng yaxshi ...
25/06/2024

Xorazmda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” ko’rik-tanloviga start berildi

☄️Xorazm viloyatida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” respublika tanlovining 1-bosqichiga start berildi.

📌Unda viloyatdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilar qatnashmoqda.

🗣️Maʼlumot uchun, mazkur tanlov “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha o’tkazilmoqda.

25/06/2024

☄️Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Shaxmat festivali" respublika musobaqasining Navoiy viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

📌Musobaqada viloyatning 11 ta shahar va tumanidan kelgan 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.

🔣Tafsilotlar "Navoiy MTRK" telekanali lavhasida.

Buxoroda jajji shaxmatchilar o‘zaro bellashdi☄️Yurtimizda shaxmat sport turini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va un...
24/06/2024

Buxoroda jajji shaxmatchilar o‘zaro bellashdi

☄️Yurtimizda shaxmat sport turini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommalashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual rivojlanishi uchun sharoit yaratish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

📌Xususan, Buxoro shahridagi 1-son Bolalar va o'smirlar maktabida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✔️O‘tkazilgan musobaqada tuman va shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi. Musobaqada bolajonlar 5 tur doirasida dona surib, o‘zaro bellashishdi.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni o‘g‘il bolalar o‘rtasida Buxoro shahridagi 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Dilshodbek Jalilov, qiz bolalar o‘rtasida esa Buxoro tumanidagi 8-sonli bog'cha tarbiyalanuvchisi Munisa Bozorova egalladi.

➡️Gʻolib va sovrindor bolajonlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ular musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.

Qoraqalpogʻistonda "Shaxmat festivali" tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildiQoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgac...
24/06/2024

Qoraqalpogʻistonda "Shaxmat festivali" tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan bog'cha tarbiyalanuvchilari orasida "Shaxmat festivali" tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda barcha tuman va shahar maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan 30 nafar ishtirokchi bolajonlar qatnashdi.

Mazkur festivalning yakuniy natijalariga koʻra, faxrli 1-oʻrinni oʻgʻil bolalar oʻrtasida Xoʻjeli tumani 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi M.Qidirbayev, qiz bolalar orasida esa Taqiyatash tumani 9-sonli bogʻcha tarbiyalanuvchisi Z.Larina egalladi.

Sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Maʼlumot oʻrnida, tanlov gʻoliblari joriy yilning 25-26-iyun kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

19/06/2024



📣Toshkent pedagogika kolleji umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizidagi) va o'rta-maxsus, kasb-hunar hamda professional ta'limga ega bo'lgan yoshlarimizni quyidagi mutaxassisliklarga o'qishga taklif etadi:

✔️Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✔️Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachi;
✔️Maktabgacha ta'lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi;
✔️Musiqa rahbari;
✔️Jismoniy tarbiya;
✔️Maktabgacha ta'lim tashkiloti maishiy masalalar menejeri;
✔️Tikuvchi;
✔️Kutubxonashunoslik;

☄️O'qish kunduzgi, sirtqi, dual va kechki taʼlim shakllarida olib boriladi hamda to'lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta'limda grant mavjud.

‼️Viloyatdan kelganlar yotoqxona bilan ta'minlanadi.

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqumiy ko'chasi, 184-186-uy.

Murojaat uchun telefonlar:
+99871 278-55-64
+99897 490-35-00

Ko‘p tilli muqobil guruhlar faoliyati bilan tanishildi☄️Bugun Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashk...
19/06/2024

Ko‘p tilli muqobil guruhlar faoliyati bilan tanishildi

☄️Bugun Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Kastijio, Shveytsariya elchixonasi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Raxel Byosh, Maktabgacha ta'lim agentligi direktori o‘rinbosari Oyatillo Raxmatillayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Tashpulatov va boshqa mas'ullar tashrif buyurishdi.

📌Tashrif davomida mehmonlar ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta'lim guruhlarini tashkil etish bo‘yicha "Surxondaryo tajribasi" bilan yaqindan tanishishdi.

🗣️Ma'lumot uchun, mazkur xalqaro hamkorlik natijasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ko‘p tilli muqobil guruhlarga muhtoj oilalarning 400 nafardan ortiq 3-6 yoshli farzandlari, jumladan, viloyatda yashovchi afg‘on bolalari qamrab olingan.

Qashqadaryoda sog‘lom ovqatlantirishni ta’minlash masalalariga bag'ishlangan seminar-trening o‘tkazildi☄️Unda maktabgach...
19/06/2024

Qashqadaryoda sog‘lom ovqatlantirishni ta’minlash masalalariga bag'ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

☄️Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari, sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha metodistlar, hamshiralar, oshpazlar, xo‘jalik mudirlari hamda bogʻchalarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi ta'minotchi korxona vakillari ishtirok etdi.

📌Seminar-treningda tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qilish, saqlash uchun zarur sharoit yaratish, mahsulotlarni taomnomaga muvofiq to‘liq yetkazilishi va sarflanishini ta’minlash choralarini ko‘rish kabi masalalar muhokama qilindi.

✔️Shuningdek seminarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan brakeraj komissiyasi faoliyatiga doir masalalar ham atroflicha oʻrganib chiqildi.

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” kasbiy koʻrik-tanlovi o‘tkaziladi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida fao...
19/06/2024

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” kasbiy koʻrik-tanlovi o‘tkaziladi

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilarni aniqlash hamda ragʻbatlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilgʻor tajribasini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” respublika ko'rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Kasbiy koʻrik-tanlov davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kamida ikki yil davomida metodist va tarbiyachi lavozimida faoliyat yuritayotgan, amaliy ish tajribasiga ega metodist va tarbiyachilar oʻrtasida, 2024-yilning iyun-iyul oylari davomida uch bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

1-bosqich – Tuman (shahar) miqyosida 2024-yilning 24-28-iyun kunlari;

2-bosqich – hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) miqyosida 2024-yilning 8-12-iyul kunlari;

3-bosqich – Respublika final bosqichi 2024-yilning 22-26-iyul kunlari.

Tanlov quyidagi 6 ta nominatsiya boʻyicha boʻlib oʻtadi:

“Eng yaxshi metodist”;
“Yilning eng fidokor tarbiyachisi”;
“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi”;
“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”;
“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi еng yaxshi tarbiyachi”.

Bunda, “Eng yaxshi metodist” va “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyalarida oliy ma’lumotli metodist va tarbiyachilar, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” va
“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan tarbiyachilar ishtirok etishlari mumkin.

Shu oʻrinda muhim eslatma! Oldingi yillarda tashkil etilgan tanlovning respublika final bosqichida 1-, 2- va 3- o‘rinni egallagan g‘oliblar mazkur tanlovda qayta ishtirok etish huquqiga ega emas.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan metodist va tarbiyachilar tanlovning tuman (shahar) bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhiga o‘zlari faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi tomonidan nomzodi tavsiya etilgan qarorni taqdim etish orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Tanlovning tuman (shahar) saralash bosqichida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar tanlovning hududiy saralash bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani, hududiy saralash bosqichida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar.

Tanlovning respublika bosqichida to‘rtta (“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” va
“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi”) nominatsiyalari boʻyicha birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan gʻoliblar Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirishda tavsiyanomaga ega boʻladilar.

Tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan metodist va tarbiyachilarning ish tajribasi respublika va hududlar miqyosida ommalashtiriladi hamda ular “O‘z hududining naʼmunali pedagogi” sifatida e’tirof etiladi.

19/06/2024



☄️Mahalla telekanalining "Minbar" ko'rsatuvida Maktabgacha ta'lim agentligi mutasaddilari ishtirokida maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohani rivojlantirish borasida istiqboldagi rejalar xususida davra suhbati o'tkazildi.

Sizni va O'zbekistonning barcha musulmonlarini ulug’ Qurbon Hayiti ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🌙Ush...
16/06/2024

Sizni va O'zbekistonning barcha musulmonlarini ulug’ Qurbon Hayiti ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

🌙Ushbu muqaddas bayram qadimiy insoniylik an'analarini o'zida mujassam etgan bo'lib, bu yaratuvchanlikning asosi bo'lmish rahm-shafqatning namunasidir.

💥Sizga chin dildan baxt va totuvlik, ma'naviy va jismoniy yuksalish, oilangizda sihat-salomatlik va farovonlik hukm surishi, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi

✨✨✨

От всего сердца поздравляем Вас и всех мусульман Узбекистана с Великим праздником Курбан хайит!

✨Этот светлый праздник знаменует собой старинную гуманистическую традицию, которая является примером милосердия и созидания.

😀Искренне желаем счастья, гармонии и духовных сил, крепкого здоровья и благосостояния в семьях, благополучия и успехов.

Агентство дошкольного образования Республики Узбекистан

Bog'chalarda yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi☄️Bugun Termiz shahridagi 20-so...
14/06/2024

Bog'chalarda yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi

☄️Bugun Termiz shahridagi 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

📌Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Toshpo'latov, tuman hamda shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlari mas'ullari, soha xodimlari ishtirok etdi.

✔️Mazkur seminarni o'tkazishdan asosiy maqsad – maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini jismonan chiniqtirish va ular uchun yozgi sog‘lomlashtirish davrini mazmunli tashkil etish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.

⚡️Seminar davomida bolajonlar uchun yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Address

Amir Temur Shoh Ko’chasi 17
Tashkent
100070

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Министерство дошкольного образования / Maktabgacha ta'lim vazirligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share