O'zbekiston Respublikasi O'simliklar Karantini va Himoyasi Agentligi

O'zbekiston Respublikasi O'simliklar Karantini va Himoyasi Agentligi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from O'zbekiston Respublikasi O'simliklar Karantini va Himoyasi Agentligi, Government Organization, 100100, Bobur 1-berk ko‘chasi, 17-uy\, Улица Бабура, 1 проезд дом №17 Call-markaz 1288, Tashkent.

O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi "Facebook"dagi rasmiy sahifasi

Instagram - https://www.instagram.com/uzdavkarantin/?igshid=1cdfcmut771vo

Youtube - https://www.youtube.com/channel/UClfTTLpd7lJcINoxMKd1Psw

🟠 “Strategik maqsadimiz – 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini investitsiyaviy darajaga olib chiqish”– Saida Mirziyoyeva...
03/06/2026

🟠 “Strategik maqsadimiz – 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini investitsiyaviy darajaga olib chiqish”
– Saida Mirziyoyeva

📊 Global beqarorlik va moliya bozorlaridagi noaniqliklarga qaramay, Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqaro maydonda yuksak e’tirof etilmoqda.

“Ushbu o‘zgarishlarni xalqaro hamkorlarimiz e’tirof etayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega. “Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshiladi.

Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir. Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida alohida ta’kidlamoqchimanki, biz hamkorlarimiz bilan faol aloqalarni davom ettiramiz”, - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

✅ Mazkur qaror O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi va mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi tobora ortib borayotganining yana bir xalqaro e’tirofi bo‘ldi.

03/06/2026

Fitosanitar nazoratni amalga oshirishda jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

03/06/2026

Tabaitani asrashning samarali usuli

🇺🇿 🇷🇺 Rossiya tomoni bilan fitosanitar xavfsiz mahsulot yetkazish yuzasidan muloqot o‘tkazildi👨‍🏫 O‘simliklar karantini ...
03/06/2026

🇺🇿 🇷🇺 Rossiya tomoni bilan fitosanitar xavfsiz mahsulot yetkazish yuzasidan muloqot o‘tkazildi

👨‍🏫 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Rossiyaning Federal veterinariya va fitosanitariya nazorati xizmati (Rosselxoznadzor) mutaxassislari ishtirokida onlayn-uchrashuv tashkil etildi.

✅ Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida karantin nazorati o‘tkazilishining yangicha mexanizmini ishlab chiqish borasida fikr almashdilar. Asosiy e’tibor xalqaro savdo qoidalariga muvofiq fitosanitar xavfsiz mahsulotlarni yetishtirish va eksportini amalga oshirishga qaratiladi.

💬 Shuningdek, ekin maydonlari va bog‘lar fitomonitoringi kuchaytirilib, mahsulot yetishtiruvchilarga eksportga oid yangilanayotgan talablar yetkaziladi.

🟦 Uchrashuvda ekin maydonlari va bog‘larning fitosanitar holatini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan muntazam o‘rganishlar, fitomonitoring natijalari avtomatlashtirilgan tizimda umumlashtirilishi, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning laboratoriya tahlillari natijalari haqida ma’lumot berib o‘tildi.

🔍 Muloqotda eksport bo‘lgan mahsulotlarda karantin ahamiyatiga ega obyektlar aniqlangan taqdirda qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilishi va tegishli choralar ko‘rilishiga kelishib olindi.

📊 Hamkor davlat bilan fitosanitar xavfsiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti va importiga oid bu kabi ishchi uchrashuvlar doimiy davom etadi.

Eksport tahlilida yangi imkoniyatlar: Markaziy eksport shtabi xodimlari TEN Data platformasi tajribasini o‘rgandilar🖥 Ma...
03/06/2026

Eksport tahlilida yangi imkoniyatlar: Markaziy eksport shtabi xodimlari TEN Data platformasi tajribasini o‘rgandilar

🖥 Markaziy eksport shtabining mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida xalqaro savdo tahlili sohasida faoliyat yurituvchi International TEN Data kompaniyasi faoliyatni o‘rganishdi.

🤩 Mazkur loyiha Xitoy Xalq Respublikasida inson kapitalini rivojlantirish va malakasini oshirish dasturi doirasida tashkil etilib, O‘zbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirish, bu yo‘nalishdagi mutaxassislarni o‘qitish va tajribasini oshirishga qaratilgan.

🤩 Uchrashuv davomida kompaniyaning Bozor tahlili va tadqiqotlari bo‘limi tomonidan amalga oshiriladigan jarayonlar bilan tanishildi. Shuningdek, mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun tashkil etilgan Markaziy eksport shtabi faoliyatida zamonaviy raqamli tahlil vositalarini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Xususan, TEN Data platformasining tashqi savdo statistikasi, import-eksport operatsiyalari tahlili, xalqaro bozorlardagi tendensiyalarni kuzatish, shuningdek, potensial xaridorlar va yetkazib beruvchilarni aniqlash bo‘yicha asosiy vazifalari ko‘rib chiqildi.

🔗 Muloqot jarayonida platformaning amaliy funksiyalari mavjud xalqaro analitik yechimlar bilan qiyosiy tahlil qilinib, uning Markaziy eksport shtabi faoliyatida qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

✅ Bugungi k***a eksportni rivojlantirishda tezkor va aniq ma’lumotlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, yangi hamkorlar topish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi raqamli platformalardan foydalanish bo‘yicha choralar davom etmoqda.

Farg‘onada yetishtirilgan gilos hamda ilk bor o‘rik va shaftoli Malayziya bozoriga yetkazib berildi🍒 Farg‘ona viloyati d...
03/06/2026

Farg‘onada yetishtirilgan gilos hamda ilk bor o‘rik va shaftoli Malayziya bozoriga yetkazib berildi

🍒 Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Malayziyadagi xizmat safari doirasida muhim amaliy natija qayd etildi. Viloyatda yetishtirilgan gilos hamda birinchi marta o‘rik, shaftolining ilk eksport partiyasi havo transporti orqali Kuala-Lumpur shahriga yetkazib berildi.

🤝 Ushbu eksport tashabbusi Malayziyada mart oyida ochilgan Farg‘ona savdo uyi tomonidan "Quva Agrostar" hamda "KK24" korxonalari hamkorligida amalga oshirildi. Mahsulotlar Malayziya bozorining talablari va sifat standartlariga muvofiq holda tayyorlanib, xalqaro logistika tizimi orqali yetkazildi.

✔️ Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mazkur eksport mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi hamda bu qadam ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladi. Shuningdek, kelgusida eksport hajmini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish va Malayziya bozorida barqaror yetkazib berish zanjirini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

📈 Mazkur tashabbus Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari kengayib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

02/06/2026

🦗 Qashqadaryo viloyatida chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari yakuniy bosqichda

🖥 Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida zararli chigirtkalar to‘dasi aniqlangani haqida video joylashtirildi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

🧪 Har yili zararli chigirtkaga qarshi kurash mavsumi respublikamizning voha qismida — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan boshlanadi. Ayni vaqtda mazkur hududlarda chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari yakuniga yetmoqda. Ya’ni to‘da hosil qiluvchi mazkur zararli hasharotlar imago yoshiga yetgan. Bu davrda chigirtkalar kelgusi yil uchun tuxum qo‘yib, tabiiy nobud bo‘lish fazasida bo‘ladi.

🛻 Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bashorat qilingan maydonlarning 90% kimyoviy ishlov o‘tkazilgan.
Chigirtkalar bir hududdan boshqa hududga haraqat qilishini inobatga olgan holda monitoring davom ettirib, aniqlangan o‘choqlarda hasharotlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

✅ Tasvirda aks etgan hududda ham kimyoviy ishlov o‘tkazildi, hasharotlarning aholi tomorqalari, ekin yerlariga yetib borib, xavf yetkazishining oldi olindi.

🦗  : hududlarda kimyoviy ishlovlar davom etmoqda2-iyun holatiga ko‘ra: 🔎  632 ming 390 gektarda monitoring olib borildi🚜...
02/06/2026

🦗 : hududlarda kimyoviy ishlovlar davom etmoqda

2-iyun holatiga ko‘ra:

🔎 632 ming 390 gektarda monitoring olib borildi
🚜 469 ming 40 gektarda kimyoviy ishlov amalga oshirildi.

❕ Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hozirgi k***a 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda.

🤳 Murojaatlar 1288 yoki 712021000 telefon raqamlari orqali kun-u tun qabul qilinmoqda. Kimyoviy ishlovlar olib borilishi va xizmatlar bepul.

‼️ Kunlik ma’lumotlar , , xeshteglari orqali taqdim etib kelinmoqda.

01/06/2026

Fitosanitar toza mahsulot yetishtirish choralari

Address

100100, Bobur 1-berk Ko‘chasi, 17-uy\, Улица Бабура, 1 проезд дом №17 Call-markaz 1288
Tashkent
100100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712028484

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zbekiston Respublikasi O'simliklar Karantini va Himoyasi Agentligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O'zbekiston Respublikasi O'simliklar Karantini va Himoyasi Agentligi:

Share