Alisher Sadullaev

Alisher Sadullaev Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford Oliy Biznes Maktabi O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori
(5)

04/06/2026



Xorazm viloyati Urganch shahrida barpo etilgan "Al-Xorazmiy" nomidagi yoshlar intellektual arenasidagi yoshlar bilan muloqotdan

04/06/2026



Xorazm viloyati Urganch shahrida barpo etilgan "Al-Xorazmiy" nomidagi yoshlar intellektual arenasidamiz

    Xorazmdagi ulkan marafon minglab iqtidorlarni jamladi⚡️Yoshlar oyligi doirasida butun respublikamiz bo‘ylab start ol...
04/06/2026



Xorazmdagi ulkan marafon minglab iqtidorlarni jamladi

⚡️Yoshlar oyligi doirasida butun respublikamiz bo‘ylab start olgan “Tashabbuslar marafoni”ning dastlabki bekati — Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Xiva shahrida qizg‘in davom etgan marafonda turli startap, kitobxonlik, tadbirkorlik va boshqa ko‘plab zamonaviy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 30 ga yaqin loyihalar 15 mingdan ortiq yoshni qamrab oldi.

Marafonning yorqin va mantiqiy yakuni sifatida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida gala-konsert tashkil etildi.

Yoshlarning sevimli xushovoz san’atkorlar ishtirokida o‘tgan dasturda 63 mingga yaqin aholi jam bo‘ldi. Jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki kayfiyat xorazmlik yoshlar uchun xotirada uzoq vaqt muhrlanib qoladigan chinakam bayramga aylandi.

Katta harakat endi boshlandi. Nukusda ko‘rishguncha!

04/06/2026



Javohir Sindorov FIDE reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi

    🇺🇿🇨🇦 Barakalla, yigitlar! O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Kanadadagi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin kiyinish xona...
04/06/2026



🇺🇿🇨🇦 Barakalla, yigitlar!

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Kanadadagi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin kiyinish xonasini yarqiratib, toza holatda qoldirib ketdi.

Yigitlar doskaga “Mehmondo‘stlik uchun rahmat, Kanada! Jahon chempionatida omad!” deb yozib, mezbonlarga minnatdorlik ham bildirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek futbolchilarining tozalik va hurmat borasidagi yondashuviga maqtovlar yog‘ilyapti.

03/06/2026



Ayni damda Xiva shahrida "Yangi O'zbekistonni yoshlar quradi!" shiori ostida gala-konsert dasturi boshlanish arafasida

👏 Olg’a O’zbekison!

03/06/2026



⚡️ “Yoshlar tashabbuslari marafoni” start oldi!

Foydali g‘oyalar, yangi loyihalar va cheksiz shijoatni o‘zida jamlagan ushbu marafon doirasida maxsus “Yoshlar yetakchilari pavilyoni” o’z ishini boshladi.

Ayni damda pavilyonda qizg‘in jarayon ketmoqda! Bu yerda yoshlar yetakchilari uchun ko’tarinki ruhda va o’zaro tajriba almashish formatida qiziqarli seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

03/06/2026



📚 Kitob karvoni Toshkent viloyatiga yetib bordi!

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Tashabbuslar marafoni” hamda “Kitob hashar (https://t.me/yoshlaragentligi/17042)” tadbiri doirasida tayyorlangan kitoblar karvoni Toshkent viloyatiga yetib bordi.

“1000 kitob” loyihasi doirasida nashr etilgan jahon adabiyotining sara durdonalari, ilmiy-ommabop va motivatsion asarlar endilikda viloyat kutubxonalar hamda yosh kitobxonlar uchun xizmat qiladi.

03/06/2026



“Kitob hashar”. Biz tayyormiz, siz-chi?

     ⚡️ Kutish onlari yakunlanmoqda: Ertaga Xorazmda “Tashabbuslar marafoni”ga start beriladi!Katta harakat boshlanishig...
03/06/2026



⚡️ Kutish onlari yakunlanmoqda: Ertaga Xorazmda “Tashabbuslar marafoni”ga start beriladi!

Katta harakat boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, 3-iyun kuni qadimiy va navqiron Xorazmda barchamiz orziqib kutgan “Tashabbuslar marafoni” o‘z ishini boshlaydi.

Manzil: Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i.

Aynan shu yerda yoshlarni birlashtiradigan eng yirik va kreativ loyihalar sizni kutib oladi. Tadbirkorlik, sun’iy intellekt, startap, kitobxonlik, xorijiy tillar, volontyorlik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda o‘z g‘oyangizni namoyish etish, kuchli jamoa shakllantirish hamda tajribali mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish uchun bundan qulay fursat bo‘lmaydi!

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ertaga Xivada uchrashamiz! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

👉yoshlar.gov.uz

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Alisher Sadullaev posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Alisher Sadullaev:

Share