19/05/2026
KOICA Hosts Knowledge Exchange Program in Bukhara
On May 18, 2026, the KOICA Uzbekistan Office successfully expanded its outreach to regional universities by hosting two Knowledge Exchange Programs in Bukhara. The programs were held at Bukhara State University and Bukhara State Pedagogical Institute under the theme “Women’s Rights and Career Development.”
The sessions were led by Ms. Iroda Malikova, Secretary of the Uzbekistan KOICA Alumni Platform (UzKAP) and a KOICA alumna who completed her master’s degree in ‘Gender and Rural Community Development’ from Yonsei University in 2023. Drawing on her academic experience in Korea, she discussed the development of women’s rights and the role of education in promoting gender equality and social inclusion.
The sessions addressed practical issues such as expanding educational opportunities for women and enhancing their social and economic participation, and reflected the speaker’s sustained interest and deep engagement with these issues. Across the two sessions, approximately 220 students participated and showed strong interest, actively engaging in discussions.
Since 1992, KOICA’s Capacity Improvement and Advancement for Tomorrow (CIAT) program has provided a wide range of training opportunities in Korea for more than 2,700 public sector professionals from Uzbekistan. KOICA remains committed to strengthening human capacity and promoting knowledge sharing to further enhance bilateral cooperation.
~~~~~~~~~~~~
KOICA Buxoro shahrida Bilim Almashuv Dasturini tashkil qildi
2026-yil 18-may kuni KOICA O'zbekistondagi vakolatxonasi Buxoroda ikkita Bilim Almashuv Dasturini muvafaqqiyatli o'tqazish orqali mintaqaviy universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirdi. Dasturlar Buxoro Davlat Universiteti va Buxoro Davlat Pedagogika Institutida "Ayollar huquqlari va kasbiy rivojlanish" mavzusida bo'lib o'tdi.
Tadbirlarni O'zbekiston KOICA Bitiruvchilari Platformasi (UzKAP) kotibi va 2023-yilda Yonsey Universitetida "Gender va qishloq jamoalarini rivojlantirish" yo'nalishi bo'yicha magistrlik darajasini olgan KOICA bitiruvchisi Iroda Malikova olib borishdi.
Iroda Malikova o'zining Koreyadagi akademik tajribasiga tayanib, ayollar huquqlarining rivojlanishi hamda gender tengligi va ijtimoiy integratsiyani rag'batlantirishda ta'limning rolini yoritib berdi.
Uchrashuvlar davomida ayollar uchun ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatda ishtirokini oshirish kabi amaliy masalalar ko'rib chiqildi va ma'ruzachining ushbu masalalarga bo'lgan doimiy qiziqishi hamda chuqur yondashuvi aks etdi. Ikkita uchrashuv davomida taxminan 220 nafar talaba ishtirok etdi va ular katta qiziqish bildirib, munozaralarda faol qatnashdilar.
1992-yildan buyon KOICAning "Kelajak uchun salohiyatni oshirish va rivojlantirish" (CIAT) dasturi doirasida O'zbekistonning 2700 dan ortiq davlat sektori mutaxassislari Koreyada keng ko'lamli o'qitish imkoniyatlariga ega bo'ldilar. KOICA inson salohiyatini mustahkamlash va bilim almashuvini rag'batlantirish orqali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishda davom etmoqda.