04/06/2026
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyun-iyul oylarida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylardagi umumtaʼlim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilmoqda.
🔹 Mamlakatimizning 208 ta tuman (shahar)da belgilangan mazkur maktablar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
➖ Futbol tomoshalari uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan mazkur maktablarda barcha oʻquvchilar, ota-onalar va boshqa yurtdoshlarimiz katta ekranlar orqali jahon chempionatidagi futbolchilarimiz oʻyinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
👉 Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi guruh bosqich oʻyinlari jadvali (Toshkent shahri vaqti bilan)
➖ Oʻzbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 7:00);
➖ Oʻzbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00);
➖ Oʻzbekiston — Kongo (28-iyun, soat 4:30).