O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

🔷 Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiJoriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqt...
04/06/2026

🔷 Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida vazir o‘rinbosari Umid Abidxadjayev hamda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning O‘zbekiston bo‘yicha katta koordinatori Yuriy Sterk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

____

🔷A meeting was held with representatives of the International Labour Organization

On June 4, 2026, a meeting was held at the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan between Deputy Minister Umid Abidkhadjaev and Yuri Sterk, Senior Coordinator of the International Labour Organization (ILO) in Uzbekistan.

04/06/2026



❓Bugungi k***a kimlarga foizsiz ta’lim kreditlari ajratiladi?

✅ Ushbu savolga Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Akmal Rasulov batafsil javob berdi.

📄 Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda UNFPA o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik yo‘l xaritasi imzolan...
04/06/2026

📄 Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda UNFPA o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik yo‘l xaritasi imzolandi

Mazkur hujjat demografik jarayonlarni tahlil qilish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish tizimini rivojlantirish hamda aholi ehtiyojlarini samarali boshqarishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
______

📄 A Roadmap for cooperation between the Ministry of Economy and Finance and UNFPA for 2026–2027 has been signed

The document outlines the implementation of joint initiatives aimed at strengthening the analysis of demographic trends, promoting data-driven decision-making, and enhancing the effective management of population needs.

⏺ Budjet intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi     Tadbir budjet intizo...
04/06/2026

⏺ Budjet intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Tadbir budjet intizomini mustahkamlash, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarning moliyaviy mas’uliyat va komplayens talablariga oid bilimlarini oshirishga bag‘ishlandi.
____

⏺ Roundtable discussion held on budget discipline and anti-corruption measures

The roundtable discussion focused on strengthening budget discipline, preventing corruption and conflicts of interest, and enhancing employees’ awareness of financial accountability and compliance requirements.

Toshkent shahrida turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloq...
03/06/2026

Toshkent shahrida turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Ochiq muloqot davomida sohani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi:

☑️ turizm va mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish hamda xalqaro standartlarni keng joriy etish;
☑️ turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan transport, navigatsiya va turistlarga xizmat ko‘rsatish obyektlarini kengaytirish;
☑️ turistik xizmatlar eksportini oshirish hamda mamlakatning xalqaro turistik jozibadorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

📈 “Fitch” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston kredit reytingi kutilmasini “barqaror”dan “ijobiyga” oshirdiJoriy yilnin...
03/06/2026

📈 “Fitch” xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston kredit reytingi kutilmasini “barqaror”dan “ijobiyga” oshirdi

Joriy yilning 3-iyun kuni “Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan Oʻzbekiston suveren kredit reytingiga bagʻishlangan navbatdagi hisobot eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston suveren kredit reytingi “BB” darajasida tasdiqlanib, reyting kutilmasi “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirildi.
___

📈 Fitch International Ratings Agency Upgrades Uzbekistan’s Credit Outlook from “Stable” to “Positive”

On June 3, 2026, the “Fitch” international ratings agency published its latest report on Uzbekistan’s sovereign credit rating. According to the report, Uzbekistan’s sovereign credit rating was affirmed at the “BB” level, and the rating outlook was upgraded from “Stable” to “Positive”.

⏺Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildiUchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yer...
03/06/2026

⏺Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yer munosabatlari sohasida yuzaga kelayotgan muammolar, amaliy takliflar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:

☑️tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalarini ajratish;
☑️yerga boʻlgan egalik huquqini eʼtirof etish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
☑️tadbirkorlarga tegishli boʻlgan yer va bino-inshootlar maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq va kadastr organlari bazalarida oʻzaro muvofiqlashtirish;
☑️qishloq xoʻjaligi faoliyati uchun yangi tizim asosida yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish.

Muloqot davomida koʻtarilgan masalalarni hal etish, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy qilish hamda tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

03/06/2026

❓Hududning iqtisodiy salohiyatidan qanday samarali foydalanib, infratuzilmani to‘g‘ri rejalashtirish hamda qulay muhit yaratish mumkin?

☑️Buning ortida bir muhim omil bor — bu master-reja.

⏺Master-reja — aholi va tadbirkorlar takliflari asosida hududning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirib, davlat va xususiy investitsiyalarni uyg‘un holda joylashtirish mexanizmidir.

⏺ Batafsil video orqali bilib oling.

☑️“Belagro-2026” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston agro-sanoat majmuasining eksport salohiyati namoyish etilmoqda   Jori...
02/06/2026

☑️“Belagro-2026” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston agro-sanoat majmuasining eksport salohiyati namoyish etilmoqda

Joriy yilning 2–6-iyun kuni Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilayotgan “Belagro-2026” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tadbirkorlik subyektlari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.
_________

☑️ Export Potential of Uzbekistan’s Agro-Industrial Complex Showcased at the «Belagro-2026» International Exhibition

A delegation of representatives from the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan and various business entities is participating in the «Belagro-2026» international exhibition and fair, held from June 2nd to 6th in Minsk, the capital of the Republic of Belarus.

Samarqand viloyatida turizm va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaz...
02/06/2026

Samarqand viloyatida turizm va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Ochiq muloqot davomida sohani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi:

✔️ turizm sohasini jadal rivojlantirish, ichki va xalqaro turistlar oqimini kengaytirish hamda turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq va bojxona imtiyozlarini kengaytirish;
✔️ turistik obyektlar, mehmonxonalar, vokzallar va aeroportlar o‘rtasidagi transport qatnovini takomillashtirish, yo‘l tirbandliklarini kamaytirish hamda turistlar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish tizimini yaratishga qaratilgan transport-logistika yechimlari.

Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

Address

Istiqlol, 29
Tashkent
100017

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712030050

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

Share