O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси – тадбиркорлар овози ва бизнес тараққиётининг ишончли ҳамкори

Для нас огромная честь приветствовать Вас на официальной странице Торгово-промышленной палаты Республики Узбекистан.

В Республике Узбекистан в настоящее время проводится целенаправленная, глубоко продуманная политика, основным приоритетом которой является формирование класса собственников, создание максимально благоприятных условий для эффективного и динамичного развития частного сектора, являюще

гося движущей силой любой рыночной экономики.

Важная роль в решении данных задач отводится Торгово-промышленной палате Республики Узбекистан. Палата ведет активную деятельность по поддержке субъектов как малого, так и крупного бизнеса.

С гордостью хотим отметить, что среди наших членов такие крупные организации и компании, как Национальный банк внешнеэкономической деятельности Республики Узбекистан, Акционерно-коммерческий «Асака Банк», ОАКБ «УзПромСтройБанк», ОАКБ «Агробанк», ОАКБ «Капиталбанк», ОАКБ «Кишлоккурилишбанк», ОАКБ«Ипак Йули Банк», АК «Дори Дармон», совместные предприятия «Дойче Кабель», АО СП "UzBAT", АО "UZTRANSGAZ" и СП ООО "INTERSOK", ООО "ITE UZBEKISTAN", ООО «Alutex», ООО «Nestle», ДП "Anglesey Food", Республиканская Универсальная Агропромышленная Биржа, ООО «Эътикод», АК «Узбектелеком», ГАК «Узпроммашимпекс», ГАВК «Узмарказимпэкс», ОАО «Узагросугурта», СП ООО «Ипак Йули Туризм Инвест», ИК «Кишлок курилиш инвест» и многие другие компании, стремящиеся к развитию и совершенству.

Очень приятно отметить, что ряды членов Торгово-промышленной палаты увеличиваются с каждым днем, что накладывает на нас еще большую ответственность перед своими членами. Сегодня Палата усиленно работает над расширением спектра и совершенствованием качества оказываемых услуг, с тем, чтобы представители делового сообщества и иностранных инвесторов могли в любой момент в любой точке Узбекистана получить своевременную, грамотную помощь специалистов Палаты и ее подразделений.

Официальная страница Торгово-промышленной палаты служит одним из инструментов поддержания постоянной связи Палаты как со своими членами — субъектами предпринимательства, так и партнерами, в том числе зарубежными. Здесь Вы сможете задать любой интересующий вопрос касательно различных аспектов предпринимательской деятельности, ознакомиться с последними событиями в бизнес-сфере, происходящими в республике и за рубежом, получить важную информацию о законодательно-нормативных документах в области предпринимательства. Надеемся, что Вы найдете здесь еще очень много интересного, что будет полезно для Вашей дальнейшей работы.

В заключении хотим пожелать всем посетителям нашей официальной страницы здоровья, благополучия и всяческих успехов в бизнесе. Мы всегда с Вами.

Благодарим за внимание.

С уважением и наилучшими пожеланиями, Даврон Вахабов

Председатель Торгово-промышленной палаты Республики Узбекистан

🌙 Aziz vatandoshlar!Sizlarni musulmonlarning ulug‘ bayrami – Qurbon xayiti bilan samimiy muborakbod etamiz!Ushbu muqadda...
27/05/2026

🌙 Aziz vatandoshlar!

Sizlarni musulmonlarning ulug‘ bayrami – Qurbon xayiti bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga, butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilaymiz.

Hurmat bilan, Savdo sanoat palatasi jamoasi.

Suriyaga eksportning dastlabki partiyasi yuboriladi🇺🇿🇸🇾 O‘zbekistonning Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ayubxon ...
26/05/2026

Suriyaga eksportning dastlabki partiyasi yuboriladi

🇺🇿🇸🇾 O‘zbekistonning Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ayubxon Yunusov hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ishtirokida Suriyadagi Savdo uyi faoliyatini rivojlantirish hamda o‘zbek mahsulotlarini Suriya bozoriga yetkazib berish masalalari yuzasidan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Suriyaning “Kalash Trading Co., Ltd.” kompaniyasi rahbari Axmad Kalash, shuningdek, O‘zbekistonning “Premier Electrotech”, “Sam-Ferre”, “Nassar Trading Agro”, “Metsol”, “Solis Oils” va “Technologies of Real Time” kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Suriya bozorida o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talab, logistika yo‘nalishlari va Savdo uyi orqali mahsulotlarni taqdim etish masalalari muhokama qilindi.

🚚 Muzokaralar yakunida dastlabki bosqichda Suriyaga 10 ta yuk mashinasida mahsulot eksport qilishga kelishildi.

Jumladan:
- 4 ta yuk mashinasida maishiy texnika;
- 4 ta yuk mashinasida yog‘-moy mahsulotlari;
- 2 ta yuk mashinasida avtomobil ehtiyot qismlari va motor moylari yetkazib beriladi.

Suriya bozoriga mahsulot eksport qilish istagidagi tadbirkorlar quyidagi aloqa raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin:
📞 +99891 480 48 01

🇺🇿🇶🇦 Joriy yil 21 may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchilari Alisher Shayxov hamda Jamil Maksudi Q...
22/05/2026

🇺🇿🇶🇦 Joriy yil 21 may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchilari Alisher Shayxov hamda Jamil Maksudi Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi Boshqaruv aʼzosi Muhammad bin Ahmad Al Obaydli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati hamda uni yana-da rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, Qatar investitsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga keng jalb qilish, shuningdek sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika, energetika va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Shu bilan birga, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, biznes-forumlar, savdo missiyalari va B2B uchrashuvlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston–Qatar ishbilarmonlar kengashini tashkil etish tashabbusi ham muhokama qilinib, mazkur platforma ikki davlat biznes hamjamiyatlari o‘rtasida samarali va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni yana-da kengaytirish va amaliy hamkorlikni uzoq muddatli asosda rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

🇺🇿🇸🇾Halab shahrida joylashgan “Al Faisal Spinning” to‘qimachilik korxonasiga tashrif tashkil etildi. Mazkur korxona ip y...
22/05/2026

🇺🇿🇸🇾Halab shahrida joylashgan “Al Faisal Spinning” to‘qimachilik korxonasiga tashrif tashkil etildi. Mazkur korxona ip yigirish sohasida faoliyat yuritib, sintetik hamda aralash tolalar asosida yuqori sifatli ip mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Korxona mahsulotlari to‘qimachilik sanoati uchun muhim xomashyo manbai hisoblanadi. Ayni paytda bu yerda 400 dan ortiq ishchi mehnat qilib, ishlab chiqarish jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar va mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, to‘qimachilik sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, “Al Faisal Spinning” korxonasi Halab to‘qimachilik sanoatida muhim o‘rin egallab, ichki va tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbarligidagi 70 dan ortiq ishbilarmonlar de...
22/05/2026

Avval xabar qilganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbarligidagi 70 dan ortiq ishbilarmonlar delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Amirligida bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Afg‘onistonning Kobul shahrida O‘zbekiston va Afg‘onistonning xususiy sektor vakillari o‘rtasida biznes-forum va B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Forumning ochilishida O‘zbnkiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari S.Abdurahmanov hamda Afg‘oniston rasmiylar ishtirok etdi. Nutqlarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo hajmini oshirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Forum doirasida o‘tkazilgan V2V uchrashuvlarda qurilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, elektrotexnika, tekstil, mebel, farmatsevtika, shaxsiy gigiyena va kosmetika kabi sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida umumiy qiymati 75 million AQSH dollariga teng bo‘lgan dastlabki shartnomalar va kelishuvlarga erishildi. Ushbu kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Halabda O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi va distributsiya markazi ochildi🇺🇿🇸🇾 Joriy yilning 21-may kuni Suriyaning Halab sha...
21/05/2026

Halabda O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi va distributsiya markazi ochildi

🇺🇿🇸🇾 Joriy yilning 21-may kuni Suriyaning Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi va distributsiya markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Savdo uyi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Ahmad Kalash Ltd” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, O‘zbekistonning Quvaytdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ayubxon Yunusov hamda ikki mamlakatning 100 dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etdi.

Mazkur markaz ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Suriya bozoriga olib chiqish hamda logistika va distributsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan Halabga transport yo‘nalishida 1 ta konteynerni yetkazish taxminan 10 kun davom etadi va narxi o‘rtacha 2,5 ming AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Markaz orqali “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni Suriya bozorida keng targ‘ib qilish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish va yangi eksport yo‘nalishlarini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

Tomonlar mazkur tashabbus O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidladi.

🇺🇿🇸🇾 Suriyaning yirik iqtisodiy va sanoat markazlaridan biri hisoblangan Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya iqtisodiy for...
21/05/2026

🇺🇿🇸🇾 Suriyaning yirik iqtisodiy va sanoat markazlaridan biri hisoblangan Halab shahrida O‘zbekiston–Suriya iqtisodiy forumi tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekistonning Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ayubxon Yunusov ko‘magida ikki mamlakatning 200 ga yaqin ishbilarmon doiralari ishtirok etdi.

Halab shahri (Aleppo) tarixan Suriyaning muhim savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri bo‘lib, bugungi k***a mamlakat iqtisodiyotini tiklash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois forum mazkur hududda yangi investitsiya va savdo aloqalarini rivojlantirish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.

Forumda so‘zga chiqqan Davron Vaxabov hamda Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti Aʼla Umar al-Ali O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladilar.

Mazkur forum joriy yil fevral oyida Suriya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifining mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘sha tashrif doirasida dastlabki kelishuvlarga erishilgan bo‘lib, Halabdagi uchrashuvlar mazkur muloqotlarni amaliy hamkorlik bosqichiga olib chiqishga xizmat qildi.

Forum doirasida tekstil, charm-poyabzal, oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika, elektrotexnika hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston va Suriya tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, qator hamkorlik memorandumlari imzolandi. Uchrashuvlarda mahsulot eksportini kengaytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar mazkur forum O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.

O‘zbekiston biznesi Suriya bozoriga chiqmoqda🇺🇿🇸🇾 Joriy yilning 19-may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zeltex...
20/05/2026

O‘zbekiston biznesi Suriya bozoriga chiqmoqda

🇺🇿🇸🇾 Joriy yilning 19-may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Eksportchilar uyushmasi hamda to‘qimachilik, charmsanoat, avtomobilsozlik va boshqa sohalardagi yirik tadbirkorlardan iborat delegatsiya Suriya Arab Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport bozorlarini ochish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va “Made in Uzbekistan” brendining xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlashdan iborat.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari hamda O‘zbekistonning Kuvaytdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ayubxon Yunusov ishtirokida Suriyaning Aleppo shahri rahbariyati va Savdo palatasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda sanoat kooperatsiyasi, eksport-import aloqalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Aleppo Sanoat palatasi raisi Nazem Deravon o‘z nutqida Aleppo shahri azaldan to‘qimachilik va sovun ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoga mashhur markazlardan biri bo‘lganini ta’kidlab, bugungi k***a shahar yana tiklanish va iqtisodiy rivojlanish bosqichiga kirganini qayd etdi.

Tomonlar mazkur tashrif O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini ta’kidladi.

20/05/2026

مقام‌های ولایت بامیان اعلام کرده‌اند که ازبکستان در چارچوب یک برنامه زراعتی، کشت کچالو را در حدود ۸۵ تا ۹۰ هزار جریب زمین زراعتی این ولایت آغاز می‌کند.
لینک گزارش کامل در کامنت:

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonning Bomiyon viloyatiga ta...
19/05/2026

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonning Bomiyon viloyatiga tashrif buyurib, viloyat hokimi Qori Gul Haydar Shafaq bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda kartoshka yetishtirish, uni O‘zbekistonga import qilish hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, qariyb 500 ming aholi yashaydigan Bomiyon viloyati aholisining 80 foizi kartoshkachilik bilan shug‘ullanadi. Hudud Afg‘onistonning kartoshka yetishtirish bo‘yicha asosiy markazlaridan biri hisoblanadi.

Tomonlar kartoshkachilik sohasida klaster tizimini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ham ko‘rib chiqdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan kartoshka urug‘lari yetkazib berilib, hosil pishib yetilgandan keyin mahsulotni kafolatli sotib olish mexanizmi joriy etilishi taklif qilindi.

Mazkur tizim orqali O‘zbekistonga har yili kamida 50 ming tonnadan 300 ming tonnagacha arzon va sifatli kartoshka import qilish imkoniyatini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Bomiyon viloyatida mevalarni yig‘ish, mineral o‘g‘itlarni saqlash va eksport qilishga mo‘ljallangan zamonaviy ombor tashkil etish hamda mahalliy dehqonlarni O‘zbekistonda malaka oshirish dasturlariga jalb qilish takliflari ilgari surildi.

Bomiyon viloyati hokimi mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Address

8A, S***a Rustaveli
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998781506006

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi:

Share