Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili - Ombudsman

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili - Ombudsman Освещение деятельности Уполномоченного по правам чел? Освещение деятельности Уполномоченного по правам человека Олий Мажлиса Республики Узбекистан

🌐Ombudsman Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida fuqarolarimiz bilan ko‘rishib, sharoitlar bilan t...
03/06/2026

🌐Ombudsman Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida fuqarolarimiz bilan ko‘rishib, sharoitlar bilan tanishdi

2026 yilning 2 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mazkur muassasada saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan yashash va ovqatlanish sharoitlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ta’lim olishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📍Batafsil: Ombudsman.uz

03/06/2026

📍Xorazm viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi

🔐Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatdagi 11-son Tergov hibsxonasi, Xorazm viloyati IIBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish va Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari hamda Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona, Hazorasp tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi, Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi, ... filiallariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.

📎batafsil: Ombudsman.uz

↗Ombudsman delegatsiyasi Varshavadagi tergov hibsxonasi faoliyati bilan tanishdi🔐2026 yilning 1 iyun kuni Varshavada xiz...
02/06/2026

↗Ombudsman delegatsiyasi Varshavadagi tergov hibsxonasi faoliyati bilan tanishdi

🔐2026 yilning 1 iyun kuni Varshavada xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya “Varshava-Byalolenka” tergov hibsxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif jarayonida muassasa ma’muriyati tomonidan hibsxonada saqlanayotgan shaxslar, ularning ijtimoiy kelib chiqishi hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

📎 batafsil Ombudsman.uz

Varshavada inson huquqlari sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi🔹2026 yilning 1 iyun kuni Varshavada xizmat s...
02/06/2026

Varshavada inson huquqlari sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🔹2026 yilning 1 iyun kuni Varshavada xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Mariya Telalian bilan uchrashishdi.

🔺O‘zaro muloqot chog‘ida Ombudsman institutining faoliyati, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan ijobiy natijalar haqida fikr almashildi.

📎 batafsil : Ombudsman.uz

01/06/2026

📚 “Ombudsman soati” doirasida Navoiyda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligi oshirilmoqda

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan G‘ozg‘on shahridagi 1, 2, 3 va 4-sonli, shuningdek Nurota tumanidagi 2, 6, 27 va 34-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ularda jami 280 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.

📍Batafsil: Ombudsman.uz sayitida

🌎 Ombudsman Germaniyaning «G‘arb va Sharq uchrashuvlari» jamg‘armasi delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhoka...
28/05/2026

🌎 Ombudsman Germaniyaning «G‘arb va Sharq uchrashuvlari» jamg‘armasi delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Germaniyaning «G‘arb va Sharq uchrashuvlari» jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisi Mattias Platsek boshqaruv raisi o‘rinbosari doktor Martin Ku**er hamda ijrochi direktor Anna Kayzer ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, murojaatlar bilan ishlash, ...

📎batafsil: Ombudsman.uz

Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) жамоаси барча юртдошларимизни...
27/05/2026

Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!

Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) жамоаси барча юртдошларимизни муборак Қурбон ҳайити билан самимий қутлайди!

Қурбон ҳайити инсонни эзгуликка, саховатга, муҳтожларга кўмак беришга ва бир-биримизни қадрлашга чорлайдиган муқаддас байрамдир. Ушбу улуғ айём қалбларимизга меҳр-оқибат, хонадонларимизга файзу барака, юртимизга тинчлик ва осойишталик олиб келсин.

Барчангизга мустаҳкам соғлиқ, оилавий хотиржамлик, хайрли амалларингизга барака ва эзгу ниятларингиз ижобатини тилаймиз.

26/05/2026

📌Ayollar qamoqxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi

2026 yilning 26 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-son Jazoni ijro etish koloniyasida monitoring tashrifi o‘tkazildi.

Monitoring tashrifi davomida, ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yashash, dam olish, mehnat qilish, yaqinlari bilan uzoq va qisqa muddatli uchrashuv o‘tkazish, oziq-ovqat taʼminoti, tibbiy yordam olish holati va sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilish holatlari o‘rganildi.

📎batafsil: Ombudsman.uz

26/05/2026

📩Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

2026 yil 26 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda fuqarolar pensiya, ijtimoiy yordam olish, sud-huquq, mulkiy munosabatlarga oid hamda boshqa murojaatlarini qoldirishdi. Ularning keltirgan vajlari va taqdim etgan hujjatlari asosida tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiluvchi murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

📎batafsil: Ombudsman.uz

Address

г. Ташкент, Яшнабадский район, Улица Мирзо Улугбека, дом 57/1
Tashkent
100027

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili - Ombudsman posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili - Ombudsman:

Share