Божхона қўмитаси

Божхона қўмитаси Sahifada bojxona organlari faoliyatiga doir maʼlumotlar joylashtirib boriladi
Ishonch telefoni - 11 08

Ушбу саҳифада божхона органлари фаолиятига доир сўнгги янгиликлар ёритиб борилади.

30/05/2026



AQSHning Chikago shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning o‘zbekistonlik tadbirkorlar, mahalliy investorlar, AQSHning yirik ishbilarmon doiralari va biznes vakillari bilan ochiq muloqoti bo’lib o’tdi.

Ta’kidlash joizki, Bojxona qo‘mitasi Raisining xorijdagi tashqi iqtisoidy faoliyat ishtirokchilari bilan mazkur formatdagi ochiq muloqoti milliy bojxona tizimi tarixida ilk bor tashkil etilayotgani bilan ahamiyatlidir.

“O‘zbekiston va AQSH: Biznes va investitsiyalar uchun yangi ko‘priklar” shiori ostidagi mazkur ochiq muloqotda qo‘mita Raisi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq va investitsiya jarayonlarini yanada soddalashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bojxona sohasidagi yangiliklar, qulayliklar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanish*tirdi.

Shuningdek, ochiq muloqotda amerikalik biznes vakillarining qiziqtirgan savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblar berildi.

Ta’kidlash joizki, o‘zaro faol hamkorlik O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi tashqi savdo ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasida ham aks etmoqda.

2025-yilda ikkala mamlakat o‘rtasida tovar aylanmasi 565,8 mln dollarni tashkil qildi. 2026-yilning o‘tgan davrida bu ko‘rsatkich salkam 205 mln. dollarga yetdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 15 foizga oshgan.

  Ayni daqiqalarda AQSHning Chikago shahridagi “Donald E. Stephens Convention Center” majmuasida “CABXPO 2026” xalqaro b...
30/05/2026



Ayni daqiqalarda AQSHning Chikago shahridagi “Donald E. Stephens Convention Center” majmuasida “CABXPO 2026” xalqaro biznes forumi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro tadbir Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, investitsiyalarni jalb qilish hamda biznes aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va AQSHning davlat idoralari, biznes doiralari, xalqaro tashkilotlar hamda investorlari ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov, Xorazm viloyati hokimi J.Rahimov, O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi F.Sidiqov, shuningdek, boshqa qator rasmiylar va xalqaro ekspertlar so‘zga chiqdi.

Forum doirasida ko‘rgazmalar, biznes-sessiyalar, master-klasslar, tarmoqlararo uchrashuvlar hamda B2B muzokaralar tashkil etilmoqda.

Xususan, bir necha daqiqalardan so‘ng “O‘zbekiston – AQSH: biznes va investitsiyalar uchun yangi ko‘priklar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisi ishtirok etadi.

Tafsilotlarni sahifamiz orqali kuzatib boring!

   KUN FOTOSIBojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov Vashingtonda AQSH bojxona va chegara xizmati rahbariyati bilan uchrashuv...
30/05/2026




KUN FOTOSI

Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov Vashingtonda AQSH bojxona va chegara xizmati rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Jenevada Xalqaro avtomobil tashuvlari ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmati o‘rtasida xalqaro yuk tas...
30/05/2026



Jenevada Xalqaro avtomobil tashuvlari ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmati o‘rtasida xalqaro yuk tashuvlari va TIR tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekistonda E-Tir milliy ilovasini to‘liq joriy etish, bojxona organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish hamda O‘zbekiston–Turkmaniston, O‘zbekiston–Qirg‘iziston va O‘zbekiston–Tojikiston yo‘nalishlarida ETir tashuvlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, uchrashuvda TIR EPD tizimini qayta tiklash, SafETIR ma’lumotlar almashinuvini takomillashtirish, “Uzliksiz tranzit” loyihasi doirasida TIR tartib-taomillarini qo‘llash hamda O‘zbekiston–Qozog‘iston transport yo‘lagida raqamli tranzit yechimlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Turkiya – Markaziy Osiyo – Xitoy” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston bojxona organlarining so‘nggi yutuqlari hamda TIR tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.

 Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan Chegaralar...
30/05/2026



Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan Chegaralarni kesib o‘tishni yengillashtirishda transportga oid bojxona masalalari bo‘yicha Global forumning 172-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Yuklarni tranzit qilish va xalqaro tashish bilan bog‘liq masalalar muhokamasi uchun asosiy platforma hisoblanuvchi nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning bir qator davlatidan tashrif buyurgan delegatsiyalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Global forumda xalqaro avtotashuvlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan XYT (TIR) konvensiyasining qo‘llanilishi, ETIR xalqaro elektron tizimini keng miqyosda joriy etish, bojxonada elektron ma’lumot almashinuvi, chegaralarda nazoratni muvofiqlashtirish hamda raqamlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, forum doirasida tashuvlar sohasida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda yangi texnologiyalarni joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlarini kengaytirish hamda davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, transport va logistika sohasida innovatsion yechimlarni joriy etish ham forum diqqat markazida bo‘lib turibdi.

 Shu kunlarda Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya AQSHda bo‘lib, bojxona sohasidagi xalqaro h...
30/05/2026



Shu kunlarda Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya AQSHda bo‘lib, bojxona sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator muhim uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Tashrif doirasida AQSH Davlat departamenti, Xalqaro narkotiklar va huquqni muhofaza qilish masalalari burosi (INL), Eksport nazorati va chegara xavfsizligi (EXBS) dasturi hamda AQSH Energetika vazirligi Milliy yadroviy xavfsizlik ma’muriyati rahbariyati bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda xavflarni tahlil qilish, narkotik va kontrabandaga qarshi kurashish, radiatsiya xavfsizligini ta’minlash, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash, tezkor ma’lumot almashinuvini kuchaytirish hamda bojxona postlarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, o‘zaro hamkorlik doirasida so‘nggi yillarda yuzlab bojxona xodimlarining malakasi oshirilib, chegara postlariga zamonaviy inspeksion-ko‘rik va radiatsiya nazorati uskunalari o‘rnatildi. Bu esa giyohvandlik vositalari va xavfli yuklarni aniqlash samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda.

Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

KUNNING MUHIM XABARI!Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov AQShda o‘zbekistonlik tadbirkorlar, mahalliy investorlar va bizn...
30/05/2026

KUNNING MUHIM XABARI!

Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov AQShda o‘zbekistonlik tadbirkorlar, mahalliy investorlar va biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi!

“O‘zbekiston va AQSH: Biznes va investitsiyalar uchun yangi ko‘priklar” shiori ostidagi mazkur ochiq muloqot 30-may kuni soat 12:00 dan 13:00 gacha Chikago shahridagi “Donald E. Stephens Convention Center” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi sifatida

✅ ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq va investitsiya jarayonlarini yanada soddalashtirish,
✅bojxona sohasidagi yangiliklar, qulayliklar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanish*tirish,
✅amerikalik biznes vakillarining qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berish nazarda tutilgan.

➡️ Tadbir haqida batafsil ma’lumotlar ushbu havolada.

➡️ Ochiq muloqotda ushbu havola orqali onlayn ishtirok etish mumkin.

* Tadbir Toshkent vaqti bilan 30-may kuni soat 22.00 da boshlanadi.

26/05/2026

Qadrli yurtdoshlar!

Endi siz respublikamiz bojxona organlari faoliyatini telegramdagi maxsus bot orqali baholashingiz mumkin!

Buning uchun botga kiring va “Baholash” tugmasini bossangiz, kifoya!

Unutmang, sizning bahoyingiz xizmat sifatini oshirishga yordam beradi!

26/05/2026

Aholi farovonligi yo‘lida qilinayotgan ishlar tahlili bo‘yicha Sergeli tumaniga press-tur tashkil etildi.

Bojxona organlari sifati kafolatlanmagan  tovarlarning bojxona chegaralari orqali kirib kelishining oldini olish va bu o...
26/05/2026

Bojxona organlari sifati kafolatlanmagan tovarlarning bojxona chegaralari orqali kirib kelishining oldini olish va bu orqali yurtdoshlarimiz salomatligini asrash yo‘lida xizmat qilishadi!

Ammo, bu jarayonda Sizdan ham shaxsiy maʼsuliyat talab etiladi!

O‘zingiz va yaqinlaringizni sifati kafolatlanmagan, kontrafakt yoki ichki bozorga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan tovarlardan asrash juda ham oson!

Buning uchun “Asl belgisi” mobil ilovasini telefoningizga yuklab olsangiz, kifoya!

Ilova orqali dori vositalari va tibbiy buyumlar, alkogolli va salqin ichimliklar, biologik faol qo‘shimchalar, tamaki mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va hattoki maishiy texnika jihozlarining raqamli markirovka kodini tekshiring!

Natijada, tovarning ichki bozordagi muomalasi qonuniy ekanligi va sifati kafolatlanganiga ishonch hosil qiling!

Xavfsiz bozor faqat bojxonadan emas, har bir xaridorning ongli tanlovidan boshlanadi!

Tovarlarni tekshiring. Qonuniy mahsulotlarni tanlang!

Mazkur ilovani “Android” operatsion tizimida ishlovchi mobil qurilmalar uchun quyidagi havolada https://play.google.com/store/apps/details?id=asllikbelgisi.uz&hl=en_US&gl=US&pli=1&tpclid=facebook.PAZXh0bgNhZW0CMTEAAaZvgUO9hg5msscKCYcF9VqUr-cES8Sx5zZ4hxbO9eIm12yDUmu1mWBAkQE_aem_E4Eok6cHdyrX6RQ8kr46Pw, “IOS” operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar uchun esa quyidagi havoladan https://apps.apple.com/uz/app/asl-belgisi/id6479983447 yuklab olishingiz mumkin.

Address

Toshkent Shahri Islom Karimov Ko’chasi 3-uy
Tashkent
100003

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998955025542

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Божхона қўмитаси posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Божхона қўмитаси:

Share