Ministry of Foreign Affairs, Uzbekistan

Ministry of Foreign Affairs, Uzbekistan Информация по актуальным вопросам внешней политики Республики Узбекистан и международных отношений.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz

Welcome to the official page of the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan

09/03/2026
08/03/2026

Muhtarama ayollar, qadrli opa-singillar!

Avvalo, barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz va dilbar qizlarimizni ezgulik va go‘zallik bayrami — 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Oila va jamiyat ustuni bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Zero, Sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi.

Bugun xotin-qizlarimiz nafaqat fan, ta’lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohalarida, balki davlat boshqaruvi, siyosat va iqtisodiyotda ham muhim o‘rin egallab kelmoqda. Ular orasida taniqli davlat va jamoat arboblari, senator va deputatlar, vazir va hokimlar, olimlar, akademiklar, professorlar, shoir va ijodkorlar borligi barchamizni quvontiradi.

Ayniqsa, ta’lim sohasida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiy ayollarimizga alohida minnatdorlik bildirish joiz. Yosh avlodga zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini o‘rgatish, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotiga hissa qo‘shishda Sizlarning mehnatingiz beqiyosdir.

Aziz ayollar!

Sizlar biz uchun, avvalo, muqaddas Ona timsoli, mehr-oqibat, ezgulik va sabr-toqat manbaidirsiz. Shu bois mo‘tabar onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz va dilbar qizlarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni insoniy burchimiz, deb bilamiz.

Hazrat Mir Alisher Navoiy ta’kidlaganlaridek, Sizlarning oldingizdagi qarzimizni ming xazina bilan ham ado etib bo‘lmaydi.

Sizlarni go‘zal bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

Dunyodagi eng ulug‘ saodat – oilaviy baxt Sizlarga doimo yor bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘...
07/03/2026

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlik rahbariyati hamda jamoa xodimlari ishtirok etib, tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutladilar.

Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar jamiyat hayotida, ayniqsa diplomatik xizmat sohasida xotin-qizlarning o‘rni va hissasi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladilar. Ularning yuksak kasbiy mahorati, mas’uliyati hamda davlat manfaatlarini xalqaro maydonda munosib ilgari surish yo‘lidagi faol mehnati yuksak e’tirof etildi.

Shuningdek, vazirlik jamoasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning tashqi siyosatni amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatimiz nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari alohida qayd etildi.

Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yakunda barcha xotin-qizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, oilaviy farovonlik hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ezgu tilaklar yo'llandi.

05/03/2026

Hozirgina Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdik.

Suhbat davomida ozarbayjonlik hamkasbim Naxchivan Avtonom Respublikasiga nisbatan uchuvchisiz uchish apparatlari orqali amalga oshirilgan hujum bilan bogʻliq holat yuzasidan batafsil maʼlumot berdi. Mazkur hujum oqibatida tinch aholi jabr koʻrgani va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazilgani qayd etildi.

Oʻz navbatida, mamlakatimizning mazkur hujumlar yuzasidan jiddiy xavotirini bildirdik. Xalqaro huquq prinsiplariga zid boʻlgan, boshqa davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadigan bunday harakatlar mutlaqo qabul qilib boʻlmasligini taʼkidladik.

***

Just had a telephone conversation with the Minister of Foreign Affairs of the Republic of Azerbaijan H.E. Jeyhun Bayramov.

During the exchange, Azerbaijani colleague informed about the recent incident involving a drone attack on the Nakhchivan Autonomous Republic of Azerbaijan, which resulted in injuries among civilians and damage to infrastructure.

Emphasized that such actions are unacceptable, as they run counter to the principles of international law and violate the sovereignty and territorial integrity of another state.

***

Только что провели телефонный разговор с министром иностранных дел Азербайджанской Республики Е.П. Джейхуном Байрамовым.

В ходе беседы азербайджанский коллега подробно проинформировал о произошедшем инциденте, связанном с атакой беспилотных летательных аппаратов на Нахчыванскую Автономную Республику Азербайджанской Республики, в результате которой пострадали гражданские лица и был нанесён ущерб гражданской инфраструктуре.

Выразили серьёзную обеспокоенность в связи с данными атаками. Подчеркнули неприемлемость действий, идущих вразрез с принципами международного права и нарушающих суверенитет и территориальную целостность другого государства.

4-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqul...
04/03/2026

4-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
https://gov.uz/oz/mfa/news/view/139072
***
On March 4, Deputy Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Bobur Usmanov met with Aleksei Erkhov, the Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Russian Federation to Uzbekistan.
https://gov.uz/en/mfa/news/view/139072
***
4 марта заместитель министра иностранных дел Узбекистана Бобур Усманов провел встречу с Чрезвычайным и Полномочным Послом Российской Федерации в Узбекистане Алексеем Ерховым.
https://gov.uz/ru/mfa/news/view/139072

Address

45A, Islam Karimov Street
Tashkent
100003

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712320541

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ministry of Foreign Affairs, Uzbekistan posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Ministry of Foreign Affairs, Uzbekistan:

Share