O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – Министерство юстиции Республики Узбекистан Telegram-канал https://t.me/adliyangiliklari

 ✅Adliya vazirligi va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi🔹Avval xab...
25/05/2026



✅Adliya vazirligi va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

🔹Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Bitiruvchi yoshlar — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, kadrlar tayyorlash, amaliyot va malaka oshirish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

📌 Adliya vazirligi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

 ✅“Huquqiy o‘yinlar” loyihasi Prezident e’tiborida🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar ...
22/05/2026



✅“Huquqiy o‘yinlar” loyihasi Prezident e’tiborida

🔹Prezident Shavkat Mirziyoyev “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi doirasida saralab olingan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

🔹Mazkur loyihalar orasida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tashabbusi bilan yaratilgan 14 ta interaktiv “Huquqiy o‘yinlar” ham o‘rin oldi.

🔹Ushbu o‘yinlar 7 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga huquqiy bilimlarni sodda, qiziqarli va zamonaviy usulda o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

🔹Davlatimiz rahbari tashabbuslarning amaliy natijasiga alohida e’tibor qaratib, har bir loyiha odamlar uchun foydali, hayotiy va iqtisodiy samara beradigan yechimga aylanishi zarurligini ta’kidladi.

📌 Mazkur loyiha bolalarga huquqiy bilimlarni innovatsion yondashuv asosida yetkazish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

  🌐 Oʻzbekiston delegatsiyasi BIMTning 48-sessiyasida ishtirok etmoqda📍Joriy yilning 18–22-may kunlari Shveysariyaning J...
22/05/2026




🌐 Oʻzbekiston delegatsiyasi BIMTning 48-sessiyasida ishtirok etmoqda

📍Joriy yilning 18–22-may kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) huzuridagi Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha doimiy qoʻmitaning 48-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

🔹Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Adliya vazirligi vakillari ishtirok etmoqda.

💬 Sessiya davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni raqamli muhitda himoya qilish, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq zamonaviy huquqiy masalalar, teleradioesh*ttirish tashkilotlari huquqlarini xalqaro darajada mustahkamlash, shuningdek taʼlim, ilm-fan va kutubxonalar faoliyatida mualliflik huquqidagi istisno va cheklovlar yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda.

🤝 BIMT sessiyasi aʼzo davlatlar oʻrtasida ilgʻor xalqaro tajriba almashish, mualliflik huquqi tizimini zamonaviy chaqiriqlarga mos ravishda takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi.

🌍 Maʼlumot uchun, BIMTning 48-sessiyasi Jeneva shahrida gibrid formatda tashkil etilgan boʻlib, unda aʼzo davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamda soha ekspertlari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, tanlov doirasida Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirsaid Raxmatov inson resurslari bo‘yicha eng namunali x...
22/05/2026

Shuningdek, tanlov doirasida Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirsaid Raxmatov inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida g‘olib bo‘ldi.

Prezidentimiz barcha g‘oliblarning lavozimlarini bir pog‘ona ko‘tarib, rahbar kadrlar zaxirasiga kiritishni taklif qildi. Ularning teran fikrlashi, o‘z ustida doimiy ishlashi, mehnat faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy qilishi boshqalar uchun o‘rnak ekani ta’kidlandi.

“Bugungi tadbirda yaxshi natija ko‘rsatganlarni e’tirof etyapmiz. Biroq kelgusi safardan boshlab ro‘yxatning oxirida qolgan davlat idoralari nomini ham ochiq aytamiz.

Faoliyatida jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlanayotgan, samaradorlik va xizmat sifati bo‘yicha oqsayotgan tashkilotlar bundan o‘ziga jiddiy xulosa chiqarishi kerak”,
– dedi Prezidentimiz.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha eng namunali va...
22/05/2026

Tanlov natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha eng namunali vazirlik nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Vazirlik qisqa vaqt ichida zamonaviy, ochiq va raqamli adliya institutiga aylandi. Bugungi k***a vazirlik 30 ta platforma orqali 380 ta to‘liq raqamlashtirilgan xizmatlarni ko‘rsatmoqda. 780 dan ortiq xizmatdan onlayn foydalanish mumkin. 208 ta davlat xizmatlari markazidan iborat tarmoq butun mamlakat bo‘ylab yagona standartni ta’minlamoqda.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi resurslarni boshqarish bo‘yicha eng namunali vazirlik sifatida e’tirof etildi.

Mazkur idora mas’uliyatli, shaffof va tejamkor xo‘jalik yuritishning yorqin namunasiga aylandi. Ajratilgan har bir so‘m yangi konlarni qidirib topish va sohani rivojlantirishga sarflandi. Geologiya-qidiruv ishlarida suv sarfi 20 foizga qisqartirildi. Budjet rejalari 2028-yilga qadar oldindan tuzib chiqilgan. Asosiy konchilik uskunalarini mahalliylashtirish darajasi 84 foizga yetkazildi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ijobiy natijalari uchun Ichki ishlar vazirligi eng namunali deb tan olindi.

Bugungi k***a vazirlik 60 ga yaqin xizmat turini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 95 foizi to‘liq raqamli shaklda taqdim etilayotgani diqqatga sazovor. Ilgari tarqoq bo‘lgan 72 ta ma’lumotlar bazasi yagona “Xavfsiz shahar” tizimiga birlashtirilib, unga 14 ta boshqaruv markazi va 20 dan ziyod vazirlik ulangan. O‘tgan yili 148 mingdan ortiq ma’muriy ish masofaviy tarzda ko‘rib chiqildi va odamlarning idorama-idora sarson bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmadi. Vazirlik zamonaviy davlat xizmatlarini inson uchun yaratilgan qulaylik bilan o‘lchanishini amalda ko‘rsatmoqda.

Xabar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanalidan olindi.

“Samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy modellarni joriy qilish, Birlashgan Arab Amirliklari erishgan yut...
22/05/2026

“Samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy modellarni joriy qilish, Birlashgan Arab Amirliklari erishgan yutuq va ilg‘or tajribani tatbiq etish biz uchun foydali bo‘lmoqda.

Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda ushbu mamlakat bilan davlat boshqaruvi sohasidagi hamkorlik mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi”,
– dedi Prezidentimiz.

O‘tgan yil noyabr oyida “Byurokratiyani bartaraf etish” hamda sun’iy intellekt bo‘yicha nufuzli xalqaro forumlar birgalikda yuqori saviyada o‘tkazildi.

Shuningdek, davlat boshqaruvida ilg‘or tajriba almashish yuzasidan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi ana shu sheriklikning yorqin amaliy natijasidir.

Prezidentimiz ushbu dasturni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun Amirliklar rahbariyati va shaxsan Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad al-Gargaviyga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Xabar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanalidan olindi.

 ✅Adliya vazirligida Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi🔹O‘zbeki...
21/05/2026



✅Adliya vazirligida Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganish, ularning faoliyatida uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida joriy yilning 21-may kuni Adliya vazirligida tadbirkorlar va xalqaro kompaniyalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Unda Koreya Respublikasining yirik texnologik kompaniyalari hamda Koreya Respublikasi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

🔹Muloqot davomida O‘zbekiston hududida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlar aylanishining oldini olish, tovar belgilaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish hamda tadbirkorlarning ushbu yo‘nalishdagi muammolari muhokama qilindi.

🔹Xususan, Samsung va LG kompaniyalari vakillari tomonidan kontrafakt mahsulotlar savdosi, noqonuniy import, tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanish hamda onlayn savdo platformalarida intellektual mulk huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🔹Shuningdek, uchrashuv davomida intellektual mulk obyektlarini samarali himoya qilish, rasmiy distribyutorlik faoliyatini rivojlantirish, litsenziyalash tartib-taomillarini soddalashtirish hamda original mahsulotlar savdosini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbirda tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning amaliyotda duch kelayotgan muammolari tinglandi hamda mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etish mexanizmlari muhokama qilindi.

📌 Uchrashuv yakunida intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi samarali choralarni kuchaytirish, huquq egalari va tadbirkorlar bilan tizimli hamkorlikni rivojlantirish hamda amaliy muloqotlarni muntazam davom ettirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

  🔴 Yashnobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni...
21/05/2026




🔴 Yashnobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida adliya vaziri A.Tashkulov ishtirokida Yashnobod tumanidagi 152-son umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb tanlashi, kelajakda o‘z o‘rnini topishi hamda huquqiy bilimlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslari, orzu-maqsadlari va kelajak rejalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🔹Tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Huquqiy zakovat” hamda “Quiz” intellektual o‘yinlari g‘oliblari rag‘batlantirildi.

📌 Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va yuksak maqsadlar sari ruhlantirishga xizmat qiladi.

20/05/2026

✅Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning y...
20/05/2026

✅Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

📍Bugun Adliya vazirligida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ikki kunlik xalqaro seminarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

👥Tadbirda Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, Odil sudlov akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

⚖️Seminar davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishda ustuvor yo‘nalishlar hamda sohani isloh qilishning konseptual yondashuvlari muhokama qilindi.

📚Xususan, Germaniyaning ma’muriy huquqbuzarlik sohasidagi ilg‘or tajribasi, huquqni qo‘llash amaliyoti va ma’muriy javobgarlikni tartibga solishning samarali mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

🌍Shuningdek, Germaniya sud-huquq tizimida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspert Volfgang Zivert tomonidan Germaniya ma’muriy javobgarlik huquqining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, ma’muriy va jinoiy javobgarlik o‘rtasidagi aniq chegaralarni belgilash, ma’muriy organlar va sudlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash va sud nazoratining samarali mexanizmlari to‘g‘risida ma’lumot berildi

📌Eslatib o‘tamiz, seminar ikki kun davomida o‘tkazilib, uning yakunida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Address

Улица Сайилгох, 5, Телефон доверия: 1008
Tashkent
100047

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712070443

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Share