14/05/2026
📣 “Eng faol hokim yordamchisi” tanlovi yakunlari e’lon qilamiz!
Kuni kecha Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eng faol hokim yordamchisi” tanlovi yakuniga yetdi.
Mazkur tanlov kam ta’minlangan oilalarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda hududlarda subsidiya, ssuda va grant ajratish jarayonida faol ishtirok etib kelayotgan, jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan hokim yordamchilarini aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.
🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi MFY hokim yordamchilari yuqori natijalarni qayd etdilar:
1. Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Yorqinhayot MFY.
2. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Quyosh MFY.
3. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Ehtirom MFY.
4. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Boysunobod MFY.
5. Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, Qashqarguzar MFY.
6. Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, Shaxrixonsoy MFY.
7. Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, Bekobod MFY.
8. Farg‘ona viloyati, So‘x tumani, Lenbur MFY.
9. Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Donishmand MFY.
10. Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Fayzobod MFY.
Ularning kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi tashabbuskor va samarali faoliyati alohida e’tirof etiladi.