Audionoma

Audionoma Sizga manzur bo'ladigan audiokitoblar.

21/08/2020
18/05/2020

"Audionoma" ilovasidan qanday foydalanish mumkin?

Bu yerda hammasi koʻrsatilgan. Sodda, aniq, tushunarli qilib. 😊

"Audionoma" ilovasi foydalanuvchilaridan savollar kelib tushmoqda. Ular ichida eng dolzarbi—ilova pullik rejimga oʻtib q...
14/05/2020

"Audionoma" ilovasi foydalanuvchilaridan savollar kelib tushmoqda. Ular ichida eng dolzarbi—ilova pullik rejimga oʻtib qolayotgani bilan bogʻliq.

Azizlar! Yaxshilab eʼtibor bering! Ilova ichidagi bannerda ham turibdi bu eʼlon.

Biz loyihani boshlaganimizda "Ramazon2020" vaucherini ham eʼlon qilgandik. Bu vaucherni Ramazon oxirigacha aktivlashtirish mumkin. Vaucher aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun bepul foydalanish imkonini beradi.

Marhamat, miriqib tinglang! Biz esa ilova javonini yanada boyitish bilan mashgʻul boʻlaylik.

Ramazon—mo'minlar uchun muborak oydir. Alloh taolo O‘zining so‘ngi kitobi, Qiyomatgacha boqiy qoladigan Qur’oni Karimni ...
11/05/2020

Ramazon—mo'minlar uchun muborak oydir. Alloh taolo O‘zining so‘ngi kitobi, Qiyomatgacha boqiy qoladigan Qur’oni Karimni nozil qilish uchun ham aynan Ramazon oyini tanlagan. Shuning o‘zi bu oyning qanchalar ulug‘ ekanini anglash uchun yetarlidir.

Xo'sh, bu ilohiy vahiyni bizgacha yetib kelishiga sababchi bo'lgan zot Ramazonni qanday o'tkazganlar? Payg‘ambar alayhissalomning bu oydagi ibodatlari, muomalalari va taqvolari qanday bo'lgan? Bular haqida tinglashni istaysizmi?! U holda Sobirjon Sayfullohning ushbu risolasi aynan siz uchun. Audionoma ilovasi orqali asarni miriqib tinglang!

Oila— muqaddas qo‘rg‘on. Farzandga berilgan to‘g‘ri tarbiya esa, uning mustahkamligiga asos bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.)...
08/05/2020

Oila— muqaddas qo‘rg‘on. Farzandga berilgan to‘g‘ri tarbiya esa, uning mustahkamligiga asos bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.): “Birontangiz o‘z farzandlaringizni tartib-intizomga o‘rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar. Demak, bu boradagi barcha mas’uliyat ota-onalar zimmasidadir.

Bosh muftiyimiz Usmonxon Alimovning “Oilada farzand tarbiyasi” audio kitobi o‘g‘il-qizlarimizni go‘zal fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda ota-ona va ustoz-murabbiylarga ishonchli qo‘llanma bo‘la oladi.
Mazkur audiokitobni Audionoma ilovasidan izlang!

Azizlar! Olloh taoloning eng sevikli quli va elchisi, janobi payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning tug‘ilishlaridan to va...
06/05/2020

Azizlar! Olloh taoloning eng sevikli quli va elchisi, janobi payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini qamrab olgan, Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub “Saodat asri qissalari” kitobining audio talqinini e’tiboringizga havola qilamiz.

Asar boshqa siyrat kitoblaridan aniq tarixiy voqea-hodisalar badiiy bezaklar ila qiziqarli tarzda aks ettirilganligi bilan ajralib turadi.
Biz esa, o‘ziga xos badiiy yo‘sinda ifodalangan tarixiy voqea-hodisalarga hamohang ovozlar sizga manzur kelishiga ishonamiz. Kitobni "Audionoma"dan izlang!

Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo S.A.V haqidagi siyrat kitoblar bisyor. Ular ichida Alixonto'ra Sog'uniyning "Tarixi Muha...
04/05/2020

Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo S.A.V haqidagi siyrat kitoblar bisyor. Ular ichida Alixonto'ra Sog'uniyning "Tarixi Muhammadiy" asari alohida o'ringa ega. Islom tarixi, rasulullohning hayot yo'llari, 23 yillik payg'ambarlik davrlari haqida hikoya qiluvchi ushbu noyob asar endilikda "Audionoma"dan joy oldi. Tinglang va o'ziga xos badiiy bezaklar bilan boyitilgan audioasardan bahramand bo'ling!

Ilovani quyidagi havola orqali yuklab oling: http://bit.ly/audionoma

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Audionoma posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category