Davlat test markazi

Davlat test markazi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Agency for assessment of knowledge and competences

Nogironligi bor (koʻzi ojiz va yozish imkoniyati cheklangan) talabgorlar uchun chet tili imtihoniga ruxsatnomalar e'lon ...
08/04/2026

Nogironligi bor (koʻzi ojiz va yozish imkoniyati cheklangan) talabgorlar uchun chet tili imtihoniga ruxsatnomalar e'lon qilindi

📆 Nogironligi bor (koʻzi ojiz va yozish imkoniyati cheklangan) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 10-aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

🆔 Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko'rsatilgan bo'lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.

🆔 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

 “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari belgilandi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25...
31/03/2026



“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari belgilandi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-mart kuni “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–46-son Farmoni qabul qilindi.

🕺 Mazkur Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan har oyning 10- va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib boriladi.

🛑 Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

💴 Shuningdek, ushbu sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

🔴🟡🔘 2026 yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishi ta’minlanadi.

 Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi2026-yil 21-22-fevral, 28-fevral, 1-2-mart va 7-mart kunlari kimyo, ...
27/03/2026



Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

2026-yil 21-22-fevral, 28-fevral, 1-2-mart va 7-mart kunlari kimyo, geografiya va matematika fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

   Jizzax viloyatida sayyor qabul va “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan uchrashuv tadbirlari tashkil etildi2026-yil 26-mart ...
26/03/2026



Jizzax viloyatida sayyor qabul va “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan uchrashuv tadbirlari tashkil etildi

2026-yil 26-mart kuni Jizzax viloyatida Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich va o‘quvchilar, abituriyentlar hamda ota-onalar ishtirokida sayyor qabul va yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida abituriyentlar, ota-onalar murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, ularning har biri atroflicha o‘rganildi hamda muhokama qilindi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tahlillar asosida keng tushunchalar, aniq tavsiya va maslahatlar berildi.

Sayyor qabuldan keyin abituriyentlar, bitiruvchi o‘quvchilar bilan samimiy suhbat va ochiq muloqot olib borildi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. M.M.Karimov barcha murojaatlar bo‘yicha yoshlar bilan birma-bir yaqindan muloqotda bo‘lib, amaldagi qonunchilik doirasida batafsil tushunchalar berdi.

Uchrashuvda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbirlar murojaat egalari va yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

   Jizzax viloyatida sayyor qabul va “Yoshlar kuni”ga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtadi!Bilim va malakalarni baholas...
24/03/2026



Jizzax viloyatida sayyor qabul va “Yoshlar kuni”ga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtadi!

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hududlarda ochiq muloqotlar, sayyor qabullar hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — fuqarolarning murojaatlarini joyida koʻrib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish bilan birga, yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, ularning fikr va takliflarini tinglash, qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

🔹 Navbatdagi tadbir Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich ishtirokida Jizzax viloyatida boʻlib oʻtadi.

📅 Sana: 26-mart

🕚 Vaqt: 11:00

🗺 Manzil: Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, “Oqtosh ota” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivi

Barcha yoshlar, abituriyentlar va fuqarolarni mazkur uchrashuv va ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

 “Yoshlar kuni”da yoshlar bilan ochiq muloqotBilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan payshanba kunlari muntaza...
20/03/2026



“Yoshlar kuni”da yoshlar bilan ochiq muloqot

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan payshanba kunlari muntazam ravishda “Yoshlar kuni” tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

📍 Ana shunday uchrashuvlardan biri Agentlikning Surxondaryo viloyati bo‘limida bo‘lib o‘tdi.

👨‍👩‍👧‍👦 Uchrashuvda yoshlarga bilimga qiziqishni oshirish, oliy ta’limga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda test tizimidagi yangiliklar bilan bir qatorda, taʼlim sohasida olib borilayogan islohotlar tizimi, ayniqsa yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bu borada so‘nggi yangilik va o‘zgarishlar yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

😀Shuningdek, ishtirokchilar bilan samimiy muloqot uyushtirilib, ularning fikr va takliflari tinglandi, savollariga batafsil javob berildi. , ichki ishlar organlariga ishga kirish istagidagi nomzodlar hamda chet tili bo‘yicha test va suhbat bosqichlariga tayyorgarlik bo‘yicha zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

👥 Mazkur uchrashuv yoshlarga test topshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z ustida ishlashlari uchun amaliy yordam bo‘ldi.

 Samarqand viloyatida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi🇺🇿 Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” ...
20/03/2026



Samarqand viloyatida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

😎 Navbatdagi uchrashuv 2026-yil 19-mart kuni soat 11:00 da viloyatning chekka Qo‘shrabot tumani 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab binosida tashkil etildi. Unda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich ishtirok etdi.

👫 Uchrashuv davomida Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslari hamda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib hamda kirish test sinovlariga oid so‘nggi yangiliklar, kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishlar, test sinovi o‘tkazish jarayonlarini soddalashtirish, test topshiruvchilar uchun yana-da kengroq imkoniyat, qulayliklarga asoslangan shart-sharoitlar yaratish, abituriyentlar uchun yaratilgan imtiyoz turlari, chet tillari va umumtaʼlim fanlaridan o‘tkazilayotgan milliy sertifikat uchun test sinovlari, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligining o‘tgan yillardagi faoliyati hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil maʼlumotlar berilib, test sinovlari bilan bog‘liq yangi normativ-huquqiy hujjatlar sharhi, mazmun-mohiyati tushuntirildi.

❗️ Tadbir ochiq va erkin muloqot ruhida, savol-javob shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi📚 Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifika...
20/03/2026



Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📚 Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 28-, 29-, 30-mart (shanba, yakshanba, dushanba) hamda 4-, 5-, 6-, 7-aprel (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) kunlari o‘tkaziladi, jumladan:

28-, 29-, 30-mart kunlari biologiya fanidan;
4-, 5-, 7-aprel kunlari tarix fanidan;
6-aprel kuni fizika fanidan.

⏰ 28-, 29-, 30-mart kunlari biologiya fanidan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:

1-smena uchun:
07:00 dan 08:30 ga qadar
2-smena uchun:
13:00 dan 14:30 ga qadar

📍 Fizika va tarix fanlari bo‘yicha imtihonlarning smenalari hamda binolarga kirish vaqtlari imtihon sanasiga yaqin muddatda qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. Bundan tashqari, har bir talabgor ushbu ma’lumotlarni o‘z ruxsatnomasidan ham ko‘rishi mumkin.

🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.

❗️ Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazildiBilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Ag...
17/03/2026



Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar, Davlat dasturlarining yangi tahriri, mahalla va xotin-qizlar masalalari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshlig‘i o‘rinbosari Baratov Akmal Avdumajitovich tomonidan 2026-yil 16-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi.

Sayyor qabulda aholi vakillari, o‘qituvchilar, maktab bitiruvchilari va ota-onalar ishtirok etdilar.

O‘quvchilar, ota-onalar va abituriyentlar tomonidan imtiyoz turlari, yangi normativ-huquqiy hujjatlar, chet tilidan milliy sertifikat darajalari hamda test sinovi topshirish bo‘yicha o‘zgarishlar, yangiliklarga doir tushgan murojaatlarga batafsil va asosli javob berildi hamda huquqiy tushuntirishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar Agentlikda o‘rganilishi va asoslilari inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

 Chet tilini bilish darajasini aniqlashning navbatdagi malaka imtihonlari yakunlandi 🗓 2026-yil 14-16-mart kunlari chet ...
17/03/2026



Chet tilini bilish darajasini aniqlashning navbatdagi malaka imtihonlari yakunlandi

🗓 2026-yil 14-16-mart kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkazildi.

📍 Malaka imtihonlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📊 Unda jami 43 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 51 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

🎙 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 16-martdan 9-aprelgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📌 Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari VMQ-73 son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi.

📌 “Yoshlar kuni” – yoshlar bilan ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar sari qadam✅ Har payshanba “Yoshlar kuni” munosabati...
16/03/2026

📌 “Yoshlar kuni” – yoshlar bilan ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar sari qadam

✅ Har payshanba “Yoshlar kuni” munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyati bo‘limida yoshlar bilan ochiq uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i A. Baxromov aprobatsiya test sinovlariga kelgan yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi.

👥 Uchrashuvda GulDU akademik litseyi, Guliston tumani 7-maktabi, shuningdek Guliston shahridagi 2-, 7-, 8- va 12-maktablarning 11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

📝 Uchrashuv davomida:
▪️ test sinovlarining shaffof va adolatli o‘tkazilishi
▪️ oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonidagi imtiyozlar va sertifikat tizimi
▪️ yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Shuningdek, yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

 Xorazm viloyatida “Yoshlar kuni”doirasida tadbirMamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida bel...
16/03/2026



Xorazm viloyatida “Yoshlar kuni”doirasida tadbir

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

👫 Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun Xorazm viloyatida o‘tkazildi. Unda agentlikning Xorazm viloyati bo‘limi mas’ullari tomonidan bilimni baholash tizimida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayoniga tayyorgarligi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

❔ Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilarning savollariga javoblar, test sinovlari jarayoni, tayyorgarlik bosqichlari va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

🖋 Tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi ta’lim yo‘lini to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Address

Bog‘ishamol 12
Tashkent
100084

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998951991914

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Davlat test markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Davlat test markazi:

Share