Агентство "Узатом"

Агентство "Узатом" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni: 71 202 09 11

Tarixiy voqea: O‘zbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi boshlandi O‘zbekiston va Rossiya prezi...
05/06/2026

Tarixiy voqea: O‘zbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari ishtirokida O‘zbekistondagi birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishiga start berildi.
Bo‘lajak energoblok poydevoriga “birinchi beton” quyildi.

2026-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyatining Forish tumanida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energoblokiga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. “Birinchi beton”ning ramziy quyilishi mintaqa uchun noyob bo‘lgan yuqori texnologiyali energetika obyektining rasman qurila boshlaganini anglatadi.

Marosim O‘zbekistondagi qurilish maydonini Sankt-Peterburg shahri bilan bog‘lagan teleko‘prik formatida o‘tkazildi. Qurilishning boshlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ruxsat berdi. Tadbir ishtirokchilariga Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) Bosh direktori Rafael Grossi tabrik nutqi bilan murojaat qildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va “Rosatom” davlat korporatsiyasi rahbariyati marosim ishtirokchilariga loyihaning amalga oshirilishi borasidagi ishlar haqida axborot berdi.

Ma’ruzalardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, “O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayev, “Rosatom” rahbariyati, AEXA Bosh direktori Rafael Grossi va MMFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filiali talabalari ramziy tugmani bosib, integratsiyalashgan AESning birinchi energoblogi qurilishiga rasman start berdilar.

“O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev ushbu muhim voqeani sharhlar ekan, quyidagilarni ta’kidladi:
“Bugun biz shunchaki atom stansiyasi poydevoriga birinchi betonni qo‘yayotganimiz yo‘q. Biz O‘zbekiston Respublikasining porloq va barqaror kelajagiga poydevor qo‘ymoqdamiz.
Ushbu integratsiyalashgan AES mamlakatimizning yangi texnologik bosqichi – energetik mustaqillik, sanoat o‘sishi va ekologik xavfsizlik bosqichining ramzi bo‘ladi. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning rahbarligi ostida O‘zbekiston o‘z suverenitetini mustahkamlagan holda, innovatsiyviy rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochib, jahon energetikasining ilg‘or marralarini dadil zabt etmoqda. Bugun faqat elektr stansiyasini qurilmayapti, balki O‘zbekistonning kelajak avlodlari uchun farovon, texnologiya jihatdan yetakchi va barqaror yangi davriga zamin yaratilmoqda”.

Batafsil maʼlumotni saytimizda (https://gov.uz/oz/uzatom/news/view/173590) oʻqing.

---
Исторический старт: в Узбекистане начато строительство интегрированной атомной электростанции

В присутствии президентов Узбекистана и России дан старт строительству первой интегрированной атомной электростанции в Узбекистане.
Залит «первый бетон» фундамента будущего энергоблока.

4 июня 2026 года в Фаришском районе Джизакской области Республики Узбекистан состоялась торжественная церемония закладки первого энергоблока интегрированной атомной электростанции. Символическая заливка «первого бетона» ознаменовала официальное начало строительства уникального для региона высокотехнологичного энергетического объекта.

Церемония прошла в формате телемоста, соединившего строительную площадку в Узбекистане с Санкт-Петербургом. Разрешение на начало строительства дали Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Российской Федерации Владимир Путин. С приветственным обращением к участникам мероприятия выступил Генеральный директор Международного агентства по атомной энергии (МАГАТЭ) Рафаэль Гросси.

В ходе реализации проекта участникам церемонии доложили о ходе работ директор Агентства по атомной энергии «Узатом» Азим Ахмедхаджаев и руководство Государственной корпорации «Росатом».

После докладов Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев, директор «Узатома» Азим Ахмедхаджаев, руководство «Росатома», генеральный директор МАГАТЭ Рафаэль Гросси и студенты Ташкентского филиала НИЯУ МИФИ нажатием символической кнопки официально дали старт строительству первого энергоблока интегрированной АЭС.

Директор Агентства «Узатом» Азим Ахмедхаджаев комментируя это знаковое мероприятие отметил:
«Сегодня мы закладываем не просто первый бетон фундамента атомной станции. Мы закладываем фундамент светлого и устойчивого будущего Республики Узбекистан. Эта интегрированная АЭС станет символом нового технологического этапа нашей страны-этапа энергетической независимости, промышленного роста и экологической безопасности. Под мудрым руководством Президента Шавката Миромоновича Мирзиёева Узбекистан уверенно выходит на передовые рубежи глобальной энергетики, укрепляя свой суверенитет и открывая новые горизонты для инновационного развития. Мы строим не только электростанцию - мы закладываем основу новой эпохи процветания, технологического лидерства и благополучия для будущих поколений узбекистанцев».

Подробнее читайте на нашем сайте (https://gov.uz/ru/uzatom/news/view/173590)

27/05/2026

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Muqaddas Iyd al-Adha ayyomi bilan tabriklayman!

Bu ulug‘ bayram insonni mehr-oqibat va yaqinlarga g‘amxo‘rlik qilishdek yuksak qadriyatlarga chorlaydi, ehtiyojmand insonlarga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishning muhim ekanini yana bir bor yodga soladi.

Ushbu muborak kunlar qalbingizga xotirjamlik, xonadoningizga fayzu baraka va hayotingizga farovonlik olib kirsin.

Hurmat bilan,
Azim Axmedxadjayev
~~~
С праздником Курбан Хайит!

Примите искренние поздравления с Курбан Хайит – Ийд аль-Адха!

Этот праздник напоминает о ценности милосердия, заботы о близких и готовности делиться с теми, кто нуждается в поддержке.

Пусть эти важные смыслы находят отражение в вашей жизни, принося спокойствие и благополучие.

С уважением,
Азим Ахмедхаджаев

25/05/2026



Atom texnologiyalari axborot markazida “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda soha qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgartirishlarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zatom” agentligi hamda AES qurilishi direksiyasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda “O‘zatom” agentligi bosh yuriskonsulti Bekzod Artikov qonunning asosiy normalarini tushuntirib berdi. Uchrashuv davomida yadro va radiatsion xavfsizlik, tegishli organlar vakolatlari hamda aholi va atrof-muhitni muhofaza qilish choralari batafsil ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ishtirokchilar sohaning huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni muhokama qildilar.

Tafsilotlar videoda.
~~~


В Информационном центре по атомным технологиям состоялось мероприятие, посвящённое Закону Республики Узбекистан «Об использовании атомной энергии в мирных целях» и последним изменениям в отраслевом законодательстве. В числе участников – сотрудники Агентства «Узатом» и Дирекции по строительству АЭС.

С разъяснением основных норм закона выступил главный юрисконсульт Агентства «Узатом» Бекзод Артиков. В ходе мероприятия были подробно рассмотрены вопросы ядерной и радиационной безопасности, полномочия уполномоченных органов, а также меры по обеспечению защиты населения и окружающей среды.

Участники также обсудили изменения и дополнения в законодательство, направленные на дальнейшее совершенствование правовой базы отрасли.

Подробности – в видео.

25/05/2026



Toshkent shahri va Jizzax viloyatining Forish tumanida o‘quvchilar, pedagoglar va soha mutaxassislarini birlashtirgan hamda ilm-fanni ommalashtirish, yoshlarning muhandislik va texnik kasblarga qiziqishini oshirishda muhim maydonga aylangan VII Fan va atom festivali o‘z ishini yakunladi. Festival qanday o‘tgani haqida videohisobotimizda tomosha qiling.
~~~
#видеоотчет

В Ташкенте и Фаришском районе Джизакской области завершил свою работу VII Фестиваль науки и атома, объединивший школьников, педагогов и специалистов отрасли и стал важной площадкой для популяризации науки и повышения интереса молодежи к инженерным и техническим профессиям. О том, как прошел фестиваль, смотрите в нашем видеоотчёте.

Qonunchilik palatasida “O‘zatom” agentligining hisoboti tinglandiO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palat...
22/05/2026

Qonunchilik palatasida “O‘zatom” agentligining hisoboti tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida “O‘zatom” agentligining “Energetika sohasida sanoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida"gi hisoboti tinglandi.

Taqdim etilgan hisobotda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig'iga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarining doimiy nazoratida turgani ta'kidlandi. Loyiha xalqaro standartlar va XAEA talablariga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida hozirda quyidagi asosiy ishlar amalga oshirilmoqda:
- Muhandislik-qidiruv va geologik tadqiqotlarning asosiy bosqichlari yakunlandi;
- Jizzax viloyatidagi maydonda tayyorgarlik va beton quyish ishlari boshlandi;
- Loyiha hujjatlari va me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda;
- Yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlik faol rivojlantirilmoqda.

AES qurilishi doirasida atrof-muhitga ta’sirni baholash xalqaro amaliyotga qat’iy muvofiq tarzda o‘tkazildi, jamoatchilik esh*tuvlari tashkil etildi. Barcha ishlar zamonaviy passiv xavfsizlik texnologiyalari va ko‘p bosqichli himoya tizimini qo‘llagan holda olib borilayotgani yadroviy hamda ekologik xavfsizlikning eng yuqori darajasini ta’minlaydi.

Deputatlar taqdim etilgan axborotni ijobiy baholab, loyihaning shaffofligini yuqori qayd etdilar hamda yadroviy va ekologik xavfsizlik, mahalliy kadrlarni tayyorlash va aholi ishonchini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. Yaqin kunlarda Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlaridan iborat ishchi guruhlarning qurilish maydoniga borib, ishlarning borishi bilan shaxsan tanishishini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

“O‘zatom” agentligi loyihaga qaratilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun deputatlar va senatorlarga minnatdorlik bildiradi. Agentlik O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlarini barcha xavfsizlik me’yorlari va ochiqlik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda davom ettiradi.

---
В Законодательной палате Олий Мажлиса заслушан отчет Агентства «Узатом»

На заседании Комитета по вопросам предпринимательства, развития конкуренции и промышленности Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан заслушан отчет Агентства по атомной энергии «О проводимой работе по обеспечению промышленной безопасности в сфере энергетики».

Как было подчеркнуто в представленном отчете, в соответствии с поручениями Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева проект строительства первой атомной электростанции находится на постоянном контроле депутатов Законодательной палаты и членов Сената Олий Мажлиса. Проект реализуется с полным соблюдением международных стандартов и требований МАГАТЭ.

В рамках проекта в настоящее время выполняются следующие ключевые работы:
-Завершены основные этапы инженерно-изыскательских и геологических исследований;
- На площадке в Джизакской области начаты подготовительные и бетонные работы;
- Совершенствуется проектная документация и нормативно-правовая база;
- Активно развивается международное сотрудничество в сфере ядерной и радиационной безопасности.

Оценка воздействия на окружающую среду в рамках строительства АЭС проведена в строгом соответствии с международной практикой, организованы публичные слушания. Все работы ведутся с применением современных технологий пассивной безопасности и многоуровневой системы защиты, что обеспечивает высочайший уровень ядерной и экологической безопасности.

Депутаты положительно оценили представленную информацию, высоко отметили прозрачность проекта и обратили особое внимание на вопросы ядерной и экологической безопасности, подготовку местных кадров и укрепление доверия населения.

По итогам заседания принято соответствующее решение. В ближайшее время планируется организация выездов рабочих групп депутатов Законодательной палаты и сенаторов на строительную площадку для личного ознакомления с ходом работ.

Агентство «Узатом» благодарит депутатов и сенаторов за внимание к проекту и оказываемую поддержку. Агентство продолжит работу по строительству первой атомной электростанции Узбекистана с неукоснительным соблюдением всех норм безопасности и принципов открытости.

FORISH TUMANIDA FAN VA ATOM FESTIVALINING IKKINCHI KUNI BO‘LIB O‘TDI2026-yil 20-may kuni Jizzax viloyati Forish tumanida...
20/05/2026

FORISH TUMANIDA FAN VA ATOM FESTIVALINING IKKINCHI KUNI BO‘LIB O‘TDI

2026-yil 20-may kuni Jizzax viloyati Forish tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Fan va atom festivalining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bog‘don va Uchqulochdan 7-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Bir kun davomida maktab tajribalar, atom sohasidagi yosh mutaxassislar bilan muloqot va kelajak texnologiyalari bilan tanishuv maydoniga aylandi.

Tadbir boshlanishida ishtirokchilar e’tiborini festival doirasida namoyish etilgan robot-it jalb etdi.

Dasturning muhim qismlaridan biri Toshkent shahridagi "MMFI" MTYaU filiali talabalari bilan motivatsion uchrashuv bo‘ldi. “Agar biz bo‘lmasak, kim? Atom sohasini tanlagan talabalar tarixi” mavzusidagi ma’ruza o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va bilimga intilish hamda shaxsiy tanlov insonni yuqori texnologiyalar va ilm-fan sohasiga olib kirishini ko‘rsatdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “Yer, men sen bilanman” filmi namoyish etildi. Ushbu hujjatli film-sayohat atom energiyasini sayyoramiz haqida g‘amxo‘rlik qilishning zamonaviy va ekologik vositasi sifatida ochib beradi. Kartina ekologik mukofot sovrindoriga aylangan.

“Bugun Fan va atom festivali Forish tumanining turli maktablaridan kelgan 150 dan ortiq o‘quvchilarni birlashtirdi. Bolalar ma’ruzachilarga atom texnologiyalari va ularning qo‘llanilishi to‘g‘risida ko‘plab savollar berishdi. Jizzax viloyatida AES qurilmoqda va menimcha, aynan mana shu yoshlar orasidan kelajakda atom sohasi uchun malakali mutaxassislar yetishib chiqadi”, – deya ta’kidladi Forish tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gavhar Berkinova.

Shuningdek, festival doirasida “O‘zatom” agentligi va Asaxiy Books nashriyot uyi hamkorligida qo‘shma tashabbusi amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus maktab o‘quvchilarining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda mumtoz va zamonaviy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tashabbus doirasida ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq yangi kitoblar taqdim etildi.

“Asaxiy uchun yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va ularni kitobxonlikka jalb etish har doim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelgan. Fan va atom festivali kabi loyihalar o‘quvchilarda ilm-fanga qiziqish uyg‘otadi va ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Biz ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz va taqdim etilgan kitoblar bolalar uchun foydali bilim manbaiga aylanishiga ishonamiz”, – dedi Asaxiy Books bosh direktori Firuz Allayev.

Fan va atom festivali g‘oyalar va innovatsiyalar uchun yangi imkoniyatlarni ochishda, bilim ufqlarini kengaytirishda davom etmoqda. Bunday tashabbuslar yosh avlodning muhim mavzular muhokamasida faol ishtirok etishga tayyorligini, shuningdek, yangi bilim va kashfiyotlarga bo‘lgan intilishini yana bir bor namoyon etmoqda.

---
В ФАРИШСКОМ РАЙОНЕ ПРОШЕЛ ВТОРОЙ ДЕНЬ ФЕСТИВАЛЯ НАУКИ И АТОМА

20 мая 2026 года в специализированной школе Фаришского района Джизакской области прошел второй день Фестиваля науки и атома. В мероприятии приняли участие школьники 7-9 классов из Богдона и Учкулача, для которых школа на один день превратилась в пространство экспериментов, диалога с молодыми специалистами атомной отрасли и знакомства с технологиями будущего.

Уже на входе внимание участников привлекала роботизированная собака, представленная в рамках фестиваля.

Одним из ключевых моментов программы стала мотивационная встреча со студентами Ташкентского филиала НИЯУ «МИФИ». Лекция на тему «Если не мы, то кто? Истории студентов, которые выбрали атом» вызвала живой интерес и показала, как личный выбор и стремление к знаниям могут привести в сферу высоких технологий и науки.

Далее состоялся показ фильма «Земля, я с тобой». Это документальный фильм-путешествие, который раскрывает атомную энергию как современный и экологичный инструмент для заботы о планете. Картина получила признание и стала лауреатом экологической премии.

Начальник Отдела дошкольного и школьного образования Фаришского района Гавхар Беркинова отметила: «Сегодня Фестиваль науки и атома объединил более 150 учеников Фаришского района из разных школ. Ребятам задавали много вопросов спикерам об атомных технологиях и их применении. В Джизакской области строится АЭС, и я думаю, что именно среди этой молодёжи в будущем будут формироваться квалифицированные специалисты для атомной отрасли».

Также в рамках фестиваля была реализована совместная инициатива Агентства «Узатом» и издательского дома Asaxiy Books, получившая название .

Инициатива направлена на поддержку интереса школьников к чтению и расширение доступа к классической и современной литературе. В рамках инициативы библиотеке специализированной школы было передано более 100 новых книг.

«Для Asaxiy одним из приоритетных направлений всегда было развитие интереса молодежи к знаниям и приобщение к чтению. Такие проекты, как Фестиваль науки и атома, пробуждают у школьников интерес к науке и расширяют их кругозор. Мы рады поддерживать эту инициативу и уверены, что переданные книги станут для детей полезным источником знаний», – отметил генеральный директор Asaxiy Books Фируз Аллаев.

Фестиваль науки и атома продолжает открывать новые возможности для идей и инноваций, расширяя горизонты знаний. Подобные инициативы вновь демонстрируют готовность молодого поколения активно участвовать в обсуждении важных тем, а также стремление к новым знаниям и открытиям.

FAN VA ATOM FESTIVALI YORQIN TAJRIBALAR VA KELAJAK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHUVDAN BOSHLANDI 19-may kuni Atom texnolog...
20/05/2026

FAN VA ATOM FESTIVALI YORQIN TAJRIBALAR VA KELAJAK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHUVDAN BOSHLANDI

19-may kuni Atom texnologiyalari axborot markazida VII Fan va atom festivali start oldi. Bu O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan taʼlim loyihasi bo‘lib, uning vositasida yildan yilga fan, muhandislik va innovatsiyalarga qiziquvchi o‘quvchi va yoshlar soni ortib bormoqda. Festival O‘zbekiston Respublikasi “O‘zatom” agentligi hamda “Rosatom” DK hamkorligida tashkil etilgan va bu yil ikki kunlik tadbir formatida o‘tkazilmoqda.

Festivalning birinchi kunida Toshkent shahrining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda UK School of Tashkent maktabi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Bolalar uchun bu kun haqiqiy tajribalar va ilmiy kashfiyotlar olamiga sayohatga aylandi. Ular qiziqarli kimyoviy va fizik tajribalarning guvohi bo‘lishdi, atom stansiyasining ishlash tamoyillari bilan tanishishdi hamda energiya qanday ishlab chiqarilishini o‘rganishdi. Dasturning asosiy qismi sifatida “Fantastik laboratoriya” interaktiv ilmiy shousi o‘tkazildi. Unda murakkab ilmiy jarayonlar sodda, tushunarli va ko‘rgazmali tarzda tushuntirib berildi.

Dastur davomida o‘quvchilar energiya ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirishdi, reaktor tuzilishi haqida maʼlumot olishdi hamda ilmiy texnologiyalarning kundalik hayotdagi qo‘llanilishi bilan tanishishdi.

“Atom energiyasi ko‘plab sohalarda ishlatilishini avval bilmas edim. Ayniqsa, uning tibbiyotda kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati juda katta ekan. Bizga saraton kasalligining avj olib ketishini oldini olishda atom texnologiyalaridan foydalanilishi haqida ham batafsil tushuntirib berishdi. Rostini aytsam, hozir IT yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lsam-da, fizika va atom sohasiga qiziqib qoldim. Kelajakda bu yo‘nalishda turli tajribalar o‘tkazish haqida ham o‘ylab qo‘ydim”, – deya fikrlari bilan bo‘lishdi o‘quvchi Muhammadamin Achilov.

“Fan va atom festivali menda yaxshi taassurotlar qoldirdi. Barchasi nafaqat foydali, balki qiziqarli va quvnoq o‘tdi. Ayniqsa, kimyoviy reaksiyalar va ilmiy tajribalar menga juda yoqdi, ilm-fan ko‘z o‘ngimizda go‘yoki jonlanayotgandek bo‘ldi. Festival davomida biz atom energetikasi haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Men uchun atom energiyasi ekologik toza va xavfsiz energiya manbalaridan biri ekani haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. U mazut yoki ko‘mirda ishlovchi issiqlik elektr stansiyalari kabi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmas ekan. Festivaldan so‘ng ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi”, – deya so‘zlab berdi o‘quvchi Sabina Tursunova.

Festival O‘zbekiston atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash dasturi doirasida o‘tkazilmoqda hamda maktab o‘quvchilari va talabalarda muhandislik va texnik yo‘nalishlarga qiziqishni shakllantirishga qaratilgan. Loyihaning asosiy vazifalaridan biri, kelajakda mamlakatning yuqori texnologiyali tarmoqlari, jumladan atom energetikasini rivojlantirishda ishtirok etadigan malakali yosh kadrlarni tayyorlashdan iborat.

“Fan va atom festivali barchaga yorqin taassurotlar va yangi kashfiyotlarni hadya etdi. Mening fikrimcha, inson hayotda faqat bir sohada emas, balki keng dunyoqarash bilan yashashi muhim. Festival doirasida taqdim etilgan bilim va ko‘nikmalar, qiziqarli suhbatlar hamda mutaxassislarning maʼruzalari aynan shu maqsadga xizmat qildi, deb bemalol ayta olaman. Shuningdek, atom energiyasi haqida berilgan maʼlumotlar o‘quvchilarimizning bu sohaga bo‘lgan tasavvurini butunlay o‘zgartirdi”, – dedi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Sabohat Rahimova.

Fan va atom festivali yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish uchun muhim maydonga aylanib ulgurdi. Loyihaga qiziqish ortib bormoqda, shu bilan birga ilm-fan yutuqlari va yuqori texnologiyalar olami bilan tanishish istagida bo‘lgan ishtirokchilar soni ham ko‘paymoqda.

---
ФЕСТИВАЛЬ НАУКИ И АТОМА ОТКРЫЛСЯ ЯРКИМИ ЭКСПЕРИМЕНТАМИ И ЗНАКОМСТВОМ С ТЕХНОЛОГИЯМИ БУДУЩЕГО

19 мая в Информационном центре по атомным технологиям стартовал VII Фестиваль науки и атома – ежегодный образовательный проект в Узбекистане, который с каждым годом привлекает всё больше школьников и молодёжи, увлечённых наукой, инженерией и инновациями. Фестиваль организован Агентством «Узатом» совместно с ГК «Росатом» и в этом году проходит в формате двухдневного мероприятия.

Участниками первого дня стали ученики специализированной школы имени Мухаммада аль-Хорезми, а также ученики школы UK School of Tashkent.

Для ребят этот день стал настоящим погружением в мир экспериментов и научных открытий. Школьники увидели зрелищные химические и физические опыты, познакомились с принципами работы атомной станции и узнали, как вырабатывается энергия. Главным событием программы стало интерактивное шоу «Фантастическая лаборатория», где сложные научные процессы объясняли просто и увлекательно.

Во время программы школьники моделировали процессы выработки энергии, разбирались в устройстве реактора и узнавали, как научные разработки применяются в повседневной жизни.

«Ранее я не знал, что атомная энергия применяется в столь многих сферах. Особенно важно её значение в медицине, в частности, для профилактики заболеваний. Нам также подробно рассказали о применении атомных технологий для предотвращения развития онкологических заболеваний. Честно говоря, несмотря на то, что в настоящее время я обучаюсь по направлению IT, у меня появился интерес к физике и атомной отрасли. В дальнейшем я даже задумываюсь о проведении различных экспериментов в данной области», – поделился впечатлениями участник фестиваля Мухаммадамин Ачилов.

«Фестиваль науки и атома оставил у меня очень яркие и положительные впечатления. Всё прошло познавательно, интересно и весело. Особенно мне понравились химические реакции и научные эксперименты. Было увлекательно наблюдать, как наука буквально оживает на наших глазах. Во время фестиваля мы узнали много нового об атомной энергетике. Теперь я знаю, что атомная энергия считается одним из экологически чистых и безопасных источников энергии. Нам объяснили, что она не оказывает такого негативного воздействия на окружающую среду, как мазутные или угольные тепловые электростанции. После фестиваля я стала ещё больше увлекаться наукой и современными технологиями», – рассказала ученица Сабина Турсунова.

Фестиваль проходит в рамках программы по подготовке кадров для атомной отрасли Узбекистана и направлен на формирование интереса школьников и студентов к инженерным и техническим специальностям, а также на их раннюю профориентацию. Одной из ключевых задач проекта является подготовка квалифицированных молодых кадров, которые в будущем смогут участвовать в развитии высокотехнологичных отраслей страны, включая атомную энергетику.

«Фестиваль науки и атома подарил всем массу ярких впечатлений и новых открытий. Я считаю, что человеку важно развиваться не только в одной сфере, но и обладать широким кругозором. Знания и навыки, представленные в рамках фестиваля, интересные объяснения и лекции специалистов действительно послужили этой цели. Кроме того, информация об атомной энергии полностью изменила представление наших учеников об этой области, и они с большим интересом делились своими мыслями и впечатлениями», – отметила учитель специализированной школы Сабохат Рахимова.

Фестиваль науки и атома уже стал важной площадкой для популяризации науки среди молодежи. Интерес к проекту продолжает расти, а вместе с ним увеличивается и число участников, желающих ближе познакомиться с миром научных достижений и высоких технологий.

«O‘zatom» agentligi xodimlari «Uzbekistan Ethno Games» respublika festivalida ishtirok etdiMirzo Ulug‘bek nomidagi Marka...
19/05/2026

«O‘zatom» agentligi xodimlari «Uzbekistan Ethno Games» respublika festivalida ishtirok etdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan «Uzbekistan Ethno Games» respublika etnosport festivali tashkil etildi.

«O‘zatom» agentligi va «AES qurilishi direksiyasi» DK xodimlari tadbirda faol ishtirok etdilar. Ular vazirlik, idora davlat korxonalari, tijorat banklari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan birga an’anaviy milliy sport turlari kurash, arqon tortish, ustunga tirmashib chiqish, arqon va boshqa xalq o‘yinlarida qiziqish bilan qatnashdilar.

Festival milliy sport an’analarini qayta tiklash va ommalashtirishning yorqin namunasiga aylandi. Turli yosh va kasb egalarini birlashtirgan bayramona muhit jamoaviy ruhni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda madaniy merosni asrashga xizmat qildi.

«Bunday tadbirlarda ishtirok etish jamoamiz uchun juda muhim. Bu nafaqat jismoniy holatni saqlab turish, balki milliy an’analar bilan bog‘liqlikni his etish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va ijobiy emotsiyalarga to‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir», deya ta’kidladi «O‘zatom» agentligi bosh mutaxassisi Habibullo Abdumalikov.

«Festival biz uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. Milliy o‘yinlar odamlarni birlashtiradi, kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi va tig‘iz loyiha ishlaridan bir muddat chalg‘ishga yordam beradi. Biz bunday tashabbuslarni mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlaymiz», deyai qayd etdi «AES qurilishi direksiyasi» DK yetakchi mutaxassisi Farruxbek Rustamov.

Bunday festivallar sport, an’analar va jamoaviy hamjihatlik birgalikda rivojlanadigan uyg‘un jamiyatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. «O‘zatom» agentligi kelgusida ham sportni rivojlantirish, salomatlikni mustahkamlash va o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlarini asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlaydi.
~~~
Сотрудники Агентства «Узатом» приняли участие в республиканском фестивале «Uzbekistan Ethno Games»

В Центральном парке имени Мирзо Улугбека состоялся республиканский фестиваль этноспорта «Uzbekistan Ethno Games», организованный Министерством спорта Республики Узбекистан.

Сотрудники Агентства «Узатом» и ГП «Дирекции по строительству АЭС» активно присоединились к мероприятию. Вместе с представителями министерств, ведомств, государственных предприятий, коммерческих банков и субъектов предпринимательства они с интересом приняли участие в традиционных национальных видах спорта, кураш, перетягивании каната, лазании по столбу, аркане и других народных состязаниях.

Фестиваль стал ярким примером возрождения и популяризации национальных спортивных традиций. Атмосфера праздника, объединившая людей разных возрастов и профессий, способствовала укреплению командного духа, пропаганде здорового образа жизни и сохранению культурного наследия.

«Участие в таких мероприятиях очень важно для нашего коллектива. Это не только возможность поддерживать физическую форму, но и прекрасный шанс почувствовать связь с национальными традициями, укрепить командный дух и получить заряд положительных эмоций», отметил Абдумаликов Хабибулло, главный специалист Агентства «Узатом».

«Для нас фестиваль стал настоящим праздником. Национальные игры объединяют людей, дают энергию и помогают на время отвлечься от напряжённой проектной работы. Мы с большим удовольствием поддерживаем такие инициативы», подчеркнул Рустамов Фаррухбек, ведущий специалист ГП «Дирекции по строительству АЭС».

Подобные фестивали играют важную роль в формировании гармоничного общества, где спорт, традиции и командная сплочённость идут рука об руку. Агентство «Узатом» и впредь намерено активно поддерживать инициативы, направленные на развитие спорта, укрепление здоровья и сохранение культурных ценностей узбекского народа.

ATOM ILMI TARAQQIYOTI SARI YO‘L OCHGAN MEROSBehzod Yo‘ldoshev tavalludiga“O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjaye...
09/05/2026

ATOM ILMI TARAQQIYOTI SARI YO‘L OCHGAN MEROS

Behzod Yo‘ldoshev tavalludiga

“O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev:
“2026-yil 9-may kuni atoqli o‘zbek olimi, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Behzod Yo‘ldoshev tavalludining 81 yilligi nishonlanadi.

Behzod Sodiqovich Yo‘ldoshevning yadro ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi mamlakatimiz ilmiy salohiyatini shakllantirish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘ldi. U tinch atomning strategik ahamiyatini chuqur anglar, butun umrini shu sohani taraqqiy ettirishga bag‘ishlab, kelajak avlodlar uchun ishonchli asos yaratib ketdi.

Vaqt o‘tishi bilan bunday insonlar nomi oddiy tarjimai hol doirasidan chiqib, ilm-fan tarixi bilan uyg‘unlashib ketadi. Men uchun Behzod Sodiqovich olim, ustoz, ilmga qalb qo‘rini joylagan va bilim qudrati hamda yurt kelajagiga yurakdan ishongan inson edi.

Uning uchun esa ilm shunchaki kasb emas, balki ichki eʼtiqod, yuksak masʼuliyat va butun umrini bag‘ishlagan muqaddas yo‘li edi. U bu yo‘lga beqiyos fidoyilik va kamyob sadoqat bilan xizmat qildi.

Uning merosi faqat ilmiy yutuqlar bilangina emas, balki o‘zi yaratgan tafakkur maktabi bilan ham qadrlidir. Bugun biz uning g‘oyalari, yondashuvlari va o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ilmiy merosiga tayanamiz.

Behzod Sodiqovich Yo‘ldoshevning yorqin xotirasi o‘zbek ilm-fani tarixida va uning ezgu ishlarini davom ettirayotgan insonlar qalbida mangu yashaydi”.
~~~
НАСЛЕДИЕ, ОПРЕДЕЛИВШЕЕ РАЗВИТИЕ АТОМНОЙ НАУКИ

Ко Дню рождения Бехзода Юлдашева

Директор Агентства «Узатом» Азим Ахмедхаджаев:
«9 мая 2026 года исполняется 81 год со дня рождения выдающегося узбекского учёного, доктора физико-математических наук, академика Бехзода Юлдашева.

Вклад Бехзода Садыковича в развитие ядерной науки стал основой для формирования и укрепления научного потенциала страны. Он глубоко понимал стратегическое значение мирного атома и посвятил свою жизнь развитию этой сферы, закладывая прочный фундамент для будущих поколений.

Со временем имена таких людей перестают быть просто частью биографии и становятся частью истории науки. Для меня Бехзод Садыкович именно такой человек. Учёный, наставник, личность, искренне жившая наукой и верившая в силу знаний и будущее страны.

Наука для него была не просто профессией, а внутренним состоянием, ответственностью и делом всей жизни, которому он служил с полной самоотдачей и редкой преданностью.

Его вклад заключается не только в научных достижениях, но и в создании особой школы мышления, которую он оставил после себя. Мы и сегодня опираемся на его идеи, подходы и научное наследие, которое сохраняет свою актуальность.

Светлая память о Бехзоде Садыковиче Юлдашеве навсегда останется в истории узбекской науки и в сердцах тех, кто продолжает его дело».

Address

Узбекистан
Tashkent
100015

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712036655

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Агентство "Узатом" posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share